https://oz.sputniknews.uz/20250505/mustaqillik-25-kon-quduq-gaz-energetika-vazirlik-49201955.html
“Mustaqillik-25” konidagi quduqda yana gaz otildi — Energetika vazirligi izohi
“Mustaqillik-25” konidagi quduqda yana gaz otildi — Energetika vazirligi izohi
Sputnik O‘zbekiston
Energetika vazirligi “Mustaqillik-25” konidagi 202-quduqda yuz bergan holatga izoh berdi.
2025-05-05T17:01+0500
2025-05-05T17:01+0500
2025-05-05T17:01+0500
jamiyat
o‘zbekiston
surxondaryo
gaz quvuri
energetika vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0c/24502752_0:194:3073:1922_1920x0_80_0_0_6d37f60b9cfa067235bf31c36b48343a.jpg
TOShKENT, 5-may — Sputnik. O‘zbekiston Energetika vazirligi “Mustaqillik-25” konidagi 202-quduqda yuz bergan holatga izoh berdi.Qayd etilishicha, bugun soat tonggi 6:10 da “Mustaqillik-25” konidagi 202-quduqda tarkibida vodorod sulfidi yuqori bo‘lgan gazning katta bosim bilan otilishi va natijada fontanlanish holatining qaytalanishi kuzatildi.Hodisa sodir bo‘lgan hudud tegishli xizmatlar tomonidan o‘rab qo‘yilgan va hozirgi vaqtda ushbu hudud Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi hamda Ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston harbiylashtirilgan qismi mutaxassislari tomonidan doimiy nazorat qilinmoqda.Xabarda yuzaga kelgan hodisa yaqin atrofdagi aholi punktlari uchun xavf tug‘dirmasligi aytilgan.Eslatib o‘tamiz, 27-mart kuni mazkur quduqda tarkibida vodorod sulfidi yuqori bo‘lgan gazning chiqishi qayd etilgan. Ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida quduq nazorat ostida yoqib qo‘yilgan. 22-aprel kuni quduq o‘qining g‘ovlanib tushgani va kolonna chiqib ketishi natijasida fontanlanish to‘xtagan, hodisa joyida gazning sust oqimi (grifon) kuzatilgan.Avariyani bartaraf etish maqsadida hodisa joyida xorijdan jalb etilgan mutaxassislar ham faoliyat olib bormoqda.“Mustaqillikning 25-yilligi” konida sodir bo‘lgan favqulodda hodisa haqida nimalar ma’lum?
https://oz.sputniknews.uz/20240916/russia-boysun-quduq-vodorod-sulfid-yordam-45677924.html
o‘zbekiston
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0c/24502752_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_074ec509bf551467e7f5491a442051c6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
energetika vazirligi “mustaqillik-25” konidagi 202-quduqda gaz otilishi
energetika vazirligi “mustaqillik-25” konidagi 202-quduqda gaz otilishi
“Mustaqillik-25” konidagi quduqda yana gaz otildi — Energetika vazirligi izohi
Energetika vazirligi: yuzaga kelgan hodisa aholi punktlari uchun xavf tug‘dirmaydi.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. O‘zbekiston Energetika vazirligi “Mustaqillik-25” konidagi 202-quduqda yuz bergan holatga
izoh berdi. Qayd etilishicha, bugun soat tonggi 6:10 da “Mustaqillik-25” konidagi 202-quduqda tarkibida vodorod sulfidi yuqori bo‘lgan gazning katta bosim bilan otilishi va natijada fontanlanish holatining qaytalanishi kuzatildi.
“Tarkibida vodorod sulfidi yuqori bo‘lgan gazning tarqalishini oldini olish maqsadida gaz oqimi nazorat ostida yoqib yuborildi. Ayni paytda barcha zarur tadbirlar xavfsizlik choralariga to‘liq rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Hodisa sodir bo‘lgan hudud tegishli xizmatlar tomonidan o‘rab qo‘yilgan va hozirgi vaqtda ushbu hudud Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi hamda Ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston harbiylashtirilgan qismi mutaxassislari tomonidan doimiy nazorat qilinmoqda.
Xabarda yuzaga kelgan hodisa yaqin atrofdagi aholi punktlari uchun xavf tug‘dirmasligi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, 27-mart kuni mazkur quduqda tarkibida vodorod sulfidi yuqori bo‘lgan gazning chiqishi qayd etilgan. Ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida quduq nazorat ostida yoqib qo‘yilgan. 22-aprel kuni quduq o‘qining g‘ovlanib tushgani va kolonna chiqib ketishi natijasida fontanlanish to‘xtagan, hodisa joyida gazning sust oqimi (grifon) kuzatilgan.
Avariyani bartaraf etish maqsadida hodisa joyida xorijdan jalb etilgan mutaxassislar ham faoliyat olib bormoqda.