Og‘ir atletika: o‘zbekistonlik sportchilar JChda kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi

© NOKProdoljayetsya uspex uzbekskix tajeloatletov v Peru
Prodoljayetsya uspex uzbekskix tajeloatletov v Peru - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2025
Obuna bo‘lish
Limada o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi kunida ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi sovrindorlar qatoridan joy olishdi.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar Peruda o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Lima shahrida o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi kunida ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi sovrindorlar qatoridan joy olishdi.
“Murosasiz bellashuvlarda Muhsinbek Davletov hamda Dilnura Xoldorova shohsupaga ko‘tarildilar”, — deyiladi xabarda.
G‘oliblar:
Kumush medal: -89 kg: Muhsinbek Davletov (siltab ko‘tarish, o‘smirlar), -89 kg: Muhsinbek Davletov (ikki kurash, o‘smirlar).
Bronza medal: -71 kg: Dilnura Xoldorova (dast ko‘tarish, o‘smirlar).
Yangiliklar lentasi
0