https://oz.sputniknews.uz/20250504/toshkent-shht-xalqaro-tibbiyot-kongress-49190430.html
Toshkentda ShHTning II Xalqaro tibbiyot kongressi bo‘lib o‘tdi
Toshkentda ShHTning II Xalqaro tibbiyot kongressi bo‘lib o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
Kongress ishi yakunlari bo‘yicha kommunike qabul qilindi. 04.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-04T17:13+0500
2025-05-04T17:13+0500
2025-05-04T17:13+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
anjuman
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/04/49190100_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_f345492602e9f43ab16625554945b21b.jpg
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Toshkentda 2-3 may kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining II Xalqaro tibbiyot kongressi va O‘zbekiston kardiologlarining “Zamonaviy kardiologiya: profilaktikadan yuqori texnologiyalargacha” yillik xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi tashkilot matbuot xizmati.ShHT bosh kotibi o‘rinbosari Sohail Xon o‘z nutqida tibbiyot sohasida ekspert tajriba va bilim almashish hamda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash imkonini beruvchi ixtisoslashtirilgan tadbirlarni o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.Aholi salomatligi va birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimini rivojlantirish, sanitariya-epidemiologiya xavfsizligini ta’minlash zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.Xalqaro tibbiyot kongressi va kardiologlar konferensiyasi doirasida 40 dan ortiq tematik davra suhbatlari va forumlar o‘tkazildi, ularda 30 ta davlatdan 2 mingga yaqin delegatlar ishtirok etdi.Eslatib o‘tamiz, ShHT davlatlarining birinchi xalqaro tibbiyot kongressi o‘tgan yilning 27-28 mart kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/04/49190100_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_c389fd289d1fa57a65344ca68b24f3f6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), anjuman, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
jamiyat, o‘zbekiston, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), anjuman, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
Toshkentda ShHTning II Xalqaro tibbiyot kongressi bo‘lib o‘tdi
Kongress ishi yakunlari bo‘yicha kommunike qabul qilindi.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Toshkentda 2-3 may kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining II Xalqaro tibbiyot kongressi va O‘zbekiston kardiologlarining “Zamonaviy kardiologiya: profilaktikadan yuqori texnologiyalargacha” yillik xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi tashkilot
matbuot xizmati. ShHT bosh kotibi o‘rinbosari Sohail Xon o‘z nutqida tibbiyot sohasida ekspert tajriba va bilim almashish hamda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash imkonini beruvchi ixtisoslashtirilgan tadbirlarni o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.
Aholi salomatligi va birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimini rivojlantirish, sanitariya-epidemiologiya xavfsizligini ta’minlash zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.
Xalqaro tibbiyot kongressi va kardiologlar konferensiyasi doirasida 40 dan ortiq tematik davra suhbatlari va forumlar o‘tkazildi, ularda 30 ta davlatdan 2 mingga yaqin delegatlar ishtirok etdi.
“Kongress ishi yakunlari bo‘yicha kommunike qabul qilindi, unda ana shunday tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazish niyati tasdiqlandi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, ShHT davlatlarining birinchi xalqaro tibbiyot kongressi o‘tgan yilning 27-28 mart kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan.