https://oz.sputniknews.uz/20250510/jizzax-paleolit-neolit-davrlari-arxeologik-maskanlar-49305861.html
Jizzaxda paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik maskanlar aniqlandi
Jizzaxda paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik maskanlar aniqlandi
Sputnik O‘zbekiston
O‘gat qishlog‘ining g‘arbiy qismida so‘nggi paleolit davriga oid ibtidoiy kishilarning yashash makoni qayd etildi. Izlanishlarning dastlabki tahlillari bu hududda ming yillar avval insonlar doimiy yoki mavsumiy istiqomat qilganini ko‘rsatmoqda.Qoropchi qishlog‘ining shimoliy etaklarida esa neolit davriga mansub ikkita yangi makon aniqlandi. Topilgan manzillar insoniyatning dehqonchilik va chorvachilikka o‘tish davriga oid muhim ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.Yonboshtut qishlog‘i shimolida joylashgan “Beshbuloq” nomli makon ham neolit davriga tegishli bo‘lib, bu yerda qadimgi jamiyatlarning ijtimoiy va madaniy hayotiga doir izlar topilgan.
2025-05-10T19:10+0500
2025-05-10T19:10+0500
2025-05-10T19:31+0500
madaniyat
o‘zbekiston
jizzax
madaniy meros agentligi
arxeologik topilma
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/0a/49305393_0:68:1280:788_1920x0_80_0_0_5db877f99891dd621de9a036735fed00.jpg
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Jizzax viloyatida paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik maskanlar aniqlandi. Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati xabar berdi.Tadqiqotlar jarayonida tarixiy ahamiyatga ega qator arxeologik manzillar aniqlandi:Ta’kidlanishicha, mazkur arxeologik topilmalar O‘zbekiston hududida eng ibtidoiy odamlarning yashash tarixini o‘rganishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.Tadqiqotlar hozirgi kunda ham davom ettirilmoqda. Kelgusida topilmalarning ilmiy tahlillari asosida kataloglar, maqolalar va ko‘rgazmalar tayyorlanishi rejalashtirilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/0a/49305393_70:0:1210:855_1920x0_80_0_0_f9cc41f1a4c676c5eab7c796c7f4338f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jizzax paleolit neolit arxeologik maskanlar
jizzax paleolit neolit arxeologik maskanlar
Jizzaxda paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik maskanlar aniqlandi
19:10 10.05.2025 (yangilandi: 19:31 10.05.2025) Topilmalarning ilmiy tahlillari asosida kataloglar, maqolalar va ko‘rgazmalar tayyorlanishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Jizzax viloyatida paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik maskanlar aniqlandi. Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati
xabar berdi. 28 apreldan 6-maygacha agentlik hamda Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti Tosh davri bo‘limi xodimlari tomonidan G‘allaorol tumani hududida joylashgan Nurota tog‘ tizmasining shimoli-g‘arbiy qismida dala tadqiqot-qidiruv ishlari olib borildi.
Tadqiqotlar jarayonida tarixiy ahamiyatga ega qator arxeologik manzillar aniqlandi:
O‘gat qishlog‘ining g‘arbiy qismida so‘nggi paleolit davriga oid ibtidoiy kishilarning yashash makoni qayd etildi. Izlanishlarning dastlabki tahlillari bu hududda ming yillar avval insonlar doimiy yoki mavsumiy istiqomat qilganini ko‘rsatmoqda.
Qoropchi qishlog‘ining shimoliy etaklarida esa neolit davriga mansub ikkita yangi makon aniqlandi. Topilgan manzillar insoniyatning dehqonchilik va chorvachilikka o‘tish davriga oid muhim ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Yonboshtut qishlog‘i shimolida joylashgan “Beshbuloq” nomli makon ham neolit davriga tegishli bo‘lib, bu yerda qadimgi jamiyatlarning ijtimoiy va madaniy hayotiga doir izlar topilgan.
Ta’kidlanishicha, mazkur arxeologik topilmalar O‘zbekiston hududida eng ibtidoiy odamlarning yashash tarixini o‘rganishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Tadqiqotlar hozirgi kunda ham davom ettirilmoqda. Kelgusida topilmalarning ilmiy tahlillari asosida kataloglar, maqolalar va ko‘rgazmalar tayyorlanishi rejalashtirilgan.