Elektron sigaretalarni O‘zbekistonga olib kirganlar javobgarlikka tortilishi mumkin

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovElektronnaya sigareta
Elektronnaya sigareta  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.01.2025
Obuna bo‘lish
Ushbu mahsulotlarni aholi, ayniqsa, yoshlar orasida iste’mol qilish holatlari ko‘paydi.
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Elektron sigaretalarni O‘zbekistonga olib kirganlar javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu haqda O‘zLiDeP matubot xizmati ma’lum qildi.
Pratiya fraksiyasi a’zolari ayrim turdagi tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining, shu jumladan, elektron sigaretalarning muomalasini taqiqlash hamda javobgarlik belgilashga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda atroflicha ko‘rib chiqishmoqda.
Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda nikotinni yetkazib berish moslamalari, elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklar hamda qizdiriladigan tamaki mahsulotlarining O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilishi va aylanmasi ortmoqda.
Bundan tashqari, ushbu mahsulotlarni aholi, ayniqsa, yoshlar orasida iste’mol qilish holatlari ko‘paydi.
“Ushbu qonun loyihasi bilan respublika hududida ayrim turdagi tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining, shu jumladan, elektron sigaretalarni ishlab chiqarish, tayyorlash, o‘tkazish maqsadida ularni saqlash, tashish yoki o‘tkazish taqiqlanmoqda”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, O‘zbekistonga olib kirish yoki olib chiqishga nisbatan ta’sirchan chora sifatida ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanishini nazarda tutilmoqda.
Uchastnik na spetsializirovannoy vistavke vape-industrii, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2021
O‘zbekistonda elektron sigaretani taqiqlash taklif qilinmoqda
Yangiliklar lentasi
0