Mirziyoyev O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan vagonlarni ko‘zdan kechirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s vagonami otechestvennogo proizvodstva i osmotrel elektrifitsirovannuyu jeleznuyu dorogu Urgench – Xiva
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s vagonami otechestvennogo proizvodstva i osmotrel elektrifitsirovannuyu jeleznuyu dorogu Urgench – Xiva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2025
Obuna bo‘lish
Prezident yangi poyezdda jamoatchilik bilan birga Urganchdan Xivaga bordi.
TOShKENT, 2-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan vagonlar va Urganch-Xiva elektrlashtirilgan temir yo‘lini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bugungi kunda 465 kilometrlik “Buxoro-Urganch-Xiva” temir yo‘li elektrlashtirilib, himoya to‘siqlari o‘rnatildi va zarur inshootlar qurilgan. Bu yo‘nalish uchun Janubiy Koreyaning “Hyundai Rotem” kompaniyasidan yuqori tezlikdagi 6 ta elektropoyezd xarid qilinib, kelgusi yildan “Jaloliddin Manguberdi” nomi ostida Toshkent-Xiva yo‘nalishiga qo‘yiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s vagonami otechestvennogo proizvodstva i osmotrel elektrifitsirovannuyu jeleznuyu dorogu Urgench – Xiva
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s vagonami otechestvennogo proizvodstva i osmotrel elektrifitsirovannuyu jeleznuyu dorogu Urgench – Xiva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s vagonami otechestvennogo proizvodstva i osmotrel elektrifitsirovannuyu jeleznuyu dorogu Urgench – Xiva
Natijada yiliga 3 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi. Hozirda Toshkentdan Xivaga 14 soatda yetib boradigan poyezd mazkur yo‘nalishda harakatga qo‘yiladigan elektropoyezd imkoniyatlari tufayli 7 soat 40 daqiqada yetib boradi.
Ta’kidlanishicha, prezidentning 2023-yil 10-oktabrdagi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish to‘g‘risidagi qarori asosida vagonsozlik tarmog‘i ham mustahkamlanmoqda. Jumladan, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 50 million dollar yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqarish uchun yo‘naltirilgan. Joriy yil birinchi chorakda dastlabki 10 ta yo‘lovchi vagoni qurib bitkazildi.
Davlat rahbari ulardagi qulayliklarni ko‘zdan kechirdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s vagonami otechestvennogo proizvodstva i osmotrel elektrifitsirovannuyu jeleznuyu dorogu Urgench – Xiva
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s vagonami otechestvennogo proizvodstva i osmotrel elektrifitsirovannuyu jeleznuyu dorogu Urgench – Xiva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s vagonami otechestvennogo proizvodstva i osmotrel elektrifitsirovannuyu jeleznuyu dorogu Urgench – Xiva
Kelgusi ikki yilda yo‘lovchi vagonlari soni 70 taga ko‘paytirilib, eski turdagilaridan bosqichma-bosqich voz kechiladi. Natijada yiliga bir million nafardan ortiq qo‘shimcha yo‘lovchini tashish imkoniyati yaratiladi.
Prezident ushbu yangi poyezdda jamoatchilik bilan birga Urganchdan Xivaga bordi. Yo‘l bo‘ylab joylardagi obodonchilik, dala chetlarida ekilgan ko‘chatlarni kuzatib bordi.
V gorode Xive sostoyalas torjestvennaya seremoniya otkritiya mejdunarodnogo turisticheskogo sentra Arda Xiva. Na meropriyatii vistupil Prezident Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2025
“Ushbu maskan butun xalqimizga muborak bo‘lsin” — Xorazmda “Arda Xiva” turizm markazi ochildi
Yangiliklar lentasi
0