https://oz.sputniknews.uz/20250512/eoii-yagona-tarif-imtiyoz-tizim-mamlakatlar-49323658.html
YeOII yagona tarif imtiyozlari tizimidan foydalanadigan mamlakatlar ro‘yxati o‘zgardi
YeOII yagona tarif imtiyozlari tizimidan foydalanadigan mamlakatlar ro‘yxati o‘zgardi
Sputnik O‘zbekiston
Iordaniya, Livan va Samoa a’zolik maqomini tikladi. 12.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-12T16:17+0500
2025-05-12T16:17+0500
2025-05-12T16:17+0500
yeoii
yeik
mamlakat
bojxona boji
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/04/48726374_0:71:1350:830_1920x0_80_0_0_ac47a3c9ac433d08dc058258422f3437.jpg
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) yagona tarif imtiyozlari tizimidan foydalanadigan davlatlar ro‘yxatini o‘zgartirdi, deya xabar berdi komissiya matbuot xizmati. YeIK kengashi YeOIIning yagona tarif imtiyozlari tizimi foydalanuvchilari bo‘lgan rivojlanayotgan va kam rivojlangan mamlakatlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritdi. Gap bir qator tovarlar bo‘yicha import bojxona to‘lovlarini kamaytirish yoki nolga tushirish shaklida YeOII bir tomonlama tartibda tarif imtiyozlarini taqdim etadigan davlatlar ro‘yxatini yangilash haqida ketmoqda. Bundan tashqari, Marshall orollari Respublikasi va Salvador Respublikasini tizim foydalanuvchilari ro‘yxatidan chiqarib tashlash, Butan Qirolligi va San-Tome va Prinsipi Demokratik Respublikasining imtiyozli maqomini kam rivojlangandan rivojlanayotganga qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Komissiyaning ta’kidlashicha, ushbu qaror Ittifoqning yagona tarif imtiyozlari tizimini boshqarish bo‘yicha YeIKning izchil ishining davomidir.
https://oz.sputniknews.uz/20250326/iordaniya-eoii-erkin-savdo-shartnomasi-48585820.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/04/48726374_74:0:1274:900_1920x0_80_0_0_ed6de4683e2d06124c33e090dc7815b0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii, yeik, mamlakat, bojxona boji
yeoii, yeik, mamlakat, bojxona boji
YeOII yagona tarif imtiyozlari tizimidan foydalanadigan mamlakatlar ro‘yxati o‘zgardi
Iordaniya, Livan va Samoa a’zolik maqomini tikladi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) yagona tarif imtiyozlari tizimidan foydalanadigan davlatlar ro‘yxatini o‘zgartirdi, deya xabar berdi komissiya
matbuot xizmati. YeIK kengashi YeOIIning yagona tarif imtiyozlari tizimi foydalanuvchilari bo‘lgan rivojlanayotgan va kam rivojlangan mamlakatlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritdi.
Gap bir qator tovarlar bo‘yicha import bojxona to‘lovlarini kamaytirish yoki nolga tushirish shaklida YeOII bir tomonlama tartibda tarif imtiyozlarini taqdim etadigan davlatlar ro‘yxatini yangilash haqida ketmoqda.
“Qabul qilingan qaror iqtisodiy ko‘rsatkichlardagi o‘zgarishlarni tahlil qilishga asoslanadi va Iordaniya, Livan va Samoani rivojlanayotgan mamlakatlar – YeOII yagona tarif imtiyozlari tizimi foydalanuvchilari (2021 yilgacha ular ittifoq tizimi benefitsiarlari bo‘lgan) toifasiga kiritishni nazarda tutadi”, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Marshall orollari Respublikasi va Salvador Respublikasini tizim foydalanuvchilari ro‘yxatidan chiqarib tashlash, Butan Qirolligi va San-Tome va Prinsipi Demokratik Respublikasining imtiyozli maqomini kam rivojlangandan rivojlanayotganga qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Komissiyaning ta’kidlashicha, ushbu qaror Ittifoqning yagona tarif imtiyozlari tizimini boshqarish bo‘yicha YeIKning izchil ishining davomidir.
“Bugungi qaror rivojlanayotgan va kam rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratishga, shuningdek, YeOIIga a’zo davlatlar tomonidan ular bilan savdo aylanmasini yanada oshirishga yordam beradi”, — deb tushuntirdi YeIK savdo vaziri Andrey Slepnyov.