Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi uchun dronlar ishlab chiqarishni mahalliylashtiradi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishSev risa pri pomoshi dronov v Krasnodarskom krae
Sev risa pri pomoshi dronov v Krasnodarskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Denis Gurkov: ayni paytda O‘zbekistonda dronlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. O‘zbekistonda dronlar yig‘ish boshlanadi, bu haqda Rossiyaning Samara viloyati sanoat va savdo vaziri Denis Gurkov Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida ma’lum qildi.
"Bu ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi, jumladan, o‘g‘itlarni kiritish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda", — dedi u.
Ayni paytda O‘zbekistonda dronlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Gurkov, shuningdek, Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etayotgan korxonalar haqida ham so‘z yuritdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining Samara viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda – yillik o‘sish 50 foizdan oshadi.
“Raqamlarda gapiradigan bo‘lsak: 2023-yilda tovar ayirboshlash hajmi qariyb 250 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 450 million dollardan oshib ketdi”, — dedi u.
Viloyat O‘zbekistonga mineral va sintetik moylar, kimoviy moddalar, o‘g‘itlar, mashinasozlik mahsulotlari yetkazib beradi.
Eslatib o‘tamiz, ko‘rgazmaning asosiy yalpi sessiyasida Rossiyaning "Transport budushego" kompaniyasi bosh direktori Yuriy Kozarenko O‘zbekistonda shu yil oxirida Rossiya kompaniyasi bilan qo‘shma dron ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirilishini ma’lum qildi. Uning qayd etishicha, dronlardan qishloq xo‘jaligi sohasida foydalaniladi.
Sverdlovsk viloyati gubernatori o‘rinbosari Dmitriy Ioninning O‘zbekiston bilan hamkorlik bo‘yicha brifingi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2025
Matbuot markazi
O‘zbekiston Rossiyaning Sverdlovsk viloyati uchun ishonchli hamkor — gubernator o‘rinbosari
Yangiliklar lentasi
0