O‘zbekiston Afg‘oniston bilan Amudaryo suv havzasini birgalikda boshqarishga kelishib oldi

© AP Photo / Massoud HossainiAmudarya
Amudarya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2025
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda “Do‘stlik bog‘i” barpo etiladi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbekiston Afg‘oniston bilan Amudaryo suv havzasini birgalikda boshqarishga kelishib oldi, deya xabar berdi Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.
Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Jamshid Abduzuxurov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘onistonda xizmat safarida bo‘ldi. Tashrif davomida ikki davlat o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi, suv resurslari boshqaruvi va savdo-iqtisodiy aloqalar bo‘yicha muhim strategik kelishuvlarga erishildi.
"Afg‘onistonga tashrif doirasida Amudaryo suv havzasini birgalikda boshqarish hamda suvdan adolatli va oqilona foydalanish bo‘yicha muhim bitim imzolandi. Bu hujjat nafaqat ikki tomonlama hamkorlikni, balki Markaziy Osiyodagi ekologik barqarorlik va transchegaraviy suv resurslari bo‘yicha kelajakdagi o‘zaro mas’uliyatli yondashuvlarni belgilab beradi", — deyilgan matbuot xabarida.
Shuningdek, delegatsiyasi a’zolari Afg‘oniston qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va chorvachilik vazirligi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi. Qayd etilishicha, O‘zbekiston-Afg‘oniston agrar hamkorligining amaliy namunasi sifatida “Do‘stlik bog‘i” barpo etiladi.
© Ministerstvo selskogo xozaystva Respubliki UzbekistanV Afganistane sozdadut "Sad drujbi"
V Afganistane sozdadut Sad drujbi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2025
V Afganistane sozdadut "Sad drujbi"
“Tashrif doirasida O‘zbekiston-Afg‘oniston agrar hamkorligining amaliy namunasi sifatida Afg‘oniston hududida “Do‘stlik bog‘i” barpo etilishi rejalashtirilgan yer maydoni – 100 gektarli hudud ko‘zdan kechirildi”, — deyiladi xabarda.
Bog‘ loyihasi doirasida zamonaviy agrotexnologiyalar joriy etilishi, ikki davlat agrar sohasi mutaxassislarining hamkorlikda faoliyat yuritishi ko‘zda tutilgan.
© Ministerstvo selskogo xozaystva Respubliki UzbekistanV Afganistane sozdadut "Sad drujbi"
V Afganistane sozdadut Sad drujbi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2025
V Afganistane sozdadut "Sad drujbi"
“Loyiha orqali Afg‘oniston hududida intensiv bog‘dorchilik rivojlantirilib, meva yetishtirish salohiyatining oshishi, mahalliy aholi uchun yangi ish o‘rinlarining yaratilishi va mintaqada barqaror iqtisodiy o‘sish uchun zamin yaratilishi kutilmoqda”, — deya qayd etilgan xabarda.
Aytilishicha, ushbu tashabbus O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarning muhim ko‘rinishidir.
Sozrevshie plodi granatov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2025
Dushanbeda O‘zbekiston - Tojikiston “Do‘stlik bog‘i” barpo etilmoqda
Yangiliklar lentasi
0