https://oz.sputniknews.uz/20250422/haj-va-umra-yagona-portali-hamda-uning-mobil-ilovasi-ishlab-chiqiladi--tafsilotlar-48990590.html
“Haj va Umra yagona portali” hamda uning mobil ilovasi ishlab chiqiladi — tafsilotlar
“Haj va Umra yagona portali” hamda uning mobil ilovasi ishlab chiqiladi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Hajga boruvchilarning yagona elektron navbati hamda Umraga yuboriladigan ziyoratchilarning elektron ro‘yxati shakllantiriladi. 22.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-22T15:09+0500
2025-04-22T15:09+0500
2025-04-23T13:33+0500
jamiyat
o‘zbekiston
yangi farmon
haj
umra
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/13/27279922_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_533addcbedf8195cd5db12fa46fcc197.jpg
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. O‘zbekistonda “Haj va Umra yagona portali” hamda uning mobil ilovasi ishlab chiqiladi. Bu haqda 21-aprel kuni prezident tomonidan imzolangan tegishli farmonda nazarda tutilgan. Prezident "Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Portalda: Shuningdek, hujjat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi etib qayta nomlandi. Akademiya islomshunoslik va dinshunoslik sohalarida mutaxassislarni hamda o‘quv dasturi, qo‘llanma va darsliklarni tayyorlashga ixtisoslashgan tayanch davlat oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilandi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzurida Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti tashkil etiladi. Institut islomshunoslik, dinshunoslik, davlat va din munosabatlari asoslari yo‘nalishlarida mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashga mas’ul muassasa hisoblanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250116/haj-2025-mino-arafot-muzdalifa-47574317.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/13/27279922_71:0:1210:854_1920x0_80_0_0_8ea8a3fe2a955c8ccb0a5e47d1ce511d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, yangi farmon, haj, umra
jamiyat, o‘zbekiston, yangi farmon, haj, umra
“Haj va Umra yagona portali” hamda uning mobil ilovasi ishlab chiqiladi — tafsilotlar
15:09 22.04.2025 (yangilandi: 13:33 23.04.2025) Hajga boruvchilarning yagona elektron navbati hamda Umraga yuboriladigan ziyoratchilarning elektron ro‘yxati shakllantiriladi.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. O‘zbekistonda “Haj va Umra yagona portali” hamda uning mobil ilovasi ishlab chiqiladi. Bu haqda 21-aprel kuni prezident tomonidan imzolangan tegishli farmonda
nazarda tutilgan. Prezident "Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.
“Fuqarolarning ibodatlar va diniy rasm-rusumlarni amalga oshirishi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, 2025-yil 1-sentabrgacha “Haj va Umra yagona portali” hamda uning mobil ilovasi ishlab chiqiladi”, — deyiladi hujjat matnida.
“Haj” tadbirlariga boruvchi fuqarolarning yagona elektron navbati hamda “Umra” tadbirlariga yuboriladigan ziyoratchilarning elektron ro‘yxati shakllantiriladi;
“Haj” va “Umra” faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va rasmiylashtirish bilan bog‘liq jarayonlar raqamlashtiriladi.
Shuningdek, hujjat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi etib qayta nomlandi.
Akademiya islomshunoslik va dinshunoslik sohalarida mutaxassislarni hamda o‘quv dasturi, qo‘llanma va darsliklarni tayyorlashga ixtisoslashgan tayanch davlat oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilandi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzurida Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti tashkil etiladi. Institut islomshunoslik, dinshunoslik, davlat va din munosabatlari asoslari yo‘nalishlarida mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashga mas’ul muassasa hisoblanadi.