Tibbiyot, ta’lim, madaniyat va sport yo‘nalishlarida davlat-xususiy sheriklik kengaytiriladi

© Sputnik / Baxrom XatamovDiagnosticheskiy sentr
Diagnosticheskiy sentr  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2025
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari xususiy sheriklik loyihalarini jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
TOShKENT, 1 mar – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-fevral kuni ijtimoiy sohada davlat-xususiy sheriklik loyihalarini samarali tashkil qilishga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Taqdimotda tibbiyot, ta’lim, madaniyat va sport yo‘nalishlarida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey ob effektivnoy organizatsii proyektov GChP v sotsialnoy sfere.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey ob effektivnoy organizatsii proyektov GChP v sotsialnoy sfere. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2025
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey ob effektivnoy organizatsii proyektov GChP v sotsialnoy sfere.
Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki hamda boshqa hamkorlar bilan birgalikda sog‘liqni saqlash sohasida jami qiymati 1,2 milliard dollarlik 5 ta, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida 745 million dollarlik 6 ta hamda oliy ta’lim sohasida 100 million dollarlik loyihalarni amalga oshirish choralari belgilab olindi.
Xususan, Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Andijon va Samarqand shaharlarida ko‘p tarmoqli zamonaviy klinikalar quriladi. Hududlardagi markaziy shifoxonalarda tibbiyot bilan bog‘liq bo‘lmagan xizmatlar xususiy sektorga o‘tkaziladi.
Madaniyat va sport sohalaridagi ayrim faoliyatlarga xususiy sektorni jalb qilish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Hozirgi kunga qadar 43 ta madaniyat markazi xususiy sektorga berilgan bo‘lib, yana qo‘shimcha 127 tasini berish imkoniyati aniqlangan.
Bo‘sh turgan basseyn, sport zali va maydonlarini ham yangilab, sog‘lomlashtirish xizmatlarini kengaytirish zarurligi qayd etildi. Buning uchun madaniyat va sport inshootlarini soddalashgan tartibda xususiy sheriklikka berish taklifi ilgari surildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey ob effektivnoy organizatsii proyektov GChP v sotsialnoy sfere.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey ob effektivnoy organizatsii proyektov GChP v sotsialnoy sfere. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2025
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey ob effektivnoy organizatsii proyektov GChP v sotsialnoy sfere.
Davlat rahbari ijtimoiy sohadagi vazirliklar hamda mahalliy hokimliklarga tegishli obyektlar kesimida “yo‘l xaritalari”ni tasdiqlab, ijrosini ta’minlash, xususiy sheriklik loyihalarini jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey ob effektivnoy organizatsii proyektov GChP v sotsialnoy sfere.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey ob effektivnoy organizatsii proyektov GChP v sotsialnoy sfere. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2025
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey ob effektivnoy organizatsii proyektov GChP v sotsialnoy sfere.
Pustaya invalidnaya kolyaska - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2025
Nogironlikning oldini olishga ko‘maklashuvchi tizim yaratiladi — yangi qaror
Yangiliklar lentasi
0