https://oz.sputniknews.uz/20250430/mol-mulk-sotish-ijara-meros-kadastr-49105577.html
Mol-mulkni sotish, ijaraga berish, meros qoldirish osonlashadi — tafsilotlar
Mol-mulkni sotish, ijaraga berish, meros qoldirish osonlashadi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev kadastr tizimidagi rejalar bilan tanishdi. 30.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-30T12:05+0500
2025-04-30T12:05+0500
2025-04-30T12:05+0500
jamiyat
o‘zbekiston
kadastr
shavkat mirziyoyev
mol-mulk
ijara
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1f/37417962_0:159:3076:1889_1920x0_80_0_0_ef4a372530680656f857d6105c4ad921.jpg
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. O‘zbekistonda mol-mulkni sotish, ijaraga berish, meros qoldirish, garovga qo‘yish kabi jarayonlar osonlashadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan kadastr tizimidagi rejalarga oid taqdimotda ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati. Shavkat Mirziyoyev yer hisobini yuritish va kadastr xizmatini rivojlantirish bo‘yicha qilingan ishlar hamda kelgusidagi vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi. Mamlakatda ko‘chmas mulklarning haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona ma’lumotlar bazasi – UZKAD tizimi ishga tushirilgan. Hozirgacha 150 mingta turar va 707 mingta noturar joy, 44 mingta ko‘p qavatli uy haqidagi ma’lumotlar ushbu yangi tizimda aks ettirilgan. Ma’lum qilinishicha, bu yil 400 mingta yakka tartibdagi uy UZKAD tizimiga kiritiladi. Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining 5-martdagi farmoniga muvofiq, ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimi joriy etilmoqda. Buning uchun Kadastr agentligida Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi ochildi. Unga 40 milliard so‘m ajratilib, malakali mutaxassislar jalb qilindi va amaliy ishlar boshlab yuborildi. Sohada burokratiyani keskin kamaytirib, kadastr xizmatlari sifatini oshirish, tadbirkorlarga yengilliklar yaratish vazifasi qo‘yildi. Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 45 million gektarga yaqin yer maydoni bor. Raqamlashtirish joriy etilgani natijasida 42 million gektar yer, ya’ni jami maydonlarning 94 foizi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Transport, aloqa, geodeziya, energetika, yo‘l kabi 13 turdagi davlat kadastri bo‘yicha ma’lumotlar 100 foiz shakllandi. Yana 7 ta yo‘nalish bo‘yicha ishlar yakuniy bosqichda.
https://oz.sputniknews.uz/20250430/kochmas-mulk-ozbekiston-uy-49097550.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1f/37417962_304:0:3035:2048_1920x0_80_0_0_4f9e4e0a8db66a316d002a9aba2a27fc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, kadastr, shavkat mirziyoyev, mol-mulk, ijara
jamiyat, o‘zbekiston, kadastr, shavkat mirziyoyev, mol-mulk, ijara
Mol-mulkni sotish, ijaraga berish, meros qoldirish osonlashadi — tafsilotlar
Prezident Shavkat Mirziyoyev kadastr tizimidagi rejalar bilan tanishdi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. O‘zbekistonda mol-mulkni sotish, ijaraga berish, meros qoldirish, garovga qo‘yish kabi jarayonlar osonlashadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan kadastr tizimidagi rejalarga oid taqdimotda ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Shavkat Mirziyoyev yer hisobini yuritish va kadastr xizmatini rivojlantirish bo‘yicha qilingan ishlar hamda kelgusidagi vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.
Mamlakatda ko‘chmas mulklarning haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona ma’lumotlar bazasi – UZKAD tizimi ishga tushirilgan. Hozirgacha 150 mingta turar va 707 mingta noturar joy, 44 mingta ko‘p qavatli uy haqidagi ma’lumotlar ushbu yangi tizimda aks ettirilgan.
Ma’lum qilinishicha, bu yil 400 mingta yakka tartibdagi uy UZKAD tizimiga kiritiladi.
“Natijada mol-mulkni sotish, ijaraga berish, meros qoldirish, garovga qo‘yish kabi jarayonlar osonlashadi. Kelgusida 6 million 300 mingdan ziyod barcha yakka tartibdagi uylar ushbu tizimda aks ettiriladi”, — deyilgan xabarda.
Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining 5-martdagi farmoniga muvofiq, ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimi joriy etilmoqda. Buning uchun Kadastr agentligida Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi ochildi. Unga 40 milliard so‘m ajratilib, malakali mutaxassislar jalb qilindi va amaliy ishlar boshlab yuborildi.
“Ommaviy baholash bu yil Toshkent shahrida boshlanib, keyingi yillarda Nukus shahri va viloyatlar markazlarida hamda qolgan hududlarda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Sohada burokratiyani keskin kamaytirib, kadastr xizmatlari sifatini oshirish, tadbirkorlarga yengilliklar yaratish vazifasi qo‘yildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 45 million gektarga yaqin yer maydoni bor. Raqamlashtirish joriy etilgani natijasida 42 million gektar yer, ya’ni jami maydonlarning 94 foizi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Transport, aloqa, geodeziya, energetika, yo‘l kabi 13 turdagi davlat kadastri bo‘yicha ma’lumotlar 100 foiz shakllandi. Yana 7 ta yo‘nalish bo‘yicha ishlar yakuniy bosqichda.