Innoprom. Logotip  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2025
INNOPROM — 2025
Toshkentda 28-30 aprel kunlari “INNOPROM.Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

INNOPROM-2025: ko‘rgazmaning birinchi kunida qanday hujjatlar imzolandi?

© INNOPROMTorjestvennaya seremoniya podpisaniya soglasheniy s uchastiyem Pervogo zamestitelya Predsedatelya Pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Denisa Manturova i Zamestitelya Premyer-ministra Respubliki Uzbekistan Jamshida Xodjayeva.
Torjestvennaya seremoniya podpisaniya soglasheniy s uchastiyem Pervogo zamestitelya Predsedatelya Pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Denisa Manturova i Zamestitelya Premyer-ministra Respubliki Uzbekistan Jamshida Xodjayeva. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2025
Obuna bo‘lish
Denis Manturov va Jamshid Xodjayev ishtirokida shartnomalarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Toshkentda ish boshlagan "INNOPROM. Markaziy Osiyo" beshinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 15 ta hamkorlik hujjati imzolandi.
Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov va O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev ishtirokida shartnomalarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda ikki mamlakat hokimiyat va tadbirkorlik subyektlari vakillari o‘rtasida 15 ta shartnoma va memorandumlar imzolandi.
Imzolangan hujjatlar:
Tatariston Respublikasi hukumati va Navoiy viloyati hokimligi o‘rtasidagi bitim;
Buxoro viloyati hokimligi va Omsk viloyati hukumati o‘rtasidagi kelishuv;
Arxangelsk viloyati hukumati va Navoiy viloyati hokimligi o‘rtasidagi kelishuv;
Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimligi va “Boshqirdiston Respublikasi taraqqiyot korporatsiyasi” aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida hamkorlik shartnomasi;
Moskva viloyati va Toshkent viloyati o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha memorandum;
Moskva viloyati hukumati va "SPZ-BEARINGS O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi” MChJ shaklidagi qo‘shma korxona o‘rtasida hamkorlik shartnomasi;
“Sanoat texnologiyalari ilmiy-ishlab chiqarish markazi” MChJ va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ o‘rtasida tuzilgan shartnomalar;
O‘zbekiston Respublikasi, Olmaliq shahridagi MISIS filiali negizida “GeoMetTex” ilg‘or muhandislik maktabi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida kelishuv;
“Chirchiq” kimyo-sanoat texnoparki direksiyasi” MChJ va "TASHCHEMIKAL-PRODUCT" MChJ o‘rtasida kelishuv memorandumi;
Namangan viloyati hokimligi va “Omsk metallurgiya kombinati” MChJ o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
Namangan viloyati hokimligi va "Siberian Wellness" MChJ o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
Farg‘ona viloyati hokimligi va "D’cotton" MChJ o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
“Buxorosanoat rivojlantirish majmuasi” maxsus sanoat parki direksiyasi va “Fort Verniy” MChJ o‘rtasida loyihani birgalikda amalga oshirishni boshlash to‘g‘risida kelishuv;
“Buxorosanoat rivojlantirish majmuasi” maxsus sanoat parki direksiyasi va “Marshal FT” MChJ o‘rtasida loyihani hamkorlikda amalga oshirishni boshlash to‘g‘risidagi kelishuv;
“Buxorosanoat rivojlantirish majmuasi” maxsus sanoat parki direksiyasi” MChJ va “Ariko” MChJ o‘rtasida maxsus sanoat parki hududiga investitsiya kiritish to‘g‘risidagi shartnoma.
Ma’lumot uchun, Toshkentda 28-30 aprel kunlari “INNOPROM.Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazma beshinchi bor energetika va metallurgiya, sanoatni avtomatlashtirish va IT-texnologiyalari, farmatsevtika, tibbiyot kompleksi va boshqa turli sohalarda faoliyat yurituvchi kompaniyalar uchun hamkorlik markaziga aylanishi kutilmoqda.
Xalqaro sanoat ko‘rgazmasining asosiy elementlaridan biri bozorning dolzarb ehtiyojlarini hisobga olgan holda shakllantirilgan hamda sanoat kooperatsiyasi va innovatsiyalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan keng ko‘lamli tadbirlarni o‘z ichiga olgan biznes-dastur hisoblanadi.
Dastur asosiy tendensiyalarni muhokama qilish, tajriba almashish va hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni topish uchun yetakchi ekspertlar, biznes va hukumat vakillarini birlashtiradi. U turli sohalarni qamrab oladi va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan.
Shavkat Mirziyoyev INNOPROM ko‘rgazmasi doirasida kimlar bilan uchrashdi — foto
Shavkat Mirziyoyev INNOPROM ko‘rgazmasi ekspozitsiyasiga yuqori baho berdi
Pataya Mejdunarodnaya promishlennaya vistavka INNOPROM. Sentralnaya Aziya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2025
INNOPROM — 2025
Toshkentda INNOPROM ko‘rgazmasining yalpi sessiyasi bo‘lib o‘tdi — asosiy fikrlar
Yangiliklar lentasi
0