Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s predlojeniyami po povisheniyu energoeffektivnosti v otraslyax ekonomiki

Obuna bo‘lish
Imom Moturidiyning serqirra hayot yo‘li va ilmiy merosining bugungi kundagi ahamiyatini ochib beradigan badiiy-publitsistik film yaratiladi.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘zbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qaror Imom Abu Mansur Moturidiyning ibratli hayot yo‘li va boy ilmiy-ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganishni rag‘batlantirish, moturidiylik ta’limotiga xos bag‘rikenglik va mo‘’tadillik tamoyillarini keng targ‘ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida qabul qilindi.
Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlanadi.
Tashkiliy qo‘mita ikki hafta muddatda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligini allomaning islom olamidagi obro‘-e’tibori va nufuziga munosib tarzda yuqori saviyada nishonlash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutadigan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlaydi:
2025 yil aprel oyida Samarqand shahrida “Moturidiylik – bag‘rikenglik, mo‘’tadillik va ma’rifat ta’limoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazish;
xorijlik tadqiqotchilar o‘rtasida moturidiylik ta’limoti bo‘yicha ilmiy tanlov o‘tkazish, g‘oliblar ishtirokida O‘zbekistonda madaniy-ma’rifiy uchrashuv va seminar-treninglar tashkil etish;
Imom Moturidiyning “Ta’vilot al-Qur’on” va “Kitob at-tavhid” asarlari va moturidiylik ta’limotiga oid manbalarning o‘zbek va xorijiy tillardagi ilmiy-izohli akademik tarjimalarini nashr etish;
Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligiga bag‘ishlangan esdalik suvenirlarini muomalaga chiqarish hamda pochta markalari, taqvimlar, buyuk mutafakkirning hayoti va ilmiy merosini yoritib beradigan boshqa ko‘rgazmali axborot vositalari turkumini yaratish;
Imom Moturidiyning serqirra hayot yo‘li va ilmiy merosining bugungi kundagi ahamiyatini ochib beradigan badiiy-publitsistik film yaratish;
Samarqand viloyatida Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limoti yo‘nalishida faoliyat olib borgan allomalarning hayoti, ilmiy va ijodiy merosiga bag‘ishlangan asarlarning nodir qo‘lozma va nashr nusxalari hamda kitoblari ko‘rgazmasini tashkil etish;
Samarqand shahridagi Abu Mansur Moturidiy majmuasini qayta ta’mirlash va obodonlashtirish.