https://oz.sputniknews.uz/20250104/baxshichilik-tarix-baxshilar-manzil-davlatlar-47098991.html
Oylab doston aytish yoki davradan chiqib ketish: o‘zbek baxshichiligi qanday rivojlangan?
Oylab doston aytish yoki davradan chiqib ketish: o‘zbek baxshichiligi qanday rivojlangan?
Sputnik O‘zbekiston
Qadimda iqtidorli baxshilarga tinglovchilar baho bergan. Xalq olqishini olish qo‘lidan kelmagan dostonchi davradan chiqib ketgan. Masalan, baxshi Shernazar Berdinazar o‘g‘li 7 kecha davomida doston ayta olgan.
2025-01-04T14:24+0500
2025-01-04T14:24+0500
2025-01-04T14:24+0500
madaniyat
o‘zbekiston
san’at
baxshichilik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/0e/47100749_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_008c615282f7b101d42f630ffc5f9c68.jpg
Baxshilar mazkur san’atni qanday rivojlantira olgani haqida Respublika Baxshichilik san’ati markazi matbuot xizmati xodimi Kamolbek Ramazonov Sputnik O‘zbekiston bilan suhbatda gapirib berdi.Dostonchilik o‘zbek xalq og‘zaki ijodining yirik va keng tarqalgan janri. “Doston” so‘zi adabiy atama sifatida xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyotdagi yirik hajmli epik asarlarni anglatadi. Xalq dostonlarini do‘mbira jo‘rligida ijro etuvchi va kuylovchi san’atkor “shoir” yoki “baxshi” deb atalgan.BAXShI O‘ZI KIM VA U QANDAY BO‘LIShI LOZIM?Baxshi – xalqning ma’naviy merosini, urf-odatlarini, tarixiy xotirasini va badiiy ifodasini o‘zida mujassam etgan ijodkor san’atkor.Baxshi ijro etadigan dostonlar odatda tarixiy voqealar, qahramonlik, sevgi, sadoqat va insoniy fazilatlarni ulug‘laydi.BAXShIChILIK SANЪATI TARIXIDastlab qo‘shiq shaklidagi, musiqa asbobisiz kuylanadigan asarlar yaratilgan. X-XI asrlarga kelibgina dostonlar do‘mbira jo‘rligida aytila boshlangan. Dostonning bunday namunalari Kaspiy va Orol dengizlari bo‘ylaridagi qadimgi ko‘chmanchi turkiy qabilalar orasida vujudga kelgan.Epik dostonlarni yaratuvchi va kuylovchi badihago‘ylar ko‘payib borgan sari ustoz-shogird an’analari vujudga kela boshladi. Buning natijasida dostonchilik maktablari paydo bo‘ldi.Qadimiy dostonchilikda XV-XVI asrlar doston taraqqiyotida jiddiy ko‘tarilish bosqichi, XIX-XX asrlar esa uning rivojlangan davri hisoblanadi.Iqtidorli dostonchilar oylab doston kuylay olishganDostonchilik qat’iy tartibga rioya qilingan holda ejro etilgan, doston eshitish uchun maxsus kechalar uyushtirilgan, to‘y hashamlar ham baxshilarsiz o‘tmagan.Baxshi ijro davomida dostondagi har bir tasvirga mos so‘z topib, o‘sha so‘zlarga monand xatti-harakatlar qilgan. Tinglovchilarni qiziqtirish bilan o‘zi ham tobora avjga chiqqan. Iqtidorli dostonchilar ikki-uch kecha mobaynida, hatto oylab doston kuylay olishgan.Uning aytishicha, bunday hollarda dostonchilar o‘zaro tortishuvga kirishishgan: iqtidorlar, so‘zdagi chechanlik, soz chalishdagi mahoratlar sinalgan. Tinglovchilar ularga baho berishgan. Xalq olqishini olmagan dostonchi davradan chiqib ketgan.Dostonchilik maktablari qanday rivojlangan?O‘zbek baxshichilik va dostonchiligida Bulung‘ur, Narpay, Qo‘rg‘on, Xorazm, Chiroqchi, Beshqo‘ton, Qamay, Boysun, Sherobod kabi yirik dostonchilik maktablaridan tashqari, Qamay, Piskent, Ko‘lbuqon, Juma o‘zbek laqay va boshqa shunday markazlar ham ma’lum.Qamay dostonchilik maktabi XIX asrda Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanining Qamay qishlog‘i bilan bog‘liq Qamay dostonchilik maktabi Sherobod poyetik maktabi bilan ijodiy aloqada bo‘lgan.Bu maktab Abdukarim Juyruq (XIX asr), Mulla Xolnazar o‘g‘li (1910 yil v.e.), Bozor Sherqul o‘g‘li (1887—1953), Hazratqul baxshi Xudoyberdiyev (1920 yil t.) kabi 60 ga yaqin baxshilarni birlashtirgan.Ular Shahrisabz dostonchilik maktabi bilan ijodiy hamkorlikda bo‘lgan. Qamay dostonchilik maktabi vakillari xalq dostonlarining lirik yo‘nalishiga alohida e’tibor berishgan. Qamay dostonchilaridan "Nuralining yoshligi" (1972, 1977), "Xonimoy" (1963) va boshqa dostonlar yozib olingan.Qamaylik mulla Xolnazar “Nurali” turkum dostonlaridan biri “Nuralining yoshligi” dostonini xalq kitobi tarzida yozdirib qoldirgan.Qamayliklar XVII asrning oxiri XVIII asrning boshlarida Surxon vohasidan ko‘chib kelishgan va ular hamon shu voha aholisi bilan qarindoshchilik aloqalarini uzgan emas.Bugungi kungacha Qamay baxshichilik maktabining quyidagi vakillari aniqlangan. Berdumurod shoir, Murod baxshi Xo‘jayor o‘g‘li, Abdukarim Juyruq Xidir shoir, Boysari baxshi, Mulla Xolnazar, Mulla Yo‘dosh, Sadulla Hakimov, Mulla Xo‘jamqul, Mulla Eshonqul, Mulla Bozor shoir, Nazar shoir Shukur o‘g‘li, Sherqul baxshi, Shonazar shoir, Xudoyqul shoir, Yaxshiboy o‘g‘li, Normurod shoir, Oynazar shoir, Elmurod qori, Shomir shoir, Meyli shoir, Tulak shoir, Bozor Sherqul o‘g‘li, Mamatqobil shoir, Bobonazar shoir, Berdiyor shoir, Erka shoir Oynazar o‘g‘li, Axmad Berdiyor o‘g‘li va boshqalar Qamay dostonchiligi maktabiga mansub bo‘lgan ijodkorlardir.Qo‘rg‘on dostonchilik maktabi o‘zbek folklorshunosligida baxshichilik san’ati markazlaridan biri hisoblanadi.Qo‘rg‘on dostonchilik maktabiga mansub baxshilar Mang‘ishtog‘, Nurota tog‘i, Oqtog‘ etaklaridan Miyonkulga qadar cho‘zilgan keng hududda yashaganlar. Ularning ko‘pchiligi Qo‘rg‘on qishlog‘ida tarbiya topgan.Ushbu maktabning taniqli vakillaridan Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining ota-bobolari tomonidan asos solgan bu dostonchilik maktabi XVII-XX asrlar davomida yashab ijod etgan Yodgor usta Qo‘lay o‘g‘li, Usta Lafas Yodgor o‘g‘li, Tilla kampir, Mulla Tosh usta Lafas o‘g‘li, Mulla Xolmurod Mulla Tosh o‘g‘li, Jolmon baxshi, Sulton kampir, Qulsomad baxshi, Jumanbulbul, Jossoq Mulla Xolmurod o‘g‘li, Yorlaqab baxshi, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Darvesh baxshi, Po‘lkan shoir, Ollamurod baxshi, Egamberdi Ollamurod o‘g‘li, Usta Xoliqul, Abdimurod Berdixol o‘g‘li, Qurbonqul baxshi, Mardi shoir, Raxmatillo Yusuf o‘g‘li kabi o‘nlab taniqli dostonchilarni o‘ziga birlashtirgan.Bulung‘ur dostonchilik maktabi Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida tashkil topgan baxshichilik san’ati markazidir. Bu maktabga mansub baxshilar asosan qahramonlik dostonlarini ijro etish bilan mashhur bo‘lishgan.Bu maktab vakillari repertuaridagi dostonlarning soddaligi, o‘ta an’anaviy va nisbatan arxaikligi bilan ajralib turadi. XVIII-XXasrlarda yashab ijod qilgan Amin baxshi, Muhammad shoir, Chini shoir, Tovbuzar shoir, Qurbonbek shoir, Sultonmurod, Yo‘ldosh bulbul, Yo‘ldosh Mulla Murod o‘g‘li, Rahimbulbul, Jo‘ra shoir, Do‘stor Xo‘jayor o‘g‘li, Xo‘janazar baxshi, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Yorlaqab Beknazar o‘g‘li kabi o‘nlab yirik taniqli baxshi dostonchilarni o‘zida birlashtirgan bo‘lib, ular asosan Bulung‘ur, Jomboy, Poyariq, G‘allaorol, Zomin, Jizzax hududlarida yashab ijod kilishgan.Beshqo‘ton dostonchilik maktabi Qosimko‘r yuzboshining shogirdi bo‘lgan Alim yuzboshi (XIX asr ikkinchi yarmi 1920-yil) Sherabod tumaning Beshqo‘ton qishlog‘ida tug‘ilib, yashagan va ijod qilgan u ushbu maktabning asoschisi bo‘lgan. U Eshmurod Sherdan o‘g‘li, Normurod Poyon o‘g‘li, Xoliyor Abdukarim o‘g‘li, Xolor Alim o‘g‘li, Boymurod Boymat o‘g‘li kabi qator baxshilarga ustozlik qilgan.Garchi u Shernazar baxshi bilan bir ustozning shogirdi hisoblansada, ammo ularning ijro yo‘li, aytish usuli, do‘mbira chertish ohanglari o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan. Alim baxshining shogirdlaridan boysunlik Xolor baxshi Abdukarim o‘g‘li juda mashhur bo‘lgan. U xalq dostonlarini mahorat bilan kuylagan holda, milliy ozodlik harakatlarida faol qatnashgani uchun “To‘qsabo” unvoniga ega bo‘lgan. Sho‘rolar hukumati qaror topgach, u o‘z jonini saqlamoq niyatida amirlik tuzumini qoralab, yangi sho‘rolar tuzumini ulug‘lab “Amir qochdi” dostonini yaratgan.Bu doston 1928-yilda Hodi Zarif tomonidan yozib olinib o‘quv darsliklarga joylashtirilgan bo‘lsa-da, ammo doston muallifi Xolor baxshi Abdukarim o‘g‘li sho‘rolar hukumati tomonidan 1937-yilda qo‘lga olindi. Shundan so‘ng uning iqtidorli shogirdi Ermamat Badalov ham ijod qilmay qo‘ygan. Natijada ushbu dostonchilik maktabi faoliyati tugatiladi.Kofrun dostonchilik maktabi maktabiga Boysun tumanining Kofrun qishlog‘ida yashab ijod qilgan bir qator taniqli baxshilar jamlangan. Bu dostonchilik maktabining ilk asoschisi Adurasul yuzboshi (1827-1902) bo‘lib bir qator baxshilarga ustozlik qilgan. Ulardan Sherdanaqul Mardonaqul o‘g‘li, Mirza Xo‘jamurod o‘g‘li (1875-1913), Ismoil To‘ra o‘g‘li (1878-1969), Norboy yuzboshi, Hasan Qora o‘g‘li (1886-1946), Ochildi shoir, Toshmurod To‘ra o‘g‘li singari bir qator taniqli baxshilar ushbu dostonchilik maktabining vakillaridan hisoblanadi. Sho‘rolar siyosati natijasida Beshqo‘ton dostonchilik maktabi vakillari Xolor baxshi Abdukarim va boshqa baxshilarning boshiga tushgan ayanchli fojialar Kofrun dostonchilik maktabi vakillaridan Elmurod baxshi Ismoil baxshi va Toshmurod baxshilarning ham hayotini o‘zgartirib yubordi.Ular o‘z jonlarini saqlash uchun Denov tumaniga ko‘chib ketishga majbur bo‘lishgan. Shuningdek, ushbu dostonchilik maktabining yana bir vakili Ismoil baxshi To‘ra o‘g‘lining Qashqadaryo tomonlarga ketishiga sabab bo‘ldi.Kofrun dostonchilik maktabining vakillaridan Ismoil baxshi To‘ra o‘g‘li (1966) va Ulash baxshi G‘oziyevlarning (1962) vafot etishi bilan ushbu dostonchilik maktabi faoliyati tugagan. Kofrunlik baxshilar ijrosidagi rivoyatlar, ayrim termalar, dostonlardan parchalargina yozib olinishiga muvofiq bo‘lingan.Narpay dostonchilik maktabi o‘zining repertuar birligi, ustoz-shogird an’analari hamda ijro usullari bilan boshqa dostonchilik maktablarining baxshilaridan ajralib turgan dostonchilik maktabi bo‘lgan.Narpay dostonchilik maktabi Ernazar shoir, Rajab shoir, To‘xtamish, Abduxoliq, Islom shoir Nazar o‘g‘li, Nurmon Abduvoy o‘g‘li, Zohir Qo‘chqor o‘g‘li, Ziyodulla baxshi Islomov kabi bir qator taniqli baxshilarni o‘zida birlashtirgan.Bu maktab vakillari asosan Narpay, Kattaqo‘rg‘on, Jom, Kogon, Muborak, Qarshi kabi hududlarda mashhur bo‘lganlar. Ulardan "Orzigul", "Sohibqiron", "Erali va Sherali", "Kuntug‘mish", "Tohir va Zuhra", "Alpomish", "Hasanxon", "Zulfizar bilan Avazxon", "Gulixiromon", "Xirmondali" kabi dostonlar yozib olingan. Ularning aksariyati bugungi kunda nashr etilgan. An’anaviy repertuarning chuqur xalqchilligi va zamonaviyligi Narpay dostonchilik maktabining o‘ziga xos xususiyatlaridan hisoblanadi.Bu maktab vakillari xalq dostonlarining demokratik asoslarini yanada kengaytirishgan. Shunga ko‘ra, Narpay dostonchilik maktabi vakillaridan yozib olingan dostonlarda Oyto‘ra, Xolor, Qing‘ir chol, Dono cho‘pon, Hamro bog‘bon, Usta Olim, Umar, Qulmaloyik kabi keng mehnatkashlar ommasining turli tabaqalariga oid xilma-xil obrazlar yaratilgan. Boshqa maktablarning vakillarida bu xil obrazlar (Kayqubod, Janjalkal, kambag‘al chol o‘tinchi va boshqalar) an’anaviyligi bilan ajralib turadi.Chiroqchi dostonchilik maktabi dastlabki manbalarda tadqiqotchilar Abdulla shoirni Shahrisabz (hozirgi Kitob) tumanidan bo‘lganligi uchun Shahrisabz dostonchilik maktabi deyishgan. Ammo so‘ngi izlanishlar natijasida Abdulla shoirning Chiroqchilik Rajab baxshining shogirdi ekanini va Shahrisabz o‘rniga Chiroqchi dostonchilik maktabi deb atash maqsadga muvofiq ekanligi ilmiy asoslangan.XX asr boshlarigacha o‘zbek dostonchiligida mavjud bo‘lgan o‘ziga xos ijrochilik yo‘lidir. Bu maktabning ayrim xususiyatlari ulkan Xalq baxshisi Abdulla Nurali o‘g‘li ijodi va repertuarida saqlanib qolgan. Chiroqchi dostonchilik maktabiga mansub baxshilar dostonlarni sho‘x va quvnoq ko‘taringki ruhda kuylashlari, kuylarning yoqimliligi bilan ajralib turishgan.Abdulla shoir XIX asrning Shahrisabzlik mashxur dostonchilari Xidir shoir, Ernazar shoirlar bilan bog‘liq bo‘lgan Rajab shoirning shogirdidir. Abdulla shoir ijrosi folklorshunoslar tomonidan kuzatilgan bo‘lsa-da, uning repertuaridagi ko‘p doston deyarli yozib olinmagan. Shoirdan umrining so‘nggi yillarida og‘ir xastalik payti yozib olingan “Alpomish” dostoni u kuylab kelgan variant xususiyatlarini o‘zida mukammal saqlay olmagan. Biroq uning boshqa baxshilardan farq qiluvchi ijro usullari Chiroqchi dostonchilik maktabi haqida muayan tasavvur bera oladi.Sherobod baxshichilik maktabi vakillari “Go‘ro‘g‘li”, “Alpomish”, “Rustamxon”, turkumidagi dostonlarni kuylash bilan birga, o‘zlarining repertuaridagina xos epos namunalari ko‘p bo‘lgan. Bu maktab vakillari respublikaning boshqa hududlaridagi baxshilardan do‘mbirani ko‘p va xilma-xil ohanglarda ijro etishi, “Hasanxon” turkumi kam kuylagani holda “Avazxon”va “Nurali” turkumi dostonlarini alohida mehr bilan aytish jihatidan ham ajralib turgan. Go‘ro‘g‘lining nevarasi Nurali haqida 20 tadan ortiq doston fikrimizni asoslaydi.Shuningdek, respublikada hech qaysi maktabning hududiy doirasi Sherobod dostonchilik maktabichalik keng emas.Sherobod baxshilari kuylagan dostonlarda qadimiy asoslar, xalqning etnik urf-odatlari saqlangani ko‘zga tashlanishi bilan birga tarixiy mavzularga ham keng o‘rin berilgan ko‘rinadi.Qodir baxshidan “Oychinor”, “Sohibqironning tug‘ulishi”, Qahhor baxshi Qodir o‘g‘lidan “Ahmad Yasavviy yoxud Gavhari Xushtor”, “Samarqand tarovati (yoxud “Navoiy Samarqandda”) “Temur va Boyazid”, “Qodir baxshi haqida doston”, “Turkman dahosi” (yoxud Maxtumquli) Chori Umirovdan “Amur Temurning yoshligi”, “Sohibqiron” dostonlarining yozib olinishi yuqoridagi fikrni asoslaydi.Sherobod dostonchilik maktabining asoschisi sifatida tan olingan Sherna nomi bilan mashhur Shernazar Berdinazar, o‘g‘li (1855-1915) ning otasi Berdinazar, bobosi Aliboylar ham mashhur yuzboshi bo‘lishgan. Rivoyatlarda aytishlaricha to‘rt yoshdan termalar kuylagan Shernani odatga ko‘ra oilada emas, ustoz qo‘lida tarbiyalash uchun Qosimxo‘r yuz boshiga shogirdlikka berishgan.Shernaning shogirdlari ko‘p bo‘lgan bo‘lsada bugungi Sherabod dostonchiligiga mansub baxshilar asosan uning shogirdi va jiyani Mardonaqul Avliyoqul o‘g‘li va Umir shoir Safarovning nabirasi Rasul Umirovga borib taqaladi. Mardonaqul baxshi Shernaning oilaviy shajarasiga mansubdir.Shuningdek, Avliyoqul yuzboshi Norboy yuzboshi, Bo‘riboy Axmedov-Qodir Bo‘riyev, Yusuf Qori O‘taganov, Chorshanbi Rahmatullayev, Xushvaqt Mardonaqulov, Sayid Xushvaqtov, kabi 25 nafardan oshiq baxshilar Shernaning oilaviy dostonchilik shajarasi davomiyligini ko‘rsatadi.Ushbu dalil baxshichilik san’ati ham naslda bo‘lgandagina suyak so‘rib so‘ngi avlodga o‘tishini ko‘rsatadi. Umir baxshi Safarov, uning farzandlari Qora, Suvon va Chori nevarasi Rasul Umirovlar ukasi Tangir baxshi shogirdlari Hayim shoir, Bozor Normatov, Qodir baxshi Rahimov va Qodir baxshining o‘g‘illari Qahhor, Abdumurod, Bahrom, Boboraim baxshi va uning o‘g‘li Ravshan baxshi shuningdek Abdunazar Poyonov, Shoberdi Boltayev, Maxmatmurod Rajabov singari Sherobod maktabiga mansub baxshilar hisoblanib, bugungi kunda ushbu maktabning umrboqiyligini ta’minlash maqsadida ko‘plab shogirdlar tayyorlab kelishmoqda.Xorazm dostonchilik maktabi asosan uch manzilda tashkil topgan bo‘lib, ushbu markazlarni do‘kon deb atashgan.Xorazm dostonchilik do‘konlari (Markaz) 3 qismdan iborat:Xorazmning XIX asrdagi faol baxshichilik maktabi Toshhovuz bo‘lib, o‘z atrofida ko‘plab o‘zbek qoraqalpoq turkman baxshilarini jipslashtirgan va unga iste’dodli turkman, baxshisi Suyav boshchilik qilgan. Suyav baxshi o‘zbek G‘aribniyoz baxshining shogirdi bo‘lgan. Bu davrda Eshboy, Otash, Nurjon, Niyozmat, Abdurahim, Muso, Otaniyoz, Otajon, Rizo, Erniyoz, Jumaniyoz baxshilar shuhrat qozonishgan. Vohada Jumanazar va Xo‘jayoz baxshilardan keyin shajarani Bola baxshi (Abdunazar Abdullayev) davom ettirgan. Uning bilan birga Xudaybergan, Matnazar, Hayitboy, Jumaboy, Qodir, Abdi, Ahmad, Mahmud baxshilar faoliyat ko‘rsatishgan. Hozirda esa Tursun baxshi, Yo‘ldosh baxshi, Qalandar baxshi va Bola baxshining farzandlari Matoqub, Norbek Yetmishboylar Xorazm baxshichilik an’analarini davom ettirib kelmoqda.Xorazm baxshilari kuylaydigan dostonlar “Oshiq” va “Go‘ro‘g‘li, “Oshiq G‘arib va Shohsanam”, “Oshiq Mahmud”, “Oshiq Oydin”, “Oshiq Alvand”, “Sayodxon va Hamro”, “Hurliqo va Hamro”, “Tohir va Zuhra”, “Qumri”, “Shahriyor”, “Layli va Majnun”, “Yusuf bilan Ahmad”, “Durapsho”, “To‘limbiy”, “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi”, “Bozirgon”, “Arab Rayxon”, “Avazxon”, “Xirmon Dalli”, “Gulruhpari” kabilardan iborat.Ushbu dostonlar baxshilar va dostonchi ansamblli xalfalar repertuari orqali og‘zaki tarzda hamda yakka xalfalar va qissaxonlar repertuari orqali kitobiy matn o‘qib yoki yodaki aytilgan tarzida xalq orasida targ‘ib qilib kelinmoqda.O‘zbekistondagi xalfachilik san’ati Xorazmda mavjud bo‘lib, uni savodxon, gapga chechan, ayni vaqtda xonandalik qobilyatiga ega bo‘lgan ayollar ijro qilgan. Diniy va dunyoviy kitoblar, shu turdagi kitoblardan parchalar va dostonlarni o‘qib, kuylab kelgan ayollarni xalfa deyishgan. Bugungi kunda xalfachilik san’ati o‘z maktabiga ega bo‘lib, ko‘pgina yosh qizlar ushbu san’at bilan shug‘ullanib, samarali ijod qilib kelishmoqda.Qoraqolpog‘iston musiqa madaniyati uzoq tarixga ega bo‘lib, hozirgi kunda boy musiqiy folklor, og‘zaki an’anadagi professional namunalariga egadir. Musiqiy folklor shakllar asosini baxshi qo‘shiqlar tashkil etadi.Xalq marosimlari bilan bog‘liq bir qancha janrlar, ya’ni baxshilar tomonidan aytib kelinayotgan mavsum marosim qo‘shiqlardan “Aydar-aydar” shamolni chaqirish, diniy marosim “Yaramazan”, oilaviy marosim qo‘shiqlardan “Yar-yar”, “Heujar”, “O‘len”, “Sinsiu”, “Joqlau” va boshqalar o‘z eng qadimgi qatlamini tashkil etadi.Badiiy mazmuniga ko‘ra xalq baxshilarini qo‘shiqlari ishqiy-lirik, tarixiy, marosim, ayollar (qizlar), bolalar qo‘shiqlaridan iborat. Ularning aksariyati diatonik ladlarga asoslanib, ohanglari melizmatik bezaklarga boy, kuychanlik xususiyatlarga ega.Qoraqalpoqlarning og‘zaki an’anadagi professional musiqasining markaziy qismini doston musiqasi egallaydi. Qoraqalpoq doston ijrochilari 3 turga bo‘linadi: jirovlar, baxshilar va qissaxonlar-u ularning har biri o‘ziga xos ma’lum ijtimoiy-siyosiy sharoitda yuzaga kelgan. Shuningdek, ular bir-biridan repertuaridagi dostonlar mazmuni, ijro uslubi, dostonning maxsus aytimlari hamda musiqiy cholg‘u jo‘rnavozligi jihatidan farq qiladi.Jirovlar faoliyati an’anaviy ijodining eng qadimgi qatlamiga mansub bo‘lib, qahramonlik dostonlarni (“Qoblan”, “Sharar”, “Yedige”, “Alpamis”, “Maspatsha”), tarixiy to‘lg‘ovlarni ichki ovozda qo‘biz jo‘rligida ijro etadi.Qoraqalpoq dostonchilari orasida bu kasbning eng qadimgi namoyondalari, ya’ni jirovlar xozirgi kungacha o‘z ota-bobolari an’analarini davom ettirib kelishmoqda. Ular qahramonlik va bahodirlik dostonlarini asosan qo‘biz jo‘rligida kuylashgan. Jirovlar haqidagi ma’lumotlar kam bo‘lsada turli afsonalarda uchrab turadi. Masalan: Oltin O‘rda xonligi yemirilmasdan oldin paydo bo‘lgan Nugoylarning “Yedigey” dostonida Soppasli Sapira degan jirovning juda dono bo‘lganligi, qadimgi bahodirlar haqidagi dostonlarni qo‘biz jo‘rligida aytib urug‘ va elatlarni birlashishga chorlaganligi to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi. Shankay yoki Shanket jirov (1814-1884), Jiyamurat jirov (1836-1908), Nurabilla jirov (18621922), Yerpo‘lat jirov (1861-1938), Qurbanbay jirov (1876-1958), To‘ra jirov (1879-1944), Otaniyoz jirov (1883-1989), Ogiz jirov (1884-1954), Qiyos jirov (1903-1974) kabi jirovlar hayoti va ijodi Qoraqolpoq folklorshunoslari tomonidan keng o‘rganildi.Qoraqalpoqlarda dutor chalib qo‘shiqlar ijro qiladigan, barcha turdagi (ishqiy-romantik, nasihat-didaktik, diniy-falsafiy) dostonlarni aytadiganlarga “baxsi” yoki “baxshi” deyiladi. Qoraqalpoq baxshilari jirovlarga qaraganda keyinroq paydo bo‘lgan. Qoraqalpoqlar O‘rta Osiyoga ko‘chib kelgandan keyin ayniqsa, Xorazm hududiga joylashgandan so‘ng baxshilik kasbi keng tarqalgan bo‘lib, bu kasb ularga O‘rta Osiyo xalqlaridan, xususan Orolli o‘zbeklardan va qo‘shni turkmanlardan o‘tgan.Mashhur qoraqalpoq baxshilaridan Okmambet baxshi, Musa baxshi (1836-1907), Edenboy baxshi va boshqalar dostonchilik hunarini rivojlantirishgan. Ular ko‘hna Xorazm madaniyatini har taraflama o‘rganib undan ijodiy foydalanganlar. Natijada “Oshiq G‘arib va Shohsanam”, “Yusuf — Axmad”, “Go‘ro‘g‘li” kabi dostonlar qoraqalpoq baxshilarining asosiy repertuarini tashkil qilgan.Qissaxonlar ko‘pincha savodxon shaxslar bo‘lib, xalq yig‘inlarida doston qo‘lozmalarini o‘qib yoki yoddan aytib berishadi. Ular she’rlarni faqat o‘ziga xos, nutq intonatsiyasiga yaqin aytim kuy (nama)larga solib, musiqiy cholg‘u jo‘rligisiz ochiq ovozda ijro etishadi.G‘ijjak (girjek) va bo‘lamondan tashqari chang, qo‘biz, qamish surnay va bolalar xushtagi (“iskirauik”) kiradi. O‘tmishda qoraqalpoqlarda chindovul, surnay, karnay, nog‘ora, dap (doira) kabi cholg‘ularning mavjudligi haqida qahramonlik dostonlarida ma’lumotlar saqlangan. Bulardan qo‘biz va dutor keng tarqalgan, ularda mohir sozandalar tomonidan qoraqalpoq mumtoz cholg‘u kuylari chalinadi. Ayniqsa, dutor kuylari orasida “Muxalles”, “Nalish” kabi turkumiy kuylar shaklan murakkab va ifoda vositalarining boyligi bilan ajralib turadi.Qoraqalpoq xalq an’anaviy musiqa rivojlanishiga XX asrda Nurabullo jirov, Yerpo‘lat jirov, Ho‘qiz jirov, Jumaboy jirov, Qiyos baxshi Hayratdinov, Japaq baxshi Shomurotov, Yesjan baxshi Qospo‘latov, Kenjaboy baxshi Tilevmurotov, Qoraqalpog‘iston xalq artisti T. Qurbonov va boshqalar salmoqli hissa qo‘shishgan.Qoraqalpoq mumtoz baxshichilik san’atining yirik namoyondasi shoir Jiyen Jirovning (Tog‘ay o‘g‘li 1730–1784 yil) faoliyati muhim ahamiyatga ega. O‘zining “Ulug‘ tog‘”, “Po‘sgan yel” dostonlarida qoraqalpoqlarning Xorazmga ko‘chib kelish tarixini kuylagan. Ajiniyazning ijodi XIX asrda ijod qilgan qoraqalpoq shoirlari orasida yetakchi o‘rinni egallaydi. Uning asarlari alohida to‘plamlar sifatida qoraqalpoq, o‘zbek, qozoq va rus tillarida chop etilgan.Berdaq (Qarg‘aboy o‘g‘li 1827–1900 yil) shoirning baxshichilik yo‘nalishdagi lirik, satirik, didaktik she’rlari, tarixiy doston (“Aydos biy”, “Amongeldi”, “Ernazar biy”) lari diqqatga sazovor.Shuningdek, Otesh Alshinbay o‘g‘li (1828–1902 yil), Qulmurot Qurbon o‘g‘li (1845–1926 yil), Qurbonboy Tojiboyev (1876–1958 yil), Omar Sugirimbet o‘g‘li va boshqa shoirlarning she’r, doston va turli asarlari qoraqalpoq adabiyoti tarixida munosib o‘rin egallaydi.MAShHUR BAXShILARDarg‘a baxshilardan:Xalq e’tirof etgan baxshilar:
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/0e/47100749_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_23a1f3e4131d0bc10efb45b9405e27c5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
baxshichilik san’ati baxshi mashxur baxshilar baxshichilik san’ati baxshi mashxur baxshilar
baxshichilik san’ati baxshi mashxur baxshilar baxshichilik san’ati baxshi mashxur baxshilar
Baxshilar mazkur san’atni qanday rivojlantira olgani haqida Respublika Baxshichilik san’ati markazi matbuot xizmati xodimi Kamolbek Ramazonov
Sputnik O‘zbekiston bilan suhbatda gapirib berdi.
Dostonchilik o‘zbek xalq og‘zaki ijodining yirik va keng tarqalgan janri. “Doston” so‘zi adabiy atama sifatida xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyotdagi yirik hajmli epik asarlarni anglatadi. Xalq dostonlarini do‘mbira jo‘rligida ijro etuvchi va kuylovchi san’atkor “shoir” yoki “baxshi” deb atalgan.
BAXShI O‘ZI KIM VA U QANDAY BO‘LIShI LOZIM?
Baxshi – xalqning ma’naviy merosini, urf-odatlarini, tarixiy xotirasini va badiiy ifodasini o‘zida mujassam etgan ijodkor san’atkor.
“Baxshilar nafaqat dostonlar ijrochisi, balki millat ruhining targ‘ibotchisi, xalq orasida donishmandlik va adolat timsoli hisoblanadi. Ular xalq og‘zaki ijodi namunalarini avloddan avlodga yetkazib, madaniy va ma’naviy qadriyatlarning saqlanishi va rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi”, — deydi Ramazonov.
Baxshi ijro etadigan dostonlar odatda tarixiy voqealar, qahramonlik, sevgi, sadoqat va insoniy fazilatlarni ulug‘laydi.
“Baxshi bo‘lish oddiy kasb emas, balki o‘ziga xos yuksak ma’naviyat, iste’dod va mas’uliyatni talab qiladigan murakkab san’atdir. Baxshi dutor yoki do‘mbira kabi milliy cholg‘u asboblarida mahorat bilan chalib, musiqiy ohanglar orqali doston mazmunini boyitishi kerak. Cholg‘u asbobi bilan dostonning ruhiyati va hissiyotlarini tinglovchiga yetkazish baxshining asosiy vazifasidir”, — deya aniqlik kiritdi u.
BAXShIChILIK SANЪATI TARIXI
Dastlab qo‘shiq shaklidagi, musiqa asbobisiz kuylanadigan asarlar yaratilgan. X-XI asrlarga kelibgina dostonlar do‘mbira jo‘rligida aytila boshlangan. Dostonning bunday namunalari Kaspiy va Orol dengizlari bo‘ylaridagi qadimgi ko‘chmanchi turkiy qabilalar orasida vujudga kelgan.
Epik dostonlarni yaratuvchi va kuylovchi badihago‘ylar ko‘payib borgan sari ustoz-shogird an’analari vujudga kela boshladi. Buning natijasida dostonchilik maktablari paydo bo‘ldi.
Qadimiy dostonchilikda XV-XVI asrlar doston taraqqiyotida jiddiy ko‘tarilish bosqichi, XIX-XX asrlar esa uning rivojlangan davri hisoblanadi.
“Bu davrda baxshilar repurtuarida 250 tadan ortiq xalq dostoni bo‘lib, ularni “Tilla kampir”, “Sulton kampir”, “Jonon baxshi”, “Buron shoir”, “Jumanbulbul”, “Jossoq”, “Xonimjon xalfa”, “Buvi shoira”, “Suyav baxshi”, “Amin baxshi”, “Yo‘ldoshbulbul”, “Sultonmurod”, “Qurbonbek”, “Yo‘ldosh shoir”, “Suyar shoir” kabi mashhur baxshilar kuylab kelganlar. “Ergash Jumanbulbul o‘g‘li”, “Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li”, “Po‘lkan”, “Islom shoir”, “Sherna yuzboshi”, “Saidmurod Panox o‘g‘li”, “Berdi baxshi”, “Abdulla Nurali o‘g‘li”, “Umir shoir”, “Bola baxshi”, “Ahmad baxshi” kabi yetakchi san’atkorlar o‘zlariga zamondosh boshqa baxshilar bilan birgalikda bu epik an’anani davom ettirdilar”, —dedi Kamolbek Ramazonov.
Iqtidorli dostonchilar oylab doston kuylay olishgan
Dostonchilik qat’iy tartibga rioya qilingan holda ejro etilgan, doston eshitish uchun maxsus kechalar uyushtirilgan, to‘y hashamlar ham baxshilarsiz o‘tmagan.
Baxshi ijro davomida dostondagi har bir tasvirga mos so‘z topib, o‘sha so‘zlarga monand xatti-harakatlar qilgan. Tinglovchilarni qiziqtirish bilan o‘zi ham tobora avjga chiqqan. Iqtidorli dostonchilar ikki-uch kecha mobaynida, hatto oylab doston kuylay olishgan.
“Masalan, Shernazar Berdinazar o‘g‘li 7 kecha davomida doston ayta olgan. Ba’zi dostonlarning hajmi ham ikki-uch kecha muttasil ijro etishni taqozo etgan. Dostonchi, odatda, voqea eng qiziq joyga yetganda kuylashni to‘xtatib, tanaffus qilgan, bu esa tinglovchilarning qiziqishini yana ham oshirgan. Doston kechalariga ikki-uch baxshi tashrif buyurgan”, — deya aniqlik kiritdi Ramazonov.
Uning aytishicha, bunday hollarda dostonchilar o‘zaro tortishuvga kirishishgan: iqtidorlar, so‘zdagi chechanlik, soz chalishdagi mahoratlar sinalgan. Tinglovchilar ularga baho berishgan. Xalq olqishini olmagan dostonchi davradan chiqib ketgan.
Dostonchilik maktablari qanday rivojlangan?
O‘zbek baxshichilik va dostonchiligida Bulung‘ur, Narpay, Qo‘rg‘on, Xorazm, Chiroqchi, Beshqo‘ton, Qamay, Boysun, Sherobod kabi yirik dostonchilik maktablaridan tashqari, Qamay, Piskent, Ko‘lbuqon, Juma o‘zbek laqay va boshqa shunday markazlar ham ma’lum.
Qamay dostonchilik maktabi XIX asrda Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanining Qamay qishlog‘i bilan bog‘liq Qamay dostonchilik maktabi Sherobod poyetik maktabi bilan ijodiy aloqada bo‘lgan.
Bu maktab Abdukarim Juyruq (XIX asr), Mulla Xolnazar o‘g‘li (1910 yil v.e.), Bozor Sherqul o‘g‘li (1887—1953), Hazratqul baxshi Xudoyberdiyev (1920 yil t.) kabi 60 ga yaqin baxshilarni birlashtirgan.
Ular Shahrisabz dostonchilik maktabi bilan ijodiy hamkorlikda bo‘lgan. Qamay dostonchilik maktabi vakillari xalq dostonlarining lirik yo‘nalishiga alohida e’tibor berishgan. Qamay dostonchilaridan "Nuralining yoshligi" (1972, 1977), "Xonimoy" (1963) va boshqa dostonlar yozib olingan.
“Qamay baxshilari haqida gap ketganda ularning bir qismi o‘qimishli mullalar bo‘lganliklariga e’tiborni qaratish lozim. Demak mulla shoirlar ham diniy qissalarni, jangnomalarni o‘qib, qissaxonlik qilib, ayni damda an’anaviy xalq dostonlarini kuylab etibor qozonishgan. Bu esa ular kuylagan dostonlarda badiyatning kuchayishiga olib kelgan. Respublikamizning boshqa hech qaysi hududida asli din vakillari hisoblangan mullalarning xalq epik ijodiy taraqqiyotiga Kamaylik mulla baxshilar singari hissa qo‘shish holati uchramaydi”, — dedi mutaxassis.
Qamaylik mulla Xolnazar “Nurali” turkum dostonlaridan biri “Nuralining yoshligi” dostonini xalq kitobi tarzida yozdirib qoldirgan.
Qamayliklar XVII asrning oxiri XVIII asrning boshlarida Surxon vohasidan ko‘chib kelishgan va ular hamon shu voha aholisi bilan qarindoshchilik aloqalarini uzgan emas.
Bugungi kungacha Qamay baxshichilik maktabining quyidagi vakillari aniqlangan. Berdumurod shoir, Murod baxshi Xo‘jayor o‘g‘li, Abdukarim Juyruq Xidir shoir, Boysari baxshi, Mulla Xolnazar, Mulla Yo‘dosh, Sadulla Hakimov, Mulla Xo‘jamqul, Mulla Eshonqul, Mulla Bozor shoir, Nazar shoir Shukur o‘g‘li, Sherqul baxshi, Shonazar shoir, Xudoyqul shoir, Yaxshiboy o‘g‘li, Normurod shoir, Oynazar shoir, Elmurod qori, Shomir shoir, Meyli shoir, Tulak shoir, Bozor Sherqul o‘g‘li, Mamatqobil shoir, Bobonazar shoir, Berdiyor shoir, Erka shoir Oynazar o‘g‘li, Axmad Berdiyor o‘g‘li va boshqalar Qamay dostonchiligi maktabiga mansub bo‘lgan ijodkorlardir.
Qo‘rg‘on dostonchilik maktabi o‘zbek folklorshunosligida baxshichilik san’ati markazlaridan biri hisoblanadi.
Qo‘rg‘on dostonchilik maktabiga mansub baxshilar Mang‘ishtog‘, Nurota tog‘i, Oqtog‘ etaklaridan Miyonkulga qadar cho‘zilgan keng hududda yashaganlar. Ularning ko‘pchiligi Qo‘rg‘on qishlog‘ida tarbiya topgan.
Ushbu maktabning taniqli vakillaridan Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining ota-bobolari tomonidan asos solgan bu dostonchilik maktabi XVII-XX asrlar davomida yashab ijod etgan Yodgor usta Qo‘lay o‘g‘li, Usta Lafas Yodgor o‘g‘li, Tilla kampir, Mulla Tosh usta Lafas o‘g‘li, Mulla Xolmurod Mulla Tosh o‘g‘li, Jolmon baxshi, Sulton kampir, Qulsomad baxshi, Jumanbulbul, Jossoq Mulla Xolmurod o‘g‘li, Yorlaqab baxshi, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Darvesh baxshi, Po‘lkan shoir, Ollamurod baxshi, Egamberdi Ollamurod o‘g‘li, Usta Xoliqul, Abdimurod Berdixol o‘g‘li, Qurbonqul baxshi, Mardi shoir, Raxmatillo Yusuf o‘g‘li kabi o‘nlab taniqli dostonchilarni o‘ziga birlashtirgan.
“Bu baxshilar ko‘proq ishqiy dostonlarni kuylashgan. O‘ziga xos chuqur lirizm, chiroyli tasvirlar, noziklik va jimjimadorlik Qo‘rg‘on dostonchilik maktabi uslubining belgilaridir. Bu hol Qo‘rg‘on dostonchilik maktabining ko‘proq yozma adabiyotdan an’analariga uyg‘unlashib borganligini ko‘rsatadi”, — dedi Ramazonov.
Bulung‘ur dostonchilik maktabi Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida tashkil topgan baxshichilik san’ati markazidir. Bu maktabga mansub baxshilar asosan qahramonlik dostonlarini ijro etish bilan mashhur bo‘lishgan.
Bu maktab vakillari repertuaridagi dostonlarning soddaligi, o‘ta an’anaviy va nisbatan arxaikligi bilan ajralib turadi. XVIII-XXasrlarda yashab ijod qilgan Amin baxshi, Muhammad shoir, Chini shoir, Tovbuzar shoir, Qurbonbek shoir, Sultonmurod, Yo‘ldosh bulbul, Yo‘ldosh Mulla Murod o‘g‘li, Rahimbulbul, Jo‘ra shoir, Do‘stor Xo‘jayor o‘g‘li, Xo‘janazar baxshi, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Yorlaqab Beknazar o‘g‘li kabi o‘nlab yirik taniqli baxshi dostonchilarni o‘zida birlashtirgan bo‘lib, ular asosan Bulung‘ur, Jomboy, Poyariq, G‘allaorol, Zomin, Jizzax hududlarida yashab ijod kilishgan.
“Bu baxshilar dostonlarni asosan do‘mbira, ba’zan qo‘biz jo‘rligida ijro etganlar. Ushbu maktab vakillaridan yozib olingan "Alpomish", "Yodgor", "Yusuf bilan Ahmad", "Mashriqo", "Balogardon", "Nurali", "Shirin bilan Shakar", "Rustam", "Murodxon", "Zevarxon" va bir qator boshqa dostonlar badiiy uslubi jihatidan Bulung‘ur dostonchilik maktabiga xos xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan”, — dedi u.
Beshqo‘ton dostonchilik maktabi Qosimko‘r yuzboshining shogirdi bo‘lgan Alim yuzboshi (XIX asr ikkinchi yarmi 1920-yil) Sherabod tumaning Beshqo‘ton qishlog‘ida tug‘ilib, yashagan va ijod qilgan u ushbu maktabning asoschisi bo‘lgan. U Eshmurod Sherdan o‘g‘li, Normurod Poyon o‘g‘li, Xoliyor Abdukarim o‘g‘li, Xolor Alim o‘g‘li, Boymurod Boymat o‘g‘li kabi qator baxshilarga ustozlik qilgan.
Garchi u Shernazar baxshi bilan bir ustozning shogirdi hisoblansada, ammo ularning ijro yo‘li, aytish usuli, do‘mbira chertish ohanglari o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan. Alim baxshining shogirdlaridan boysunlik Xolor baxshi Abdukarim o‘g‘li juda mashhur bo‘lgan. U xalq dostonlarini mahorat bilan kuylagan holda, milliy ozodlik harakatlarida faol qatnashgani uchun “To‘qsabo” unvoniga ega bo‘lgan. Sho‘rolar hukumati qaror topgach, u o‘z jonini saqlamoq niyatida amirlik tuzumini qoralab, yangi sho‘rolar tuzumini ulug‘lab “Amir qochdi” dostonini yaratgan.
Bu doston 1928-yilda Hodi Zarif tomonidan yozib olinib o‘quv darsliklarga joylashtirilgan bo‘lsa-da, ammo doston muallifi Xolor baxshi Abdukarim o‘g‘li sho‘rolar hukumati tomonidan 1937-yilda qo‘lga olindi. Shundan so‘ng uning iqtidorli shogirdi Ermamat Badalov ham ijod qilmay qo‘ygan. Natijada ushbu dostonchilik maktabi faoliyati tugatiladi.
Kofrun dostonchilik maktabi maktabiga Boysun tumanining Kofrun qishlog‘ida yashab ijod qilgan bir qator taniqli baxshilar jamlangan. Bu dostonchilik maktabining ilk asoschisi Adurasul yuzboshi (1827-1902) bo‘lib bir qator baxshilarga ustozlik qilgan. Ulardan Sherdanaqul Mardonaqul o‘g‘li, Mirza Xo‘jamurod o‘g‘li (1875-1913), Ismoil To‘ra o‘g‘li (1878-1969), Norboy yuzboshi, Hasan Qora o‘g‘li (1886-1946), Ochildi shoir, Toshmurod To‘ra o‘g‘li singari bir qator taniqli baxshilar ushbu dostonchilik maktabining vakillaridan hisoblanadi. Sho‘rolar siyosati natijasida Beshqo‘ton dostonchilik maktabi vakillari Xolor baxshi Abdukarim va boshqa baxshilarning boshiga tushgan ayanchli fojialar Kofrun dostonchilik maktabi vakillaridan Elmurod baxshi Ismoil baxshi va Toshmurod baxshilarning ham hayotini o‘zgartirib yubordi.
Ular o‘z jonlarini saqlash uchun Denov tumaniga ko‘chib ketishga majbur bo‘lishgan. Shuningdek, ushbu dostonchilik maktabining yana bir vakili Ismoil baxshi To‘ra o‘g‘lining Qashqadaryo tomonlarga ketishiga sabab bo‘ldi.
Kofrun dostonchilik maktabining vakillaridan Ismoil baxshi To‘ra o‘g‘li (1966) va Ulash baxshi G‘oziyevlarning (1962) vafot etishi bilan ushbu dostonchilik maktabi faoliyati tugagan. Kofrunlik baxshilar ijrosidagi rivoyatlar, ayrim termalar, dostonlardan parchalargina yozib olinishiga muvofiq bo‘lingan.
Narpay dostonchilik maktabi o‘zining repertuar birligi, ustoz-shogird an’analari hamda ijro usullari bilan boshqa dostonchilik maktablarining baxshilaridan ajralib turgan dostonchilik maktabi bo‘lgan.
Narpay dostonchilik maktabi Ernazar shoir, Rajab shoir, To‘xtamish, Abduxoliq, Islom shoir Nazar o‘g‘li, Nurmon Abduvoy o‘g‘li, Zohir Qo‘chqor o‘g‘li, Ziyodulla baxshi Islomov kabi bir qator taniqli baxshilarni o‘zida birlashtirgan.
Bu maktab vakillari asosan Narpay, Kattaqo‘rg‘on, Jom, Kogon, Muborak, Qarshi kabi hududlarda mashhur bo‘lganlar. Ulardan "Orzigul", "Sohibqiron", "Erali va Sherali", "Kuntug‘mish", "Tohir va Zuhra", "Alpomish", "Hasanxon", "Zulfizar bilan Avazxon", "Gulixiromon", "Xirmondali" kabi dostonlar yozib olingan. Ularning aksariyati bugungi kunda nashr etilgan. An’anaviy repertuarning chuqur xalqchilligi va zamonaviyligi Narpay dostonchilik maktabining o‘ziga xos xususiyatlaridan hisoblanadi.
Bu maktab vakillari xalq dostonlarining demokratik asoslarini yanada kengaytirishgan. Shunga ko‘ra, Narpay dostonchilik maktabi vakillaridan yozib olingan dostonlarda Oyto‘ra, Xolor, Qing‘ir chol, Dono cho‘pon, Hamro bog‘bon, Usta Olim, Umar, Qulmaloyik kabi keng mehnatkashlar ommasining turli tabaqalariga oid xilma-xil obrazlar yaratilgan. Boshqa maktablarning vakillarida bu xil obrazlar (Kayqubod, Janjalkal, kambag‘al chol o‘tinchi va boshqalar) an’anaviyligi bilan ajralib turadi.
Chiroqchi dostonchilik maktabi dastlabki manbalarda tadqiqotchilar Abdulla shoirni Shahrisabz (hozirgi Kitob) tumanidan bo‘lganligi uchun Shahrisabz dostonchilik maktabi deyishgan. Ammo so‘ngi izlanishlar natijasida Abdulla shoirning Chiroqchilik Rajab baxshining shogirdi ekanini va Shahrisabz o‘rniga Chiroqchi dostonchilik maktabi deb atash maqsadga muvofiq ekanligi ilmiy asoslangan.
XX asr boshlarigacha o‘zbek dostonchiligida mavjud bo‘lgan o‘ziga xos ijrochilik yo‘lidir. Bu maktabning ayrim xususiyatlari ulkan Xalq baxshisi Abdulla Nurali o‘g‘li ijodi va repertuarida saqlanib qolgan. Chiroqchi dostonchilik maktabiga mansub baxshilar dostonlarni sho‘x va quvnoq ko‘taringki ruhda kuylashlari, kuylarning yoqimliligi bilan ajralib turishgan.
Abdulla shoir XIX asrning Shahrisabzlik mashxur dostonchilari Xidir shoir, Ernazar shoirlar bilan bog‘liq bo‘lgan Rajab shoirning shogirdidir. Abdulla shoir ijrosi folklorshunoslar tomonidan kuzatilgan bo‘lsa-da, uning repertuaridagi ko‘p doston deyarli yozib olinmagan. Shoirdan umrining so‘nggi yillarida og‘ir xastalik payti yozib olingan “Alpomish” dostoni u kuylab kelgan variant xususiyatlarini o‘zida mukammal saqlay olmagan. Biroq uning boshqa baxshilardan farq qiluvchi ijro usullari Chiroqchi dostonchilik maktabi haqida muayan tasavvur bera oladi.
Sherobod baxshichilik maktabi vakillari “Go‘ro‘g‘li”, “Alpomish”, “Rustamxon”, turkumidagi dostonlarni kuylash bilan birga, o‘zlarining repertuaridagina xos epos namunalari ko‘p bo‘lgan. Bu maktab vakillari respublikaning boshqa hududlaridagi baxshilardan do‘mbirani ko‘p va xilma-xil ohanglarda ijro etishi, “Hasanxon” turkumi kam kuylagani holda “Avazxon”va “Nurali” turkumi dostonlarini alohida mehr bilan aytish jihatidan ham ajralib turgan. Go‘ro‘g‘lining nevarasi Nurali haqida 20 tadan ortiq doston fikrimizni asoslaydi.
Shuningdek, respublikada hech qaysi maktabning hududiy doirasi Sherobod dostonchilik maktabichalik keng emas.
“Bu maktab vakillari butun Surxondaryo viloyati, Qashqadaryoning Dehqonobod, Qamashi, Ko‘kdala, Chiroqchi tumanlarini, Tojikiston, Turkmaniston respublikalarining o‘zbeklar yashaydigan hududlarini egallagan”, — dedi Kamolbek Ramazonov.
Sherobod baxshilari kuylagan dostonlarda qadimiy asoslar, xalqning etnik urf-odatlari saqlangani ko‘zga tashlanishi bilan birga tarixiy mavzularga ham keng o‘rin berilgan ko‘rinadi.
Qodir baxshidan “Oychinor”, “Sohibqironning tug‘ulishi”, Qahhor baxshi Qodir o‘g‘lidan “Ahmad Yasavviy yoxud Gavhari Xushtor”, “Samarqand tarovati (yoxud “Navoiy Samarqandda”) “Temur va Boyazid”, “Qodir baxshi haqida doston”, “Turkman dahosi” (yoxud Maxtumquli) Chori Umirovdan “Amur Temurning yoshligi”, “Sohibqiron” dostonlarining yozib olinishi yuqoridagi fikrni asoslaydi.
Sherobod dostonchilik maktabining asoschisi sifatida tan olingan Sherna nomi bilan mashhur Shernazar Berdinazar, o‘g‘li (1855-1915) ning otasi Berdinazar, bobosi Aliboylar ham mashhur yuzboshi bo‘lishgan. Rivoyatlarda aytishlaricha to‘rt yoshdan termalar kuylagan Shernani odatga ko‘ra oilada emas, ustoz qo‘lida tarbiyalash uchun Qosimxo‘r yuz boshiga shogirdlikka berishgan.
Shernaning shogirdlari ko‘p bo‘lgan bo‘lsada bugungi Sherabod dostonchiligiga mansub baxshilar asosan uning shogirdi va jiyani Mardonaqul Avliyoqul o‘g‘li va Umir shoir Safarovning nabirasi Rasul Umirovga borib taqaladi. Mardonaqul baxshi Shernaning oilaviy shajarasiga mansubdir.
Shuningdek, Avliyoqul yuzboshi Norboy yuzboshi, Bo‘riboy Axmedov-Qodir Bo‘riyev, Yusuf Qori O‘taganov, Chorshanbi Rahmatullayev, Xushvaqt Mardonaqulov, Sayid Xushvaqtov, kabi 25 nafardan oshiq baxshilar Shernaning oilaviy dostonchilik shajarasi davomiyligini ko‘rsatadi.
Ushbu dalil baxshichilik san’ati ham naslda bo‘lgandagina suyak so‘rib so‘ngi avlodga o‘tishini ko‘rsatadi. Umir baxshi Safarov, uning farzandlari Qora, Suvon va Chori nevarasi Rasul Umirovlar ukasi Tangir baxshi shogirdlari Hayim shoir, Bozor Normatov, Qodir baxshi Rahimov va Qodir baxshining o‘g‘illari Qahhor, Abdumurod, Bahrom, Boboraim baxshi va uning o‘g‘li Ravshan baxshi shuningdek Abdunazar Poyonov, Shoberdi Boltayev, Maxmatmurod Rajabov singari Sherobod maktabiga mansub baxshilar hisoblanib, bugungi kunda ushbu maktabning umrboqiyligini ta’minlash maqsadida ko‘plab shogirdlar tayyorlab kelishmoqda.
Xorazm dostonchilik maktabi asosan uch manzilda tashkil topgan bo‘lib, ushbu markazlarni do‘kon deb atashgan.
Xorazm dostonchilik do‘konlari (Markaz) 3 qismdan iborat:
1-Markaz Xozarasp vakillari Xo‘jayoz baxshi, Amin baxshi, Murod baxshi, Eshniyoz baxshi. Markaz Xozarasp (yuqori do‘kon) Turkmaniston Libab viloyati, Darg‘on ota, Pinak dostonchilik maktablarini o‘z ichiga oladi.
2-Markaz Xiva (do‘kon) Eshboy baxshi, Matniyoz baxshi (G‘aribniyoz) Nurmamat baxshi (cho‘liq) Avaz bola, Nurillo chig‘atoy, Ernafas baxshi, Matoqib qori Hasan baxshi, Sayid baxshi, Bekjon baxshi, Usmon baxshi (Bola baxshining bobosi) Buva baxshi, Jumanazar baxshi, Abduraim baxshi, Bola baxshi va uning bolalari. Markazi Xiva (o‘rta do‘kon) Xiva, Xonqa, Yangiariq, Urganch, Qo‘shko‘pir, Shovot dostonchilik maktablarini o‘z ichiga oladi.
3-Markaz Mang‘it shahri (Oshoq do‘kon) vakillari Rizo baxshi, Ernazar baxshi, Suyav baxshi, Otajon baxshilar va Gurlan, Toshovuz, Xo‘jayli, Ko‘hna Urganch dostonchilik maktablarini o‘z ichiga oladi.
Xorazmning XIX asrdagi faol baxshichilik maktabi Toshhovuz bo‘lib, o‘z atrofida ko‘plab o‘zbek qoraqalpoq turkman baxshilarini jipslashtirgan va unga iste’dodli turkman, baxshisi Suyav boshchilik qilgan. Suyav baxshi o‘zbek G‘aribniyoz baxshining shogirdi bo‘lgan. Bu davrda Eshboy, Otash, Nurjon, Niyozmat, Abdurahim, Muso, Otaniyoz, Otajon, Rizo, Erniyoz, Jumaniyoz baxshilar shuhrat qozonishgan. Vohada Jumanazar va Xo‘jayoz baxshilardan keyin shajarani Bola baxshi (Abdunazar Abdullayev) davom ettirgan. Uning bilan birga Xudaybergan, Matnazar, Hayitboy, Jumaboy, Qodir, Abdi, Ahmad, Mahmud baxshilar faoliyat ko‘rsatishgan. Hozirda esa Tursun baxshi, Yo‘ldosh baxshi, Qalandar baxshi va Bola baxshining farzandlari Matoqub, Norbek Yetmishboylar Xorazm baxshichilik an’analarini davom ettirib kelmoqda.
Xorazm baxshilari kuylaydigan dostonlar “Oshiq” va “Go‘ro‘g‘li, “Oshiq G‘arib va Shohsanam”, “Oshiq Mahmud”, “Oshiq Oydin”, “Oshiq Alvand”, “Sayodxon va Hamro”, “Hurliqo va Hamro”, “Tohir va Zuhra”, “Qumri”, “Shahriyor”, “Layli va Majnun”, “Yusuf bilan Ahmad”, “Durapsho”, “To‘limbiy”, “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi”, “Bozirgon”, “Arab Rayxon”, “Avazxon”, “Xirmon Dalli”, “Gulruhpari” kabilardan iborat.
Ushbu dostonlar baxshilar va dostonchi ansamblli xalfalar repertuari orqali og‘zaki tarzda hamda yakka xalfalar va qissaxonlar repertuari orqali kitobiy matn o‘qib yoki yodaki aytilgan tarzida xalq orasida targ‘ib qilib kelinmoqda.
“Xorazm dostonlarini baxshi garmon yoxud rubob yoki tor jo‘rligida kuylaydi. Uning yonida albatta bo‘lamonchi yoki g‘ijjakchi va doirachi bo‘lishi lozim. Xorazm dostonchiligida har bir dostonni kuylash vaqti ikki-ikki yarim soatdan to‘rt-besh soatgacha davom etish mumkun”, — deya qo‘shimcha qildi Ramazonov.
O‘zbekistondagi xalfachilik san’ati Xorazmda mavjud bo‘lib, uni savodxon, gapga chechan, ayni vaqtda xonandalik qobilyatiga ega bo‘lgan ayollar ijro qilgan. Diniy va dunyoviy kitoblar, shu turdagi kitoblardan parchalar va dostonlarni o‘qib, kuylab kelgan ayollarni xalfa deyishgan. Bugungi kunda xalfachilik san’ati o‘z maktabiga ega bo‘lib, ko‘pgina yosh qizlar ushbu san’at bilan shug‘ullanib, samarali ijod qilib kelishmoqda.
Qoraqolpog‘iston musiqa madaniyati uzoq tarixga ega bo‘lib, hozirgi kunda boy musiqiy folklor, og‘zaki an’anadagi professional namunalariga egadir. Musiqiy folklor shakllar asosini baxshi qo‘shiqlar tashkil etadi.
Xalq marosimlari bilan bog‘liq bir qancha janrlar, ya’ni baxshilar tomonidan aytib kelinayotgan mavsum marosim qo‘shiqlardan “Aydar-aydar” shamolni chaqirish, diniy marosim “Yaramazan”, oilaviy marosim qo‘shiqlardan “Yar-yar”, “Heujar”, “O‘len”, “Sinsiu”, “Joqlau” va boshqalar o‘z eng qadimgi qatlamini tashkil etadi.
Badiiy mazmuniga ko‘ra xalq baxshilarini qo‘shiqlari ishqiy-lirik, tarixiy, marosim, ayollar (qizlar), bolalar qo‘shiqlaridan iborat. Ularning aksariyati diatonik ladlarga asoslanib, ohanglari melizmatik bezaklarga boy, kuychanlik xususiyatlarga ega.
“Qoraqalpoqlarda islomdan oldingi madaniyat hisoblanuvchi ruhlarni chaqirish, ular yordamida bemorlarni davolash uchun porxan (parixon) lar tomonidan ijro etilgan “Badik”, “Gulapsan” singari aytimlar ham saqlanib qolgan. Folklor musiqasida ayollar (qizlar) ning chang, qo‘biz musiqasi yigit-qizlarning teatrlashgan o‘yin-qo‘shiqlari, laparlari (“Yag‘li baxar”) mavjud”, — deydi Ramazonov.
Qoraqalpoqlarning og‘zaki an’anadagi professional musiqasining markaziy qismini doston musiqasi egallaydi. Qoraqalpoq doston ijrochilari 3 turga bo‘linadi: jirovlar, baxshilar va qissaxonlar-u ularning har biri o‘ziga xos ma’lum ijtimoiy-siyosiy sharoitda yuzaga kelgan. Shuningdek, ular bir-biridan repertuaridagi dostonlar mazmuni, ijro uslubi, dostonning maxsus aytimlari hamda musiqiy cholg‘u jo‘rnavozligi jihatidan farq qiladi.
Jirovlar faoliyati an’anaviy ijodining eng qadimgi qatlamiga mansub bo‘lib, qahramonlik dostonlarni (“Qoblan”, “Sharar”, “Yedige”, “Alpamis”, “Maspatsha”), tarixiy to‘lg‘ovlarni ichki ovozda qo‘biz jo‘rligida ijro etadi.
Qoraqalpoq dostonchilari orasida bu kasbning eng qadimgi namoyondalari, ya’ni jirovlar xozirgi kungacha o‘z ota-bobolari an’analarini davom ettirib kelishmoqda. Ular qahramonlik va bahodirlik dostonlarini asosan qo‘biz jo‘rligida kuylashgan. Jirovlar haqidagi ma’lumotlar kam bo‘lsada turli afsonalarda uchrab turadi. Masalan: Oltin O‘rda xonligi yemirilmasdan oldin paydo bo‘lgan Nugoylarning “Yedigey” dostonida Soppasli Sapira degan jirovning juda dono bo‘lganligi, qadimgi bahodirlar haqidagi dostonlarni qo‘biz jo‘rligida aytib urug‘ va elatlarni birlashishga chorlaganligi to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi. Shankay yoki Shanket jirov (1814-1884), Jiyamurat jirov (1836-1908), Nurabilla jirov (18621922), Yerpo‘lat jirov (1861-1938), Qurbanbay jirov (1876-1958), To‘ra jirov (1879-1944), Otaniyoz jirov (1883-1989), Ogiz jirov (1884-1954), Qiyos jirov (1903-1974) kabi jirovlar hayoti va ijodi Qoraqolpoq folklorshunoslari tomonidan keng o‘rganildi.
Qoraqalpoqlarda dutor chalib qo‘shiqlar ijro qiladigan, barcha turdagi (ishqiy-romantik, nasihat-didaktik, diniy-falsafiy) dostonlarni aytadiganlarga “baxsi” yoki “baxshi” deyiladi. Qoraqalpoq baxshilari jirovlarga qaraganda keyinroq paydo bo‘lgan. Qoraqalpoqlar O‘rta Osiyoga ko‘chib kelgandan keyin ayniqsa, Xorazm hududiga joylashgandan so‘ng baxshilik kasbi keng tarqalgan bo‘lib, bu kasb ularga O‘rta Osiyo xalqlaridan, xususan Orolli o‘zbeklardan va qo‘shni turkmanlardan o‘tgan.
Mashhur qoraqalpoq baxshilaridan Okmambet baxshi, Musa baxshi (1836-1907), Edenboy baxshi va boshqalar dostonchilik hunarini rivojlantirishgan. Ular ko‘hna Xorazm madaniyatini har taraflama o‘rganib undan ijodiy foydalanganlar. Natijada “Oshiq G‘arib va Shohsanam”, “Yusuf — Axmad”, “Go‘ro‘g‘li” kabi dostonlar qoraqalpoq baxshilarining asosiy repertuarini tashkil qilgan.
“Doston nomalarining ham ko‘pchiligi Orolli o‘zbeklardan o‘tgan bo‘lib, keyinchalik barcha o‘zbek, turkman va qoraqalpoq baxshilarining ustozi Suyav baxshining nomalari keng tarqalgan va uning an’analarini iqtidorli qoraqalpoq baxshilari davom ettirganlar”, — dedi Kamolbek Ramazonov.
Qissaxonlar ko‘pincha savodxon shaxslar bo‘lib, xalq yig‘inlarida doston qo‘lozmalarini o‘qib yoki yoddan aytib berishadi. Ular she’rlarni faqat o‘ziga xos, nutq intonatsiyasiga yaqin aytim kuy (nama)larga solib, musiqiy cholg‘u jo‘rligisiz ochiq ovozda ijro etishadi.
G‘ijjak (girjek) va bo‘lamondan tashqari chang, qo‘biz, qamish surnay va bolalar xushtagi (“iskirauik”) kiradi. O‘tmishda qoraqalpoqlarda chindovul, surnay, karnay, nog‘ora, dap (doira) kabi cholg‘ularning mavjudligi haqida qahramonlik dostonlarida ma’lumotlar saqlangan. Bulardan qo‘biz va dutor keng tarqalgan, ularda mohir sozandalar tomonidan qoraqalpoq mumtoz cholg‘u kuylari chalinadi. Ayniqsa, dutor kuylari orasida “Muxalles”, “Nalish” kabi turkumiy kuylar shaklan murakkab va ifoda vositalarining boyligi bilan ajralib turadi.
Qoraqalpoq xalq an’anaviy musiqa rivojlanishiga XX asrda Nurabullo jirov, Yerpo‘lat jirov, Ho‘qiz jirov, Jumaboy jirov, Qiyos baxshi Hayratdinov, Japaq baxshi Shomurotov, Yesjan baxshi Qospo‘latov, Kenjaboy baxshi Tilevmurotov, Qoraqalpog‘iston xalq artisti T. Qurbonov va boshqalar salmoqli hissa qo‘shishgan.
Qoraqalpoq mumtoz baxshichilik san’atining yirik namoyondasi shoir Jiyen Jirovning (Tog‘ay o‘g‘li 1730–1784 yil) faoliyati muhim ahamiyatga ega. O‘zining “Ulug‘ tog‘”, “Po‘sgan yel” dostonlarida qoraqalpoqlarning Xorazmga ko‘chib kelish tarixini kuylagan. Ajiniyazning ijodi XIX asrda ijod qilgan qoraqalpoq shoirlari orasida yetakchi o‘rinni egallaydi. Uning asarlari alohida to‘plamlar sifatida qoraqalpoq, o‘zbek, qozoq va rus tillarida chop etilgan.
Berdaq (Qarg‘aboy o‘g‘li 1827–1900 yil) shoirning baxshichilik yo‘nalishdagi lirik, satirik, didaktik she’rlari, tarixiy doston (“Aydos biy”, “Amongeldi”, “Ernazar biy”) lari diqqatga sazovor.
Shuningdek, Otesh Alshinbay o‘g‘li (1828–1902 yil), Qulmurot Qurbon o‘g‘li (1845–1926 yil), Qurbonboy Tojiboyev (1876–1958 yil), Omar Sugirimbet o‘g‘li va boshqa shoirlarning she’r, doston va turli asarlari qoraqalpoq adabiyoti tarixida munosib o‘rin egallaydi.
“Mashhur “Qirq qiz” dostonining mashhur kuylovchilaridan biri sifatida jirov Jiyen Tog‘ay o‘g‘li tan olinadi. Dostonda qoraqalpoq xalqining chet el bosqinchilariga (qalmoq xoni Surtaysho va Eron hukmroni Nodirshoh, umuman, qizilboshlilar) qarshi kurashi aks ettiriladi, janglarda Guloyim boshliq qirq qiz va Xorazm bahodiri Arslon cheksiz qahramonlik namunalarini namoyish etadilar”, — deydi u.
Sherna baxshi Beknazar o‘g‘li (1866-1920). Yangi davrning baxshichilik maktabi sifatida tilga olinayotgan Sherobod baxshichilik maktabiga ilk tamal toshini qo‘ygan insonlardan biri, shubhasiz, Sherna baxshi Beknazar o‘g‘lidir. Sherna baxshi o‘g‘li taxminiy 1866-yil Sherobod bekligiga qarashli Azon qishlog‘ida Beknazarboy oilasida tavallud topgan.
Ergash shoir Jumanbulbul o‘g‘li (1868-1937). Ergash Jumanbulbul o‘g‘li 1868-yilda hozirgi Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani Qo‘rg‘on qishlog‘ida oddiy dehqon oilasida tavallud topgan. U o‘zbek xalq shoiri, dostonchisi. Uning yetti ota-bobosigacha, shuningdek, amaki va momolari dostonchi-shoir o‘tgan.
Baxshi-shoir Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li (1872-1955 yil). Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li 1872-yilda Jizzax viloyati Baxmal tumani Loyqa qishlog‘ida tug‘ilgan. Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li o‘zbek xalq shoiri, baxshi, Yo‘ldosh Mulla Murod o‘g‘lining shogirdi, Bulung‘ur dostonchilik maktabining eng yirik va so‘nggi vakili. Dostonchilik san’atiga havasi erta uyg‘ongan bo‘lib yoshligidan do‘mbira chertishni, terma aytishni mashq qilgan.
Umir shoir Safar o‘g‘li (1894-1966). Janubiy O‘zbekiston dostonchiligining yashovchanligida, ya’ni bugungi kunda bizgacha yetib kelishida Umir shoir Safar o‘g‘lining alohida o‘rni, xizmati bor. U Sherobod dostonchilik maktabining yirik vakilidir. Shuning uchun ham u ellik yildan ortiq muddat mobaynida Qashqa va Surxon vohalarida birday ardoqlanib kelinmoqda.
Qurbonnazar Abdullayev (Bola Baxshi 1899-1994). Xorazm baxshichilik maktabining vakillaridan biri bo‘lgan taniqli Xivalik baxshi Qurbonnazar (Abdullayev Bola baxshi) 1899-yilda tavallud topgan. Bola baxshining ajdodlari o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan atoqli baxshi va go‘yandalari bo‘lishgan. Bola baxshi o‘n yoshidan qo‘lida sozi bilan elga xizmat qildi. Uning bobolaridan qolgan eski lisonda yozilgan doston kitoblarini o‘rganib, xat savodi chiqqan. O‘sha yillari Xivada Yodgor bo‘lamonchi va Jumanazar baxshilar nom qozongan mashhur baxshilar yashagan. Otasi Qurbonnazardagi iqtidorni payqab, ularga shogirdlikka beradi. Yosh Qurbonnazar bu ikki baxshidan dutor chalishni, baxshi termalarini o‘rganadi.
Rahmatulla Yusuf o‘g‘li (1917-1987). “Qo‘rg‘on” dostonchilik maktabining taniqli vakili qissaxon-baxshi Rahmatullo Yusuf o‘g‘li 1917-yilda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanidagi Qorakisa qishlog‘ida tug‘ilgan. Yoshligidanoq xalq ijodiyotiga ixlosi juda baland bo‘lgani bois atoqli dostonchi Ergash Jumanbulbul o‘g‘liga shogird tushib, undan doston kuylash yo‘llarini o‘rgangan hamda el orasida iqtidorli qissaxon-baxshi sifatida tanilgan.
Islom shoir Nazar o‘g‘li (1874-1953). Narpay dostonchilik maktabining yirik vakili hisoblangan atoqli baxshi Islom shoir Nazar o‘g‘li 1874-yilda Samarqand viloyatining Narpay tumanida tug‘ilgan. Uning xalq dostonchiligiga ixlosi juda baland bo‘lgan.
Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li (1878-1956). Nurota dostonchilik tarixida munosib o‘rin egallagan xalq baxshisi Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li 1878-yilda hozirgi Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi Qo‘tir qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbeklarning qarluq urug‘iga mansub bo‘lgan baxshi doston aytishni o‘zining ustozi, Nurota tumanining Mozor qishlog‘ida yashab o‘tgan Qurbon jirovdan o‘rgangan. O‘tgan asrning 30-yillarida vafot etgan bu baxshi XIX asr qoraqalpoq dostonchiligining atoqli namoyondalaridan biri Changqo‘t jirovning shogirdi bo‘lgan.
Muhammadqul Jonmurod o‘g‘li Po‘lkan (1874-1941). Atoqli o‘zbek xalq baxshilaridan biri Muhammadqul Jonmurod o‘g‘li Po‘lkan 1874-yilda Navoiy viloyatining Xatirchi tumani Qatag‘on qishlog‘ida tug‘ilgan. U Qo‘rg‘on dostonchilik maktabining epek an’analarini davom ettirish va rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan benazir so‘z ustasi hisoblanadi.
Mardonaqul Avliyoqul o‘g‘li (1890-1965). Mardonaqul baxshi 1890-yil Sherobod tumani Azon qishlog‘ida tug‘ilgan. Mardonaqul baxshi doston aytishdagi badihago‘ylik, qahramonlar tasviri, voqealar rivoji, qo‘shiqni do‘mbira kuyiga moslashtirish yoki termalar aytishdagi inson bilan tabiat o‘rtasidagi tafovutni uyg‘unlashtirish, odamlarning fe’l-atvorini o‘ziga xos ravishda bayon etish singari omilarni o‘rgangan.
Qodir baxshi Raximov (1937-1986). Qodir baxshi Raximov 1937-yil 16-aprelda Dehqonobod tumanidagi Xo‘jamahmud qishlog‘ida tavallud topgan. Qodir baxshi o‘z davrining zabardast, otashnafas baxshilaridan biri bo‘lib, Sherobod dostonchilik maktabining davomchilaridan bo‘lgan. U Umir baxshi Safar o‘g‘li hamda Rajab baxshi Normurod o‘g‘liga shogirdlikka tushib, baxshichilik sirlarini o‘rgandi.
Xalq e’tirof etgan baxshilar:
1.
Shoberdi baxshi Boltayev. Shoberdi baxshi Boltayev 1944-yil Surxondaryo viloyati Boysun tumanining Munchoq qishlog‘ida tavallud topgan.
2.
Tog‘ayev Shomurod Tog‘ayevich (1932-2020). Tog‘ayev Shomurod Tog‘ayevich 1932-yil 2-martda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Torjilg‘a Arabbandi qishlog‘ida tug‘ilgan.
3.
Abdulla Qurbonnazarov (Norbek baxshi). Abdulla (Norbek baxshi) Qurbonnazarov 1949-yil 19-fevralda Xorazm viloyatining Xiva shahrida baxshilar oilasida tug‘ilgan. U san’atkorlik sirlarini otasi Qurbannazar (Bola baxshi) Abdullayevdan yana Komiljon Otaniyozovdan o‘rgangan.
4.
Jumabay jirov Bazarov (1927-2006). Jumabay jirov Bazarov 1927-yil 22-oktabrda Turkmaniston Respublikasi Kunya-Urganch shahrida tug‘ilgan. 1960-yildan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sho‘manay tumanida istiqomat qilgan.
5.
Qaxxor baxshi Raximov. Qaxxor baxshi Raximov 1957-yilning 2-fevralida Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Xo‘jamahmud qishlog‘ida baxshilar oilasida tug‘ilgan. Otasi Abdi (Qodir) baxshi Rahimov o‘z davrining taniqli baxshisi bo‘lgan.
6.
Ro‘zimboy (Qalandar) baxshi Narmetov. Xorazm baxshichilik, dostonchilik maktabining yirik namoyondalaridan biri bo‘lgan Ro‘zimboy (Qalandar) baxshi Narmetov 1951-yil 15-iyunda Xorazm viloyati, Xiva tumanida tavallud topgan. U 1990-yil Toshkent davlat madaniyat institutida o‘qigan.
7.
Abdinazar baxshi Poyanov (1954-2022). Abdinazar baxshi Poyanov 1954-yil 20-mayda Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi Xomkon qishlog‘ida tug‘ilgan. U Sherobod dostonchilik maktabining zabardas vakillaridan biri. Abdinazar Poyanov 1970-1975 yillar Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutida o‘qigan.
8.
Ziyodulla baxshi Islomov (1947-2017). Ziyodulla baxshi Islomov 1947-yilda Samarqand viloyati Narpay tumanidagi Oqtosh shahrida mashhur shoir, elimizning suyukli farzandi, O‘zbekiston xalq shoiri Islom shoir Nazar o‘g‘lining xonadonida do‘nyoga keladi.
9.
Boboraim baxshi Mamatmurodov (1936-2013). Boboraim baxshi Mamatmurodov 1936-yilda hozirgi Uzun tumanining Tomchi qishlog‘ida tavallud topgan. Baxshichilik san’ati Boboraim baxshiga avloddan meros bo‘lib uning bobosi Normurod baxshi do‘mbira kuylarining mohir ijrochisi, otasi Mamatmurod chertag‘on, amakilari Mamatqul chopag‘on va Abdurahmon polvon bo‘lishgan.
10.
Qora baxshi Umirov (1934-2021). Qora baxshi Umirov 1934-yil 15-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Yetimquduq qishlog‘ida, baxshi shoir oilasida dunyoga kelgan.
11.
Abdimurod baxshi Rahimov. Abdimurod baxshi Rahimov 1967-yil 21-noyabrda Dehqonobod tumanidagi Xo‘jamahmud qishlog‘ida tug‘ilgan. U terma va dostonlarni mahorat bilan kuylash sirlarini ilk bor otasi Qodir baxshidan, keyinchalik akasi Qaxxor baxshidan batafsil o‘rgandi.
12.
Xushboq baxshi Mardonaqul o‘g‘li. Xushboq baxshi Mardonaqul o‘g‘li 1940-yil 25-dekabrda Sherobod tumanidagi Azon qishlog‘ida baxshi-shoir Mardonaqul Avliyoqul o‘g‘li xonadonida dunyoga keldi.
13.
Maxmatmurot baxshi Radjabov. Maxmatmurot baxshi Radjabov 1971-yil 12-dekabrda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani To‘dachorbog‘ qishlog‘ida tug‘ilgan.
14.
Ochil baxshi Chorshanbiyev.Ochil baxshi Chorshanbiyev 1969-yil 12-fevralda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanidagi Omonota qishlog‘ida chorvadorlar oilasida tug‘ilgan.
15.
Rasul baxshi Umirov.Rasul baxshi Umirov 1960-yil 5-dekabrda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Yetimquduq qishlog‘ida baxshi-shoir oilasida tavallud topgan.
16.
Shodmon baxshi Xo‘jamberdiyev.Shodmon baxshi Xo‘jamberdiyev 1967-yil 6-fevralda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tavallud topgan.
17.
Chori baxshi Umirov. Chori baxshi Umirov 1938-yil 28-fevral kunida Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumaniga qarashli Yetimqo‘duq qishlog‘ida baxshi shoir oilasida dunyoga kelgan.
18.
Baxshiqul baxshi Tog‘ayev. Baxshiqul baxshi Tog‘ayev 1960-yil 25-avgustda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tug‘ilgan.
19.
Boyg‘uchqor baxshi Axmedov. Boyg‘uchqor baxshi Axmedov 1974-yil 6-martda Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanida tug‘ilgan.
20.
Ismoil baxshi Anvarov.Ismoil baxshi Anvarov 1970-yil 3-mart kuni Surxondaryo viloyati, Boysun tumanida tavallud topgan. Ismoil baxshi Anvarov yoshligidan baxshichilik san’atiga mehr qo‘ydi.