https://oz.sputniknews.uz/20250503/mirziyoev-putin-amaliy-hamkorlik-49185137.html
Mirziyoyev va Putin amaliy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi
Mirziyoyev va Putin amaliy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun, 3-may kuni telefon orqali muloqot qildi. Telefon orqali muloqotda ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
2025-05-03T15:26+0500
2025-05-03T15:26+0500
2025-05-03T15:26+0500
siyosat
o‘zbekiston - rossiya
shavkat mirziyoyev
vladimir putin
telefon orqali muloqot
hamkorlik
innoprom xalqaro sanoat ko‘rgazmasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/0c/47053258_0:0:3070:1728_1920x0_80_0_0_a5f0b5ed6a03781c308db5e3e6eb9d90.jpg
TOShKENT, 3-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun, 3-may kuni telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.Telefon orqali muloqotda ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.Rossiya prezidentining o‘tgan yil may oyidagi O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish natijalari ko‘rib chiqildi.Shu ma’noda, Toshkent shahrida beshinchi "Innoprom. Markaziy Osiyo" xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tgan ishbilarmonlik tadbirlarining samarali natijalari yuksak baholandi.Gumanitar hamkorlik, eng avvalo, madaniyat, san’at, fan va ta’lim, sport va turizm sohalarida kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak uchrashuvlar rejasini muhokama qildilar.
https://oz.sputniknews.uz/20250423/shavkat-mirziyoev-sergey-lavrov-uchrashuv-49012150.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/0c/47053258_0:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_cd88fc487e7c65be7838eaec4a30cce0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev putin
Mirziyoyev va Putin amaliy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi
"Innoprom. Markaziy Osiyo" xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tgan ishbilarmonlik tadbirlarining samarali natijalari yuksak baholandi.
TOShKENT, 3-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun, 3-may kuni telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
xabar berdi. Telefon orqali muloqotda ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Rossiya prezidentining o‘tgan yil may oyidagi O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish natijalari ko‘rib chiqildi.
O‘zaro tovar ayirboshlash sur’atini saqlab qolish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish, hududlar va biznes darajasidagi faol muloqotlarni davom ettirishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish muhim ekani ta’kidlandi.
Shu ma’noda, Toshkent shahrida beshinchi "Innoprom. Markaziy Osiyo" xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tgan ishbilarmonlik tadbirlarining samarali natijalari yuksak baholandi.
Gumanitar hamkorlik, eng avvalo, madaniyat, san’at, fan va ta’lim, sport va turizm sohalarida kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak uchrashuvlar rejasini muhokama qildilar.