https://oz.sputniknews.uz/20250430/kochmas-mulk-ozbekiston-uy-49097550.html
Ko‘chmas mulk bozori: O‘zbekistonda birlamchi va ikkilamchi uy-joylar arzonlashdi
Ko‘chmas mulk bozori: O‘zbekistonda birlamchi va ikkilamchi uy-joylar arzonlashdi
Sputnik O‘zbekiston
Mart oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida yuz bergan o‘zgarishlar tahlili e’lon qilindi. 30.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-30T08:41+0500
2025-04-30T08:41+0500
2025-04-30T08:41+0500
o‘zbekiston
ko‘chmas mulk
ijara
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/11/48454022_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_86a85a0f8f8f2df655d446c92b937307.jpg
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik ketma-ket ikkinchi oy pasayishda davom etmoqda. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar berdi.Qayd etilishicha, mart oyida ko‘chmas mulk bozoridagi bitimlar hajmi 8,8% ga kamayib, 20,4 mingtani tashkil etdi.Faollikning eng sezilarli o‘sishi Jizzax (34%) va Navoiy (29%) viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, 2021-yilda tizimli kuzatuvlar boshlanganidan buyon birinchi marta, birinchi chorak yakuniga ko‘ra, biron bir hududda savdo hajmining pasayishi qayd etilmadi.Birlamchi va ikkilamchi bozorMart oyida mamlakatda ikkilamchi bozorda uy-joylarning o‘rtacha narxi fevral oyi darajasida qoldi. Yillik hisobda respublikada bir kvadrat metr uy-joy narxi 0,9% ga oshdi. Hududlar kesimida eng sezilarli o‘sish Jizzax (12,3%), Surxondaryo (10,7%) va Qashqadaryo (8,5%) viloyatlarida kuzatildi.Mart oyida Toshkent shahri ko‘chmas mulk bozorida ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi 0,6%ga, birlamchi bozor narxlari esa 0,4% ga kamaygan.Yillik hisobda Toshkent shahri bo‘yicha ikkilamchi uy-joy narxida eng katta pasayish Mirobod (8%), Chilonzor (8,7%) va Yashnobod (7,5%) tumanlarida kuzatildi.Yangi uylar narxlarida ham pasayish kuzatildi. Yil davomida bir kvadrat metr uchun o‘rtacha narxlarda eng sezilarli pasayish Shayxontohur (14,7%), Uchtepa (11%) va Yunusobod (6,7%) tumanlarida qayd etildi.Ijara bozoridagi vaziyatMart oyida Toshkent shahrida ijara narxlarida o‘zgarish kuzatilmadi va o‘rtacha ijara narxi 8 dollarni (bir kvadrat metr uchun) tashkil etdi.Poytaxtning Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi nisbatan yuqoriligicha qolmoqda. Ushbu tumanlarda ijara narxi bir kvadrat metr uchun o‘rtacha 10 dollarni tashkil etadi.Shu bilan birga, Toshkent shahrida ijara narxi yillik hisobda 7,4%ga pasaygan. Narxlarning eng katta pasayishi Mirzo-Ulug‘bek, Yashnobod va Chilonzor tumanlarida qayd etilib, pasayish sur’ati o‘rtacha 10% ga yetadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/11/48454022_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_947c73b004664b083ddf66aa89af42ea.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, ko‘chmas mulk, ijara, iqtisod
o‘zbekiston, ko‘chmas mulk, ijara, iqtisod
Ko‘chmas mulk bozori: O‘zbekistonda birlamchi va ikkilamchi uy-joylar arzonlashdi
Mart oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida yuz bergan o‘zgarishlar tahlili e’lon qilindi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik ketma-ket ikkinchi oy pasayishda davom etmoqda. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
xabar berdi. Qayd etilishicha, mart oyida ko‘chmas mulk bozoridagi bitimlar hajmi 8,8% ga kamayib, 20,4 mingtani tashkil etdi.
“Shunga qaramay, bozor yillik ko‘rsatkichlarda barqaror o‘sishni ko‘rsatmoqda – mart oyida tuzilgan bitimlar soni 2024-yilning mos davriga nisbatan 15% ga oshdi. 2025-yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, bitimlar umumiy soni 68,4 mingtaga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 10,8% ga o‘sdi”, — deyiladi xabarda.
Faollikning eng sezilarli o‘sishi Jizzax (34%) va Navoiy (29%) viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, 2021-yilda tizimli kuzatuvlar boshlanganidan buyon birinchi marta, birinchi chorak yakuniga ko‘ra, biron bir hududda savdo hajmining pasayishi qayd etilmadi.
Birlamchi va ikkilamchi bozor
Mart oyida mamlakatda ikkilamchi bozorda uy-joylarning o‘rtacha narxi fevral oyi darajasida qoldi. Yillik hisobda respublikada bir kvadrat metr uy-joy narxi 0,9% ga oshdi. Hududlar kesimida eng sezilarli o‘sish Jizzax (12,3%), Surxondaryo (10,7%) va Qashqadaryo (8,5%) viloyatlarida kuzatildi.
Mart oyida Toshkent shahri ko‘chmas mulk bozorida ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi 0,6%ga, birlamchi bozor narxlari esa 0,4% ga kamaygan.
“O‘tgan yilning mart oyiga nisbatan ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi 5,7%ga kamaygan bo‘lsa, birlamchi uy-joy segmentida pasayish 3,7% ni tashkil etdi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Yillik hisobda Toshkent shahri bo‘yicha ikkilamchi uy-joy narxida eng katta pasayish Mirobod (8%), Chilonzor (8,7%) va Yashnobod (7,5%) tumanlarida kuzatildi.
Yangi uylar narxlarida ham pasayish kuzatildi. Yil davomida bir kvadrat metr uchun o‘rtacha narxlarda eng sezilarli pasayish Shayxontohur (14,7%), Uchtepa (11%) va Yunusobod (6,7%) tumanlarida qayd etildi.
Mart oyida Toshkent shahrida ijara narxlarida o‘zgarish kuzatilmadi va o‘rtacha ijara narxi 8 dollarni (bir kvadrat metr uchun) tashkil etdi.
Poytaxtning Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi nisbatan yuqoriligicha qolmoqda. Ushbu tumanlarda ijara narxi bir kvadrat metr uchun o‘rtacha 10 dollarni tashkil etadi.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida ijara narxi yillik hisobda 7,4%ga pasaygan. Narxlarning eng katta pasayishi Mirzo-Ulug‘bek, Yashnobod va Chilonzor tumanlarida qayd etilib, pasayish sur’ati o‘rtacha 10% ga yetadi.