"Innoprom" ko‘rgazmasida Sverdlovskdan katta delegatsiya ishtirok etmoqda — Vadim Tretyakov
© SputnikMinistr investitsiy i razvitiya Sverdlovskoy oblasti RF Vadim Tretyakov

© Sputnik
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Toshkentdagi “Innoprom. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasida hududiy Eksport markazi ko‘magida Sverdlovsk viloyati korxonalari ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Innoprom. Mazkaziy Osiyo” ko‘rgazmasida Sverdlovsk viloyati katta delegatsiya bilan ishtirok etmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk viloyati investitsiya va rivojlanish vaziri Vadim Tretyakov Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentdagi “Innoprom. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasida hududiy Eksport markazi ko‘magida Sverdlovsk viloyati korxonalari ishtirok etmoqda.
Aytilishicha, Sverdlovsk investitsiya jalb etish agentligi 70 milliard rubldan ortiq qiymatga ega bo‘lgan o‘nlab loyihalarni qo‘llab-quvvatlamoqda.
“Ta’kidlash joizki, barcha agentlik xizmatlari investorlarga bepul taqdim etiladi”, — deya qo‘shimcha qildi vazir.
Sverdlovsk viloyati an’anaviy ravishda investitsion jozibador hudud hisoblanadi. Bu Rossiyaning eng yirik hududlaridan biri bo‘lib, uning jozibadorligi ko‘p jihatdan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarining muvozanatli tizimiga bog‘liq.
“Investitsiya muhitini rivojlantirish bilan bog‘liq barcha masalalar Sverdlovsk viloyati gubernatorining vazifasini bajaruvchi Denis Paslerning doimiy nazoratida. Hudud siyosatining asosiy vazifasi — har bir tadbirkorga, biznes ko‘lamiga qaramasdan, erkin rivojlanish imkoniyatini ta’minlash, davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yordamning butun spektridan foydalanish imkonini berishdan iborat”, — dedi u.
Bugungi kunda Sverdlovsk viloyatida 300 taga yaqin turli qo‘llab-quvvatlash chora-tadbiri amal qilmoqda. Ulardan ayrimlari tor ixtisoslashgan bo‘lib, to‘g‘ri foydalanish uchun professional yondashuv talab etiladi. Aynan shu maqsadda hududda maxsus muassasa — Sverdlovsk investitsiya jalb etish agentligi tashkil etilgan bo‘lib, u yerda malakali mutaxassislar faoliyat yuritmoqda.
"Ular maqbul qo‘llab-quvvatlash choralarini tanlashadi, huquqiy yordam ko‘rsatishadi, yer uchastkalari va hamkor sheriklarni tanlashda yordam beraishadi, shuningdek, loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlarida hamrohlik qilishadi. Ayni paytda agentlik umumiy qiymati 70 milliard rubldan ortiq bo‘lgan o‘nlab investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlamoqda. Shuni ta’kidlash kerakki, barcha agentlik xizmatlari investorlarga bepul taqdim etiladi. Ushbu vositalar va yondashuvlar majmui hududning investitsion jozibadorligi yuqori darajada bo‘lishiga zamin yaratadi”, — deya qo‘shimcha qildi Vadim Tretyakov.
Qayd etilishicha, biznes uchun ta’lim dasturlari, maxsus kurslarda, ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish imkoniyatlari mavjud. Bu yo‘nalishda Sverdlovsk viloyati Eksportni qo‘llab-quvvatlash markazi samarali faoliyat yuritmoqda, u korxonalarga tashqi bozorlarga chiqish, sheriklar topish va eksport salohiyatini oshirishda yordam bermoqda.
Xususan, Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasida Sverdlovsk viloyati katta delegatsiya bilan ishtirok etmoqda va ko‘rgazmada ishtirok etayotgan ayrim kompaniyalar aynan Eksport markazi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.