https://oz.sputniknews.uz/20250430/samarqand-muftiy-islom-ulamo-anjuman-49113031.html
Samarqandda turli mamlakatlarning nufuzli muftiylari va islom ulamolari yig‘ildi
Samarqandda turli mamlakatlarning nufuzli muftiylari va islom ulamolari yig‘ildi
Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda Imom Moturidiy ilmiy merosi va ta’limotini o‘rganishni yangi bosqichga olib chiqish imkonini beruvchi deklaratsiya qabul qilinadi. 30.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-30T15:10+0500
2025-04-30T15:10+0500
2025-04-30T15:10+0500
jamiyat
o‘zbekiston
samarqand
anjuman
islom dini
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/1e/49113182_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_ab4a918912c449dfdb3c9416ae69879b.jpg
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Samarqandda “Moturidiylik – bag‘rikenglik, mo‘’tadillik va ma’rifat ta’limoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri. Tadbirda Misr, Turkiya, Malayziya, Indoneziya, BAA, Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Qatar, Pokiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi 20 tadan ortiq davlatdan 70 nafardan ziyod muftiy, nufuzli islomshunos olimlar, davlat va jamoat arboblari, moturidiyshunos tadqiqotchilar, tarixshunos mutaxassislar va diniy-ma’rifiy soha vakillari ishtirok etmoqda. Prezident maslahatchisi Ruslanbek Davletov O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevning xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Anjumanda Imom Moturidiyning ilmiy merosi, moturidiylik ta’limotining mohiyati va shu kabi muhim masalalar muhokama qilinmoqda. Konferensiya yakunida Imom Moturidiy ilmiy merosi va ta’limotini o‘rganishni yangi bosqichga olib chiqish imkonini beruvchi yakuniy deklaratsiya qabul qilinishi rejalashtirilgan. Ma’lumot uchun, Imom Moturidiy Samarqand yaqinida joylashgan Moturid qishlog‘ida tug‘ilib, shu yerda istiqomat qilgani uchun unga “al-Moturidiy” nisbasi berilgan. Imom Abu Mansur Moturidiy butun hayotini islomiy aqidani himoya qilish va ma’rifatini yoyishga bag‘ishlagan.
https://oz.sputniknews.uz/20250315/imom-moturidiy-tavalludining-1155-yilligi-48417660.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/1e/49113182_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_240abf3d7730ff758d76a12fe6e5cf65.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, samarqand, anjuman, islom dini
jamiyat, o‘zbekiston, samarqand, anjuman, islom dini
Samarqandda turli mamlakatlarning nufuzli muftiylari va islom ulamolari yig‘ildi
Eksklyuziv
Samarqandda Imom Moturidiy ilmiy merosi va ta’limotini o‘rganishni yangi bosqichga olib chiqish imkonini beruvchi deklaratsiya qabul qilinadi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Samarqandda “Moturidiylik – bag‘rikenglik, mo‘’tadillik va ma’rifat ta’limoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar berdi
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Tadbirda Misr, Turkiya, Malayziya, Indoneziya, BAA, Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Qatar, Pokiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi 20 tadan ortiq davlatdan 70 nafardan ziyod muftiy, nufuzli islomshunos olimlar, davlat va jamoat arboblari, moturidiyshunos tadqiqotchilar, tarixshunos mutaxassislar va diniy-ma’rifiy soha vakillari ishtirok etmoqda.
Prezident maslahatchisi Ruslanbek Davletov O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevning xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
"Buyuk vatandoshimiz asos solgan moturidiylik maktabi va ta’limoti esa e’tiqod borasida asrlar davomida bag‘rikenglik, mo‘’tadillik va ma’rifat timsoli bo‘lib kelayotgani tahsinga sazovordir", — deyiladi tabrik matnida.
Anjumanda Imom Moturidiyning ilmiy merosi, moturidiylik ta’limotining mohiyati va shu kabi muhim masalalar muhokama qilinmoqda.
Konferensiya yakunida Imom Moturidiy ilmiy merosi va ta’limotini o‘rganishni yangi bosqichga olib chiqish imkonini beruvchi yakuniy deklaratsiya qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Imom Moturidiy Samarqand yaqinida joylashgan Moturid qishlog‘ida tug‘ilib, shu yerda istiqomat qilgani uchun unga “al-Moturidiy” nisbasi berilgan. Imom Abu Mansur Moturidiy butun hayotini islomiy aqidani himoya qilish va ma’rifatini yoyishga bag‘ishlagan.