https://oz.sputniknews.uz/20250423/shavkat-mirziyoev-sergey-lavrov-uchrashuv-49012150.html
Shavkat Mirziyoyev Sergey Lavrov bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar
Shavkat Mirziyoyev Sergey Lavrov bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
2025-04-23T15:13+0500
2025-04-23T15:13+0500
2025-04-23T15:13+0500
siyosat
o‘zbekiston
rossiya
samarqand
shavkat mirziyoyev
sergey lavrov
vladimir putin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/17/49011167_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_a62fade16fe6c2b42e9bb7eadd700e48.jpg
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Samarqandda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati. Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv avvalida TIV rahbari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Barcha yo‘nalishlarda faol muloqotlar va sermahsul almashinuvlar olib borilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250423/sergey-lavrov-saidov-matbuot-anjuman-49008792.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/17/49011167_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_f3c20e3df949aa261694b316df3593a1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev rossiya federatsiyasi tashqi ishlar vaziri sergey lavrov
shavkat mirziyoyev rossiya federatsiyasi tashqi ishlar vaziri sergey lavrov
Shavkat Mirziyoyev Sergey Lavrov bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar
Shavkat Mirziyoyev Sergey Lavrov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Samarqandda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida TIV rahbari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
“Suhbatda O‘zbekiston-Rossiya do‘stlik, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi”, — deyiladi xabarda.
Barcha yo‘nalishlarda faol muloqotlar va sermahsul almashinuvlar olib borilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi oshmoqda.
Hududlar va yetakchi sanoat korxonalarining kooperatsiyasi kuchaymoqda.
Madaniyat, san’at, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va turizm sohalaridagi hamkorlik kengayib bormoqda.
Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.