https://oz.sputniknews.uz/20250430/senat-elektron-sigaret-taqiq-qonun-49109325.html
Senat elektron sigaretalarni taqiqlovchi qonunni ma’qulladi
Senat elektron sigaretalarni taqiqlovchi qonunni ma’qulladi
Sputnik O‘zbekiston
Senatning navbatdagi yalpi majlisida elektron sigaretalar muomalasini taqiqlovchi qonun qabul qilindi, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati.
2025-04-30T13:51+0500
2025-04-30T13:51+0500
2025-04-30T13:51+0500
jamiyat
o‘zbekiston
o‘zbekiston oliy majlisi senati
elektron sigareta
qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/0e/41560493_0:380:2913:2019_1920x0_80_0_0_b407695736c6b4a5b00d35bcb8c5b7af.jpg
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. O‘zbekiston Senatining navbatdagi yalpi majlisida elektron sigaretalar muomalasini taqiqlovchi qonun qabul qilindi, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati. Majlisda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ba’zi turdagi tamaki mahsulotlarining, tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarining muomalasiga doir talablarni yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Aytilishicha, so‘nggi yillarda elektron sigaretalarni qonunga xilof ravishda O‘zbekistonga olib kirish hamda muomalaga kiritish hollari ko‘paymoqda. Qayd etilishicha, hujjat faqat aybdor shaxslarni jazolashga qaratilmagan. Balki sodir etgan noqonuniy harakatlari to‘g‘risida o‘z ixtiyori bilan hokimiyat organlariga arz qilgan va muomalasi taqiqlangan mahsulotlarni topshirgan shaxslarni javobgarlikdan ozod qilishni nazarda tutadi. Senatorlarning aytishicha, qonun aholining hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilishga, millat genofondini saqlashga hamda atrof muhitni tamaki va nikotin mahsulotlarining yangi turlaridan muhofaza qilishga xizmat qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250106/elektron-sigaret-ozbekiston-javobgarlik-47463237.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/0e/41560493_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_27217abdefa2c2f431921e8620d15f4c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
senat yalpi majlis elektron sigaretalar taqiq
senat yalpi majlis elektron sigaretalar taqiq
Senat elektron sigaretalarni taqiqlovchi qonunni ma’qulladi
Hujjat faqat aybdor shaxslarni jazolashga qaratilmagan, balki o‘z ixtiyori bilan mahsulotlarni topshirgan shaxslarni javobgarlikdan ozod qilishni nazarda tutadi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. O‘zbekiston Senatining navbatdagi yalpi majlisida elektron sigaretalar muomalasini taqiqlovchi qonun qabul qilindi, deya xabar berdi yuqori palata
matbuot xizmati. Majlisda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ba’zi turdagi tamaki mahsulotlarining, tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarining muomalasiga doir talablarni yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
Aytilishicha, so‘nggi yillarda elektron sigaretalarni qonunga xilof ravishda O‘zbekistonga olib kirish hamda muomalaga kiritish hollari ko‘paymoqda.
“Qonun bilan Jinoyat kodeksiga va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlarini, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlarini, shu jumladan elektron sigaretalarni va ular uchun suyuqliklarni ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek olib kirish va olib chiqish uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, hujjat faqat aybdor shaxslarni jazolashga qaratilmagan. Balki sodir etgan noqonuniy harakatlari to‘g‘risida o‘z ixtiyori bilan hokimiyat organlariga arz qilgan va muomalasi taqiqlangan mahsulotlarni topshirgan shaxslarni javobgarlikdan ozod qilishni nazarda tutadi.
Senatorlarning aytishicha, qonun aholining hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilishga, millat genofondini saqlashga hamda atrof muhitni tamaki va nikotin mahsulotlarining yangi turlaridan muhofaza qilishga xizmat qiladi.