Velikaya Otechestvennaya voyna - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2025
Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi
2025 yilda Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi keng nishonlanadi. O‘zbekistonda bayram sharafiga yubiley medali ta’sis etildi, faxriylarning uy-joylari ta’mirlanadi, mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida ishtirok etadi.

Moskvaga velosipedda yo‘lga chiqqan Xursand Sherovga Qozog‘iston fuqarolari ham qo‘shildi

© Genkonsulstvo Rossii v UralskeGeneralniy konsul Rossii v Uralske Aleksey Grubiy i vitse-konsul, rukovoditel Russkogo doma v Uralske Konstantin Pogorelskiy vstretilis s uchastnikami veloprobega
Generalniy konsul Rossii v Uralske Aleksey Grubiy i vitse-konsul, rukovoditel Russkogo doma v Uralske Konstantin Pogorelskiy vstretilis s uchastnikami veloprobega  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2025
Obuna bo‘lish
Ishqibozlar Uralskdan Rossiya shaharlariga yo‘l olishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi munosabati bilan Toshkentdan Moskvaga velosipedda yo‘lga chiqqan o‘zbek opera xonandasi Xursand Sherovga Qozog‘istonning ikki nafar fuqarosi ham qo‘shildi. Bu haqda Rossiyaning Uralskdagi bosh konsulligi xabar berdi.
Rossiyaning Uralskdagi bosh konsuli Aleksey Grubiy va Uralskdagi Rus uyi rahbari Konstantin Pogorelskiy Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi munosabati bilan Toshkentdan Moskvaga velosipedda yo‘lga chiqqan o‘zbek opera xonandasi Xursand Sherov bilan uchrashdi.
© Genkonsulstvo Rossii v UralskeGeneralniy konsul Rossii v Uralske Aleksey Grubiy i vitse-konsul, rukovoditel Russkogo doma v Uralske Konstantin Pogorelskiy vstretilis s uchastnikami veloprobega
Generalniy konsul Rossii v Uralske Aleksey Grubiy i vitse-konsul, rukovoditel Russkogo doma v Uralske Konstantin Pogorelskiy vstretilis s uchastnikami veloprobega  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2025
Generalniy konsul Rossii v Uralske Aleksey Grubiy i vitse-konsul, rukovoditel Russkogo doma v Uralske Konstantin Pogorelskiy vstretilis s uchastnikami veloprobega
Qayd etilishicha, Qozog‘istonda u bilan birga 70 yoshga to‘lgan mahalliy velopoygachilar Kayrat Irgizboyev va Jumabay Utargaliyev ham qo‘shildi.

“Qozog‘istonning keng hududlarini janubdan shimolga kesib o‘tib, ishqibozlar Uralskdan Rossiya shaharlariga sayohat qilishni rejalashtirmoqda: Orenburg, Samara, Ulyanovsk, Penza, Razan, Tver, Volokolamsk. Ular yurishni 9-may kuni Moskvada yakunlaydi”, — deyiladi xabarda.

© Genkonsulstvo Rossii v UralskeGeneralniy konsul Rossii v Uralske Aleksey Grubiy i vitse-konsul, rukovoditel Russkogo doma v Uralske Konstantin Pogorelskiy vstretilis s uchastnikami veloprobega
Generalniy konsul Rossii v Uralske Aleksey Grubiy i vitse-konsul, rukovoditel Russkogo doma v Uralske Konstantin Pogorelskiy vstretilis s uchastnikami veloprobega  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2025
Generalniy konsul Rossii v Uralske Aleksey Grubiy i vitse-konsul, rukovoditel Russkogo doma v Uralske Konstantin Pogorelskiy vstretilis s uchastnikami veloprobega
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad qahramonlar xotirasini abadiylashtirish, faxriylarga hurmat bajo keltirish, ularga esdalik sovg‘alarini topshirish, yoshlarni tarixiy xotirani asrab-avaylashga undashdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, taniqli xonanda va velosipedchi Xursand Sherov Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi, mustahkam do‘stlik va Markaziy Osiyo xalqlarining fashizmga qarshi kurashga qo‘shgan hissasi sharafiga O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya hududlarini kesib o‘tib, 3,8 ming kilometr masofani bosib o‘tishni rejalashtirgan.
Xursand Sherov Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi munosabati bilan Toshkentdan Moskvaga velosipedda yo‘lga chiqadi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2025
Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi
G‘alabaning 80-yilligi: o‘zbekistonlik xonanda Toshkentdan Moskvaga velosipedda yo‘l olmoqchi
Yangiliklar lentasi
0