Xorazmni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish: Mirziyoyev Urganchda yig‘ilish o‘tkazdi
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Urgenchskom rayone pod predsedatelstvom Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos soveshanie, posvashennoe prioritetnim zadacham sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya Xorezmskoy oblasti.

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Xorazmda bu yil 900 million dollarlik 12 ta yirik, 480 ta hududiy loyiha ishga tushiriladi.
TOShKENT, 2-may — Sputnik. Bugun, 2-may kuni Urganch tumanida Xorazm viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm shonli tarix bilan yangi islohotlar tutashgan chorraha ekanini ta’kidladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Urgenchskom rayone pod predsedatelstvom Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos soveshanie, posvashennoe prioritetnim zadacham sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya Xorezmskoy oblasti.

V Urgenchskom rayone pod predsedatelstvom Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos soveshanie, posvashennoe prioritetnim zadacham sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya Xorezmskoy oblasti.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Ta’kidlanishicha, viloyatda kambag‘allik darajasi hali ham 12 foiz atrofida, 45 ming fuqaro ishsiz. Shuning uchun hokimlar va o‘rinbosarlari har bir imkoniyatni loyihaga aylantirib, yangi ish o‘rinlari yaratishi, sanoat, servis, turizm, qishloq xo‘jaligi, eksport salohiyatini yanada oshirishi zarurligi aytildi.
Davlat rahbari bu sohalardagi imkoniyatlar va ularni ishga solish choralarini ko‘rsatib o‘tdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Urgenchskom rayone pod predsedatelstvom Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos soveshanie, posvashennoe prioritetnim zadacham sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya Xorezmskoy oblasti.

V Urgenchskom rayone pod predsedatelstvom Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos soveshanie, posvashennoe prioritetnim zadacham sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya Xorezmskoy oblasti.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident milliy taomlarni chet ellarda tanitayotgan restoratorlarni qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi. Xorijda o‘zbek restoranlari tashkil qilishda ro‘yxatdan o‘tish, ruxsatnoma va ish yuritish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismi qoplab berilishi belgilandi.
Mehmon o‘rinlari va transport qatnovlarini ko‘paytirish, yangi ko‘ngilochar va tematik maskanlar barpo etish, gid va ofitsiantlar tayyorlash masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.
Umuman, bu yil jami 200 million dollarlik 91 ta loyihani bajarish, turizm va xizmatlar sohasida 100 mingta ish o‘rni ochish vazifasi qo‘yildi. 2 million xorijiy va 10 million mahalliy sayyoh jalb qilib, turizm eksportini 700 million dollardan oshirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Urgenchskom rayone pod predsedatelstvom Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos soveshanie, posvashennoe prioritetnim zadacham sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya Xorezmskoy oblasti.

V Urgenchskom rayone pod predsedatelstvom Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos soveshanie, posvashennoe prioritetnim zadacham sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya Xorezmskoy oblasti.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Qayd etilishicha, bu yil Xorazmda kamida 6 foiz iqtisodiy o‘sishni ta’minlab, yalpi hududiy mahsulotni 60 trillion so‘mdan oshirish ko‘zda tutilgan. 265 ming aholini band qilib, 104 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqish mo‘ljallangan.
Ta’kidlanishicha, Xorazmda bu yil 900 million dollarlik 12 ta yirik, 480 ta hududiy loyiha ishga tushiriladi. 65 turdagi mahsulot, 5 turdagi uskuna ishlab chiqarilib, mahalliylashtirish hajmi 1,7 trillion so‘mga yetkaziladi. 1,5 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etilib, 510 million dollarlik eksport qilinadi.
Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida 60 million dollarlik 56 ta loyiha ishga tushiriladi. 3 ming 400 gektar yer qayta foydalanishga kiritiladi. 1 ming 200 gektar sanoatlashgan mevali bog‘lar tashkil qilinadi.
Baliqchilikni rivojlantirish, sutni qayta ishlash, dalalarda qo‘shimcha mahsulotlar yetishtirish chora-tadbirlari belgilandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Urgenchskom rayone pod predsedatelstvom Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos soveshanie, posvashennoe prioritetnim zadacham sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya Xorezmskoy oblasti.

V Urgenchskom rayone pod predsedatelstvom Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos soveshanie, posvashennoe prioritetnim zadacham sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya Xorezmskoy oblasti.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Bu yil viloyatda 7 ming xonadonli 200 ta ko‘p qavatli uy quriladi, 1,5 ming kilometr yo‘l va 20 ta ko‘prik ta’mirlanadi. Bu sohada 20 ming nafar aholi ish bilan ta’minlanadi.
Yig‘ilishda ijtimoiy sohalarni rivojlantirish vazifalari ham ko‘rsatib o‘tildi. Tibbiyot maskanlari va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini ko‘paytirib, aholini sog‘lomlashtirish, texnikum va oliygoh talabalarini dual ta’limga qamrab olish, yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilishda belgilangan chora-tadbirlarni bajarish rejalari yuzasidan mutasaddilarning axboroti eshitildi.