Innoprom. Logotip  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2025
INNOPROM — 2025
Toshkentda 28-30 aprel kunlari “INNOPROM.Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Toshkentdagi “Innoprom”da Moskva sarmoyaviy va sanoat salohiyatini namoyish etdi

© press-slujba departamenta investitsionnoy i promishlennoy politiki pravitelstva MoskviMoskva predstavila investitsionniy i promishlenniy potensial na vistavke "INNOPROM. Sentralnaya Aziya" v Tashkente
Moskva predstavila investitsionniy i promishlenniy potensial na vistavke INNOPROM. Sentralnaya Aziya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya poytaxti hukumati stendi 15 ta yetakchi kompaniyani birlashtirdi.
TOShKENT, 2-may — Sputnik. Moskva Toshkentda bo‘lib o‘tgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida o‘zining investitsiya va sanoat salohiyatini namoyish etdi. Bu haqda Moskva hukumati vaziri, poytaxt investitsiya va sanoat siyosati departamenti rahbari Anatoliy Garbuzov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
Moskva hukumati stendi 15 ta yetakchi kompaniya, jumladan “Texnopolis Moskva" maxsus iqtisodiy zonasi rezidentlarini birlashtirdi. Ishtirokchilar lift kabinalaridan tortib mikroelektronika sohasidagi ilg‘or yechimlar va elektromobillar uchun zaradlash infratuzilmasini namoyish etishdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxt ekspozitsiyasini ko‘zdan kechirdi. Moskva delegatsiyasi prezidentga texnologik hamkorlik istiqbollari, qo‘shma ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va sarmoyaviy tashabbuslarni rivojlantirish haqida so‘zlab berdi.
“Moskva Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni tizimli ravishda rivojlantirmoqda. Birgina o‘tgan yilning o‘zida poytaxtdan hududga mahsulotlar yetkazib berish qariyb 20 foizga oshdi. Moskva korxonalarining "INNOPROM" yirik sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etishi xorijiy kontragentlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va poytaxtning tashqi bozordagi mavqeyini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamdir”, — dedi Anatoliy Garbuzov.
Moskva delegatsiyasining ishbilarmonlik dasturidan O‘zbekiston biznes va davlat organlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘rin oldi. Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov, Savdo-sanoat palatasi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Moskvadagi investitsiya imkoniyatlari, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni mahalliylashtirish shartlari atroflicha taqdim etildi.
Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov Moskvada faol qo‘llanilayotgan ofset shartnomalarini tuzish mexanizmini yuqori baholab, O‘zbekistonda ham ana shunday amaliyotni joriy etish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Poytaxt korxonalari bilan laboratoriya jihozlari, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish, lift qurilishi kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish istiqbollarini ham qayd etdi.
Bundan tashqari, Rossiya-O‘zbekiston va O‘zbekiston-Rossiya ishbilarmonlar kengashlarining qo‘shma yig‘ilishida Moskva shahar investitsiya va sanoat siyosati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Olga Vidanova ma’ruza qildi. U o‘z nutqida poytaxt sanoatini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari, investorlarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari bilan tanishtirdi, shuningdek, Moskva o‘zbek hamkorlari bilan aloqalarni kengaytirishga tayyorligini ta’kidladi.
“Ochiq sanoat – ishlab chiqaruvchilarning kadrlar va texnologik salohiyatini oshirish vositalari” sessiyasi doirasida vazir maslahatchisi, Moskva shahar investitsiya va sanoat siyosati departamenti matbuot xizmati rahbari Polina Pavlova Rossiyada sanoat turizmi sohasidagi eng yirik tashabbuslardan biri bo‘lgan "Otkroy#Mosprom" loyihasini taqdim etdi.
2019 yilda ishga tushirilgandan buyon loyihaga 140 dan ortiq korxona qo‘shildi, 3,5 mingdan ortiq ekskursiya va 1,5 mingga yaqin mahorat saboqlari o‘tkazildi. 2024-yilda "Otkroy#Mosprom" 17 milliondan ortiq auditoriyani jalb qildi.
“Mosprom” eksportini qo‘llab-quvvatlash markazi bosh direktori Olga Starikova esa, "Made in Uzbekistan: chegarasiz eksport” sessiyasida poytaxt eksportorlarini qo‘llab-quvvatlashning samarali vositalari, jumladan, sanoat korxonalarining xorijdagi xalqaro ko‘rgazmalar va biznes missiyalarda ishtirokini tashkil etish, istiqbolli sotish bozorlarini tahlil qilish, individual eksport strategiyalarini yaratish haqida gapirdi.
Toshkentga tashrif dasturida texnologik almashinuv va sanoat sherikliklarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Moskva delegatsiyasi “Yangi avlod” tajriba-sanoat korxonasi, “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri, shuningdek, O‘zbekistondagi eng yirik sanoat obyektlari – “TEXNOPARK” va “Chirchiq” rus-o‘zbek qo‘shma texnoparkini borib ko‘rdi.
Uchrashuvlar chog‘ida hamkorlik istiqbollari, sanoat infratuzilmasi sohasida tajriba almashish, farmatsevtika, asbobsozlik va mashinasozlik sohalarida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Yangiliklar lentasi
0