“Haj-2025” mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPalomniki vo vremya xadja sovershayut obxod vokrug Kaabi v mecheti Masdjid al-Xaram v Mekke
Palomniki vo vremya xadja sovershayut obxod vokrug Kaabi v mecheti Masdjid al-Xaram v Mekke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2025
Obuna bo‘lish
28 mayga qadar har kuni O‘zbekistondan Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar amalga oshiriladi.
TOShKENT, 3-may — Sputnik. O‘zbekistondagi 2025-yilgi Haj mavsumi 13-maydan boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
28 mayga qadar har kuni O‘zbekistondan Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar amalga oshiriladi.
Ziyoratchilar O‘zbekistonning 9 ta hududidagi Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus shaharlaridagi aeroportlar orqali Madina shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchadi.
Aviaparvozlar 3 ta aviakompaniya tomonidan amalga oshiriladi.
Ta’kidlanishicha, Haj tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda:
ziyoratchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi;
emlash ishlari olib borildi;
guruh rahbarlari va shifokorlar biriktirildi;
safar oldidan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi;
hujjatlar rasmiylashtirildi.
Ayni paytda guruh rahbarlari ziyoratchilar bilan Haj amallari bo‘yicha suhbatlar olib bormoqda.
Shavkat Mirziyoyev Ka’batullohni ziyorat qildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2025
“Haj va Umra yagona portali” hamda uning mobil ilovasi ishlab chiqiladi — tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0