https://oz.sputniknews.uz/20250503/ozbekiston-abu-dabi-xalqaro-kitob-korgazma-yarmarkasi-49183754.html
O‘zbekiston Abu-Dabi xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasida faol ishtirok etmoqda
O‘zbekiston Abu-Dabi xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasida faol ishtirok etmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Bu yilgi Abu-Dabi xalqaro kitob yarmarkasi islom sivilizatsiyasining eng ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri, ensiklopedik olim, tabib va faylasuf Ibn Sino merosiga bag‘ishlangan. Joriy yilda Abu Ali Ibn Sinoning jahon tibbiyoti rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan va arab tilida yozilgan mashhur "Tib qonunlari" kitobining nashr etilganiga ming yil to‘ldi.
2025-05-03T12:29+0500
2025-05-03T12:29+0500
2025-05-03T12:29+0500
madaniyat
o‘zbekiston
baa
abu-dabi
ibn sino
kitob
ko‘rgazma
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/13/18807441_0:448:2049:1600_1920x0_80_0_0_2d88ceef11325638b64172d08ea99ec0.jpg
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari poytaxtida XXXIV Abu-Dabi xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi "Dunyo" AA.BAA prezidenti homiyligida o‘tkazilib kelinayotgan ushbu ma’rifat bayramida 96 mamlakat vakillari o‘zlarining 1400 dan ortiq ko‘rgazmalari bilan ishtirok etmoqda.Maxsus tashkil etilgan Ibn Sino pavilonida uning ilmiy merosi hamda g‘oyalari, yutuqlari va insoniyat sivilizatsiyasiga ta’sirini aks ettiruvchi materiallar va interfaol ko‘rgazmalar o‘rin olgan.Shu bilan birga, ko‘rgazma doirasida Ibn Sino merosiga bag‘ishlangan ilmiy va amaliy anjumanlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, "Ibn Sino – o‘rta asrda Sharq va G‘arbni o‘zaro bog‘lagan ma’rifat mayog‘i" deb nomlangan panel sessiyada O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti vakili ma’ruza bilan ishtirok etdi. U O‘zbekistonda Ibn Sino merosini asrab-avaylash, chuqur o‘rganish va kelgusi avlodlarga yetkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil so‘z yuritdi.O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari, shuningdek, xorijiy noshirlar bilan bir qator muzokaralar o‘tkazdilar. Ularda O‘zbekistonda chop etilayotgan kitoblarni xorijiy tillarga tarjima qilish va ularni keng targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.XXXIV Abu-Dabi xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi 5-mayga qadar davom etadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250502/ozbekiston-sozandalar-baa-forum-49141241.html
o‘zbekiston
baa
abu-dabi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/13/18807441_0:256:2049:1792_1920x0_80_0_0_9a1ba4adf4baa0f9696dc8300ed74ca3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston abu-dabi xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi
o‘zbekiston abu-dabi xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi
O‘zbekiston Abu-Dabi xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasida faol ishtirok etmoqda
O‘zbekistonda chop etilayotgan kitoblarni xorijiy tillarga tarjima qilish va ularni keng targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari poytaxtida XXXIV Abu-Dabi xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda, deb
xabar berdi "Dunyo" AA.
BAA prezidenti homiyligida o‘tkazilib kelinayotgan ushbu ma’rifat bayramida 96 mamlakat vakillari o‘zlarining 1400 dan ortiq ko‘rgazmalari bilan ishtirok etmoqda.
Bu yilgi Abu-Dabi xalqaro kitob yarmarkasi islom sivilizatsiyasining eng ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri, ensiklopedik olim, tabib va faylasuf Ibn Sino merosiga bag‘ishlangan. Joriy yilda Abu Ali Ibn Sinoning jahon tibbiyoti rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan va arab tilida yozilgan mashhur "Tib qonunlari" kitobining nashr etilganiga ming yil to‘ldi.
Maxsus tashkil etilgan Ibn Sino pavilonida uning ilmiy merosi hamda g‘oyalari, yutuqlari va insoniyat sivilizatsiyasiga ta’sirini aks ettiruvchi materiallar va interfaol ko‘rgazmalar o‘rin olgan.
Shu bilan birga, ko‘rgazma doirasida Ibn Sino merosiga bag‘ishlangan ilmiy va amaliy anjumanlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, "Ibn Sino – o‘rta asrda Sharq va G‘arbni o‘zaro bog‘lagan ma’rifat mayog‘i" deb nomlangan panel sessiyada O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti vakili ma’ruza bilan ishtirok etdi. U O‘zbekistonda Ibn Sino merosini asrab-avaylash, chuqur o‘rganish va kelgusi avlodlarga yetkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil so‘z yuritdi.
Abu-Dabi xalqaro kitob yarmarkasida O‘zbekistonning "O‘zbekiston", "Yosh kuch", "Zamin-nashr", "Hilol-nashr", "Yangi asr avlodi", "Yoshlar matbuoti", "Best book" kabi yetakchi noshirlik uylari va "O‘zdavkitovsavdota’minot" korxonasi o‘z ko‘rgazmalari bilan qatnashapti. O‘zbekiston stendida o‘zbek adabiyoti namunalari, turli tillarga tarjima qilingan asarlar, zamonaviy va an’anaviy nashrlar namoyish etilmoqda.
O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari, shuningdek, xorijiy noshirlar bilan bir qator muzokaralar o‘tkazdilar. Ularda O‘zbekistonda chop etilayotgan kitoblarni xorijiy tillarga tarjima qilish va ularni keng targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar natijasida joriy yilning noyabr oyida Sharjada bo‘lib o‘tadigan xalqaro kitob yarmarkasida O‘zbekiston pavilonini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
XXXIV Abu-Dabi xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi 5-mayga qadar davom etadi.