Mirziyoyev Urganchdagi Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazi bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil Regionalniy sentr professionalnix navikov, otkrivshiysya v gorode Urgenche
Shavkat Mirziyoyev posetil Regionalniy sentr professionalnix navikov, otkrivshiysya v gorode Urgenche - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2025
Obuna bo‘lish
Prezident o‘quv-mashg‘ulot xonalarini kirib ko‘rdi. Mehmonxona yo‘nalishida saboq olayotgan yoshlar bilan samimiy suhbatlashdi.
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch shahrida barpo etilgan Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazini borib ko‘rdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bu yerda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, payvandchilik, yuk ko‘tarish mashinistligi, elektron va maishiy texnika ta’miri, mebelsozlik, sartaroshlik va kosmetologiya, mobilografiya hamda mehmonxona xizmati kabi 10 ta talab yuqori mutaxassislik o‘rgatiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil Regionalniy sentr professionalnix navikov, otkrivshiysya v gorode Urgenche
Shavkat Mirziyoyev posetil Regionalniy sentr professionalnix navikov, otkrivshiysya v gorode Urgenche - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2025
Shavkat Mirziyoyev posetil Regionalniy sentr professionalnix navikov, otkrivshiysya v gorode Urgenche
Buning uchun qariyb 2 gektar hududda zamonaviy o‘quv binolari, amaliy mashg‘ulot xonalari, 64 o‘rinli yotoqxona va boshqa yordamchi inshootlar qurilgan. Muassasa yiliga 300 nafar tinglovchini 6 oylik kasbiy tayyorgarlik kurslarida o‘qitish imkoniyatiga ega.
Prezident o‘quv-mashg‘ulot xonalarini kirib ko‘rdi. Mehmonxona yo‘nalishida saboq olayotgan yoshlar bilan samimiy suhbatlashdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil Regionalniy sentr professionalnix navikov, otkrivshiysya v gorode Urgenche
Shavkat Mirziyoyev posetil Regionalniy sentr professionalnix navikov, otkrivshiysya v gorode Urgenche - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2025
Shavkat Mirziyoyev posetil Regionalniy sentr professionalnix navikov, otkrivshiysya v gorode Urgenche
“Urganch aeroportini Inchon aeroporti bilan sheriklikda dunyo darajasiga olib chiqamiz. Katta turizm markazlari, mehmonxonalar qurayapmiz. Endi xorijiy turistlar ko‘p kelishi uchun xizmat ham xalqaro darajada bo‘lishi kerak. Ular tariximiz, tabiatimiz uchun keladi, servis yaxshi bo‘lsa, xursand bo‘lib ketadi. Bunda ko‘p narsa xizmat ko‘rsatuvchilarning muomalasi, etikasi, saviyasiga bog‘liq. Shuning uchun bu imkoniyatdan foydalanib, kasbni yaxshi o‘rganing. Kelgusida o‘zingiz ham tadbirkor bo‘lishga harakat qiling”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil Regionalniy sentr professionalnix navikov, otkrivshiysya v gorode Urgenche
Shavkat Mirziyoyev posetil Regionalniy sentr professionalnix navikov, otkrivshiysya v gorode Urgenche - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2025
Shavkat Mirziyoyev posetil Regionalniy sentr professionalnix navikov, otkrivshiysya v gorode Urgenche
Davlat rahbari malakali kasbiy tayyorgarlik sanoatlashtirish, umuman, davlat rivojining asosi ekanini ta’kidladi. Amaliyot uskunalaridan samarali foydalanish, dars smenalarini oqilona tashkil etib, ko‘proq yoshlarni o‘qitish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shundan so‘ng prezident Xorazmga tashrifini yakunladi.
V Urgenchskom rayone pod predsedatelstvom Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos soveshanie,  posvashennoe prioritetnim zadacham sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya Xorezmskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2025
Xorazmni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish: Mirziyoyev Urganchda yig‘ilish o‘tkazdi
Yangiliklar lentasi
0