Xotira muqaddasdir: Toshkentda urush yillariga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma ochildi
16:10 09.05.2025 (yangilandi: 17:27 09.05.2025)
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Toshkent muzeyida 9-may – Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlab ochilgan yangi fotoko‘rgazma urush yillarining og‘ir sinovlari, xalq jasorati va insoniylik timsoliga aylangan tarixiy suratlar orqali o‘tmishga nazar tashlaydi.
8 may kuni O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi filiali – Toshkent muzeyida muhim madaniy voqea bo‘lib o‘tdi. 9-may – Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan “Xotirlash muqaddas burchimizdir” nomli fotoko‘rgazma tantanali tarzda ochildi. Tadbir O‘zbekiston davlat Akademik rus drama teatri va O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi hamkorligida tashkil etildi.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining “Arxiv” fondidan olingan, Ikkinchi jahon urushi yillarini aks ettiruvchi 20 dan ortiq noyob fotosuratlar namoyish etildi. Suratlarda 1941–1945 yillardagi jang maydonlari, front ortidagi fidokorona mehnat va o‘zbekistonlik jangchilarning mardonavorlik lavhalari tasvirlangan. Shuningdek, muzey kutubxonasida saqlanayotgan urush mavzusiga oid tarixiy adabiyotlar ham ko‘rgazma mehmonlariga taqdim etildi.
Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi – urush yillarida halok bo‘lgan, bedarak ketgan va tirik qolgan fidoyilar xotirasini abadiylashtirish, ularning jasoratini yodga olish hamda yosh avlod qalbida tarixga hurmat, tinchlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashdir.
Fotoko‘rgazmada shuningdek, urush faxriylariga bag‘ishlangan videoroliklar, tarixiy ma’lumotlar hamda Akademik rus drama teatrining badiiy chiqishlari ham namoyish etildi.
Tarix va madaniyatga befarq bo‘lmagan barcha ushbu fotoko‘rgazmaga tashrif buyurishi mumkin.

Sputnik O‘zbekiston fotomuxbiri ko‘rgazmadan qiziqarli fotolarni taqdim etdi.

1/14
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Toshkent muzeyi binosi

2/14
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Ko‘rgazma mehmonlari

3/14
© Sputnik / Baxrom Xatamov
G‘alabaning shukuhli onlari. 1945-yil

4/14
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Harbiy radio aloqachilarining frontdagi faoliyati

5/14
© Sputnik / Baxrom Xatamov

6/14
© Sputnik / Baxrom Xatamov
G‘alabaning shukuhli onlari. 1945-yil

7/14
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Qo‘chqor Turdiyev - Sovet Ittifoqi qahramoni

8/14
© Sputnik / Baxrom Xatamov

9/14
© Sputnik / Baxrom Xatamov

10/14
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Ko‘rgazma mehmoni

11/14
© Sputnik / Baxrom Xatamov

12/14
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Harbiy radio aloqachilarining frontdagi faoliyati

13/14
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Ilk safarbarlik oldidan partizanlar qasamodi. 1941-yil

14/14
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Staliningrad mudofaasidagi hizmatlari uchun mukofotlangan harbiy askar Xudoyor Bashmanov