Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Iordaniya YeOII bilan erkin savdo shartnomasini tuzish istagini bildirdi

© Sputnik / Joomart Uraimov Flagi stran YeAES
Flagi stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2025
Obuna bo‘lish
Iordaniya tomoni YeOII bilan savdo va investitsiyalar sohasida hamkorlikni kuchaytirishdan, shuningdek, erkin savdo shartnomasini tuzishdan manfaatdor ekanligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlarining Iordaniya bilan erkin savdo shartnomasini tuzishdan manfaatdorligi masalasini ko‘rib chiqadi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
YeIK savdo vaziri Andrey Slepnyov va Iordaniyaning Rossiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Xolid Shavabka o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Iordaniya tomoni YeOII bilan savdo va investitsiyalar sohasida hamkorlikni kuchaytirishdan, shuningdek, erkin savdo shartnomasini tuzishdan manfaatdor ekanligini ma’lum qildi.
© YeEK YeEK prorabotayet vopros zainteresovannosti stran YeAES v zaklyuchenii soglasheniya o svobodnoy torgovle s Iordaniyey
YeEK prorabotayet vopros zainteresovannosti stran YeAES v zaklyuchenii soglasheniya o svobodnoy torgovle s Iordaniyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2025
YeEK prorabotayet vopros zainteresovannosti stran YeAES v zaklyuchenii soglasheniya o svobodnoy torgovle s Iordaniyey

“Xohishingiz uchun katta rahmat. Biz barcha mamlakatlarimiz bilan bu masalani imkon qadar tezroq hal qilish uchun barcha sa’y-harakatlarni qilamiz va qabul qilingan qaror haqida Iordaniyani xabardor qilamiz”, - dedi Slepnyov.

Bundan tashqari, 2017-yilda YeIK va Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi hukumati o‘rtasida tuzilgan amaldagi hamkorlik memorandumi doirasidagi ishlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi. Shu bilan birga, Iordaniya tomonining tegishli aloqalarni faollashtirish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.
Protsess vishivki ruchnogo kovra - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeOII gilam ishlab chiqaruvchilar uchun import boji muddatini uzaytirdi
Yangiliklar lentasi
0