G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan velomarafon ishtirokchilari Razanga yetib borishdi
11:08 29.04.2025 (yangilandi: 17:36 06.05.2025)
© NKA "Almaz"Aktiv uzbekskoy natsionalno-kulturnoy avtonomii "Almaz" goroda Razani torjestvenno vstretil uchastnikov mejdunarodnogo velomarafona, posvashennogo 80-letiyu Pobedi nad fashizmom.

© NKA "Almaz"
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
“Toshkent-Moskva” velopoygasi ishtirokchilari bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi munosabati bilan Toshkentdan Moskvaga velosipedda yo‘lga chiqqan o‘zbek opera xonandasi Xursand Sherov va Qozog‘istonning ikki nafar fuqarosi Razan shahrida kutib olindi.
Razan shahridagi “Olmos” o‘zbek milliy-madaniy avtonomiyasi faollari fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan xalqaro velomarafon ishtirokchilarini kutib oldi.
© NKA "Almaz"

1/5
© NKA "Almaz"
© NKA "Almaz"

2/5
© NKA "Almaz"
© NKA "Almaz"

3/5
© NKA "Almaz"
© NKA "Almaz"

4/5
© NKA "Almaz"
© NKA "Almaz"

5/5
© NKA "Almaz"
1/5
© NKA "Almaz"
2/5
© NKA "Almaz"
3/5
© NKA "Almaz"
4/5
© NKA "Almaz"
5/5
© NKA "Almaz"
Gorkiy nomidagi Razan viloyat kutubxonasida sovet xalqining g‘alabadagi hal qiluvchi roli va ko‘p millatli birodarlikning umumiy tarixiy xotirasini asrab-avaylashga bag‘ishlangan “Toshkent-Moskva” velopoygasi ishtirokchilari bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
© NKA "Almaz"Aktiv uzbekskoy natsionalno-kulturnoy avtonomii "Almaz" goroda Razani torjestvenno vstretil uchastnikov mejdunarodnogo velomarafona, posvashennogo 80-letiyu Pobedi nad fashizmom.

Aktiv uzbekskoy natsionalno-kulturnoy avtonomii "Almaz" goroda Razani torjestvenno vstretil uchastnikov mejdunarodnogo velomarafona, posvashennogo 80-letiyu Pobedi nad fashizmom.
© NKA "Almaz"
Tadbirda xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, avlodlar xotirasi va davomiyligini asrash haqida so‘z yuritildi, urush yillarida rus va o‘zbek tillarida kuylangan qo‘shiqlar yangradi.
Yig‘ilganlarga ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushidagi jasoratini abadiylashtirish maqsadida 2020-yilda barpo etilgan Toshkentdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi haqidagi videorolik namoyish etildi.
“Toshkentda men o‘zim bilan general Sobir Rahimov – Temir general portretini olib ketdim. U hozir – xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik ko‘prigi kabi. O‘zbek yoki qozoq emas, balki Sovet Qahramoni – Sovet Ittifoqi Qahramoni”, — dedi Xursand Sherov.
Shu kuni velopoyga qatnashchilari Razan shahridagi Ulug‘ Vatan urushi qahramonlari yodgorligi poyiga gul qo‘yishdi.
© NKA "Almaz"Aktiv uzbekskoy natsionalno-kulturnoy avtonomii "Almaz" goroda Razani torjestvenno vstretil uchastnikov mejdunarodnogo velomarafona, posvashennogo 80-letiyu Pobedi nad fashizmom.

Aktiv uzbekskoy natsionalno-kulturnoy avtonomii "Almaz" goroda Razani torjestvenno vstretil uchastnikov mejdunarodnogo velomarafona, posvashennogo 80-letiyu Pobedi nad fashizmom.
© NKA "Almaz"
Eslatib o‘tamiz, taniqli xonanda va velosipedchi Xursand Sherov Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi, mustahkam do‘stlik va Markaziy Osiyo xalqlarining fashizmga qarshi kurashga qo‘shgan hissasi sharafiga O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya hududlarini kesib o‘tib, 3,8 ming kilometr masofani bosib o‘tishni rejalashtirgan.