Mirziyoyev va Putin Moskvada uchrashuv o‘tkazdi
10:10 10.05.2025 (yangilandi: 10:12 10.05.2025)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalas vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Vladimira Putina.

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Davlat rahbarlari G‘alabaning 80-yilligi munosabati bilan bir-birini samimiy qutladilar.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. 9-may kuni Moskva shahridagi tadbirlar doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat avvalida davlat rahbarlari G‘alabaning 80-yilligi munosabati bilan bir-birini samimiy qutladilar.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalas vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Vladimira Putina.

Sostoyalas vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Vladimira Putina.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash, shu jumladan Rossiya prezidentining o‘tgan yil may oyidagi O‘zbekistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalas vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Vladimira Putina.

Sostoyalas vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Vladimira Putina.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sur’atini saqlab qolishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish muhim ekani ta’kidlandi.
Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni jadallashtirish, shuningdek, hududlar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Gumanitar almashinuvlar, eng avvalo, madaniyat, san’at, fan va ta’lim sohalarida samarali bo‘layotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalas vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Vladimira Putina.

Sostoyalas vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Vladimira Putina.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaRabochiy vizit prezidenta Uzbekistana v Moskvu zavershilsya.

Rabochiy vizit prezidenta Uzbekistana v Moskvu zavershilsya.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Tadbirlar yakunlangach, Mirziyoyev Toshkentga jo‘nab ketdi. “Vnukovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Rossiya rasmiylari kuzatib qo‘ydi.