O‘zbekistonlik sozandalar BAAdagi forumda ishtirok etadi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishKonsert v chest prazdnika vesni "Navruz"
Konsert v chest prazdnika vesni Navruz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2025
Obuna bo‘lish
Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra Tasviriy san’at akademiyasida 5-7 may kunlari III Fujayra xalqaro ud forumi bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 2-may — Sputnik. O‘zbekistonlik sozandalar III Fujayra xalqaro ud forumida ishtirok etadi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra Tasviriy san’at akademiyasida 5-7 may kunlari “Bir ud, ko‘plab madaniyatlar” shiori ostida III Fujayra xalqaro ud forumi bo‘lib o‘tadi.
Unda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Eron, Misr, Suriya, O‘mon, Iroq, Ispaniya, Marokash kabi davlatlardan ud va milliy cholg‘u asboblari ijrochilari ishtirok etadi.
Tashkilotchilarga ko‘ra, tadbirning ochilish qismida turli millat vakillaridan iborat 50 nafar sozandadan tuzilgan orkestr hind, o‘zbek, ozar va turk milliy uslublarini, shuningdek, ispan flamenkosi, rok musiqasi va arab sharq musiqalarini o‘zida mujassam etgan musiqiy kompozitsiya ijro etadi. Forum davomida, shuningdek, turli mamlakatdan kelgan san’atkorlarning yakkaxon va jamoaviy chiqishlari ham bo‘lib o‘tadi.
Fujayra Tasviriy san’at akademiyasi bosh direktori Ali Obaid Al Xefaitining aytishicha, mazkur anjuman musiqa orqali xalqlar o‘rtasidagi madaniy muloqot va hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra Tasviriy san’at akademiyasi va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan. O‘tgan yili sentabr oyida Fujayra tasviriy san’at akademiyasi direktori Ali Obaid Al Xefaiti va bir guruh sozandalar O‘zbekistonda bo‘ldi. Ular safar davomida O‘zbekistondagi mashhur sozandalar va jamoalar bilan birgalikda konsert dasturida qatnashishdi.
Respublikanskiy sentr iskusstv Baxshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2025
Oylab doston aytish yoki davradan chiqib ketish: o‘zbek baxshichiligi qanday rivojlangan?
Yangiliklar lentasi
0