O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berdi
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berdi
Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston fermerlari va agrar tuzilmalariga beg‘araz yordam tariqasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berildi. 12.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berdi, deya xabar berdi Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati. Aytilishicha, Afg‘oniston qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va chorvachilik vaziri boshchiligidagi rasmiy delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Ular Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi agrar korxonalar, agroklasterlar va ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, hosildor urug‘chilik, zamonaviy sug‘orish texnologiyalari hamda qayta ishlash sanoati yo‘nalishlarida erishilgan yutuqlar bilan tanishtirildi. Quyidagilar topshirildi: O‘zbekiston Afg‘oniston bilan hamkorlikni chuqurlashtirmoqchi
Afg‘oniston fermerlari va agrar tuzilmalariga beg‘araz yordam tariqasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berildi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berdi, deya xabar berdi Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.
Aytilishicha, Afg‘oniston qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va chorvachilik vaziri boshchiligidagi rasmiy delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Ular Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi agrar korxonalar, agroklasterlar va ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, hosildor urug‘chilik, zamonaviy sug‘orish texnologiyalari hamda qayta ishlash sanoati yo‘nalishlarida erishilgan yutuqlar bilan tanishtirildi.
“Hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Afg‘oniston fermerlari va agrar tuzilmalariga beg‘araz yordam tariqasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berildi”, — deyiladi xabarda.