Rossiya Boysundagi quduqda vodorod sulfidi sizib chiqishini bartaraf etishga yordam berdi

© Ministerstva energetiki respubliki UzbekistanRossiyalik mutaxassislar Boysundagi quduqda vodorod sulfidi sizib chiqishini bartaraf etishga yordam berdi
Rossiyalik mutaxassislar Boysundagi quduqda vodorod sulfidi sizib chiqishini bartaraf etishga yordam berdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2024
Obuna bo‘lish
“M-25” konining 604-sonli qudug‘ida so‘ndirish jarayoni to‘liq tugatildi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Rossiyalik mutaxassislar Boysundagi quduqda vodorod sulfidi sizib chiqishini bartaraf etishga yordam berdi, deya xabar berdi Energetika vazirligi.
Qayd etilishicha, sentabr oyi boshida tarkibida vodorod sulfid yuqori bo‘lgan tabiiy gaz sizib chiqqan “Mustaqillik-25” konidagi 604-sonli quduqni so‘ndirish jarayoni o‘z nihoyasiga yetdi. Shu maqsadda tabiiy gazning sizib chiqishini oldini oluvchi uskunaning qo‘shimcha blogi qurilib o‘rnatildi. So‘ndirish uchun quduq og‘zini tayyorlash hamda bog‘lash jarayoni o‘tkazildi.
“Quduq germetiklandi, 15-sentabr kuni soat 16:50 da tabiiy gazning sizib chiqishi holati to‘liq so‘ndirildi”, — deyiladi xabarda.
Hodisa oqibatlarini rejali bartaraf qilish jarayoni maxsus tashkil etilgan shtab nazorati ostida tegishli vazirlik va qo‘mitalar, mahalliy hokimliklar, huquqni muhofaza qilish organlari, jamoat tartibini saqlashga mas’ul tashkilotlar, shuningdek, konchilar va burg‘ulovchi mutaxassislar hamkorligida amalga oshirildi.
“Vaziyatni professional baholash maqsadida voqea joyiga o‘zbekistonlik, shuningdek, Rossiya hamda AQShlik ekspertlarning tashrifi uyushtirildi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Aytilishicha, hodisa oqibatlarini bartaraf qilish davomida aholi uchun hech qanday xavf yuzaga kelmagan. Ishlar barcha zarur texnika va uskunalar bilan to‘liq ta’minlangan holda olib borildi.
“Hodisa boshidan hamma zarur choralar ko‘rilgan. Xususan, atrofda joylashgan aholi punktlarida havo muhitini o‘lchash hamda monitoring qilish uchun maxsus postlar o‘rnatildi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, atmosferada zararli moddalarning ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasidan oshib ketish holatlari kuzatilmayapti”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, burg‘ulash qurilmasining ishchi maydonini tozalash ishlari amalga oshirildi. Tayanch maydon maxsus texnika va uskunalarni to‘liq o‘rnatish hamda foydalanish uchun tayyorlandi.
© Ministerstva energetiki respubliki UzbekistanRossiyalik mutaxassislar Boysundagi quduqda vodorod sulfidi sizib chiqishini bartaraf etishga yordam berdi
 Rossiyskie spetsialisti pomogli ustranit utechku serovodoroda na skvajine v Baysune  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2024
Rossiyalik mutaxassislar Boysundagi quduqda vodorod sulfidi sizib chiqishini bartaraf etishga yordam berdi
Ta’kidlanishicha, “Mustaqillik-25” koni o‘zlashtirishning murakkabligi bilan ajralib turadi. Bu yerda ishlarni bajarishda doimo xalqaro tajribadan keng foydalaniladi va kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ko‘riladi. Shu jumladan, xodimlarga doimiy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib boriladi.
“Konda uglevodorodni qazib olish tobora murakkablashib bormoqda. Bu esa doimiy ravishda yangi tajriba hamda ko‘nikmalarni talab qiladi”, — deya aniqlik kiritilgan xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, hodisani bartaraf etish jarayoniga xalal qilmaslik uchun konda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berilmadi.
V Boysune proizoshlo ChS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2024
Boysunda favqulodda hodisa yuz berdi
Yangiliklar lentasi
0