https://oz.sputniknews.uz/20250428/putin-kxdr-armiya-kursk-viloyat-ozod-yordam-minnatdor-49071889.html
Putin KXDR armiyasiga Kursk viloyatini ozod etishdagi yordami uchun minnatdorlik bildirdi
Putin KXDR armiyasiga Kursk viloyatini ozod etishdagi yordami uchun minnatdorlik bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin: Rossiya xalqi Koreya maxsus kuchlari askarlarining jasoratini hech qachon unutmaydi. 28.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-28T11:50+0500
2025-04-28T11:50+0500
2025-04-28T12:00+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
shimoliy koreya
vladimir putin
kim chen in
harbiy hamkorlik
harbiy
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/13/44425987_0:0:2946:1657_1920x0_80_0_0_77e97579ed7de4c6ee82af33a2330cae.jpg
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kursk viloyatiga bostirib kirgan ukrainlik jangarilarni mag‘lub etishda ishtirok etgan Koreya xalq armiyasi bo‘linmalariga minnatdorlik bildirdi, deb xabar qildi Kreml matbuot xizmati.Shanba kuni mamlakat Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimov Putinga Kursk viloyatini Ukraina Qurolli kuchlari jangarilaridan ozod qilish operatsiyasi yakunlangani haqida hisobot berdi.Rossiya yetakchisi ta’kidlaganidek, bu Kiyev rejimining barham topishini yaqinlashtiradi va armiyaning frontning boshqa muhim hududlarida muvaffaqiyatli harakatlari uchun sharoit yaratadi.Xususan, shartnomaning 4-moddasiga muvofiq, ahdlashuvchi tomonlardan biriga qurolli hujum qilingan taqdirda zudlik bilan harbiy yordam ko‘rsatish nazarda tutilgan.Qayd etilishicha, Rossiya xalqi Koreya maxsus kuchlari askarlarining jasoratini hech qachon unutmaydi. Rossiya uchun umumiy erkinlik uchun jonini fido qilgan koreys qahramonlari rus qurolli birodarlari bilan teng ravishda hurmat qilinadi.Rossiya rahbari mamlakatlar o‘rtasidagi jang maydonida mustahkamlangan do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik munosabatlari bundan buyon ham barcha yo‘nalishlarda muvaffaqiyatli va jadal rivojlanib borishiga ishonch bildirdi.Ma’lumot uchun, Ukraina jangarilari 2024-yil 6-avgust kuni ertalab Kursk viloyatiga bostirib kirdi. Ularning yurishi to‘xtatildi. Mart oyi boshida rus qo‘shinlari keng ko‘lamli hujumni boshladi va bir necha kun ichida 1100 kvadrat kilometrga yaqin hududni ozod qildi. Umuman olganda, bosqin boshlanganidan beri 60 tadan ortiq aholi punktlari nazorat ostiga qaytarildi, ularning yarmidan ko‘pi, shu jumladan, Sudja — so‘nggi ikki oy ichida. Frontning ushbu qismida bo‘lgan janglarda dushman 76550 nafardan ortiq askarini yo‘qotdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250426/rossiya-harbiylari-kursk-viloyatini-ozod-qildi-49054822.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/13/44425987_46:0:2777:2048_1920x0_80_0_0_3e1eb11ca966072734a35786bbcf3030.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya, shimoliy koreya, vladimir putin, kim chen in, harbiy hamkorlik, harbiy
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya, shimoliy koreya, vladimir putin, kim chen in, harbiy hamkorlik, harbiy
Putin KXDR armiyasiga Kursk viloyatini ozod etishdagi yordami uchun minnatdorlik bildirdi
11:50 28.04.2025 (yangilandi: 12:00 28.04.2025) Vladimir Putin: Rossiya xalqi Koreya maxsus kuchlari askarlarining jasoratini hech qachon unutmaydi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kursk viloyatiga bostirib kirgan ukrainlik jangarilarni mag‘lub etishda ishtirok etgan Koreya xalq armiyasi bo‘linmalariga minnatdorlik bildirdi, deb xabar qildi Kreml
matbuot xizmati. Shanba kuni mamlakat Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimov Putinga Kursk viloyatini Ukraina Qurolli kuchlari jangarilaridan ozod qilish operatsiyasi yakunlangani haqida hisobot berdi.
Rossiya yetakchisi ta’kidlaganidek, bu Kiyev rejimining barham topishini yaqinlashtiradi va armiyaning frontning boshqa muhim hududlarida muvaffaqiyatli harakatlari uchun sharoit yaratadi.
“2024 yil 19-iyundagi Rossiya Federatsiyasi va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi Shartnomaning mazmuni va ruhiga muvofiq, xalqaro huquqqa to‘liq muvofiq holda Koreya xalq armiyasi bo‘linmalari hududimizga bostirib kirgan Kiyev rejimining neonatsist tuzilmalarini mag‘lub etishda faol ishtirok etdi”, — deyiladi xabarda.
Xususan, shartnomaning 4-moddasiga muvofiq, ahdlashuvchi tomonlardan biriga qurolli hujum qilingan taqdirda zudlik bilan harbiy yordam ko‘rsatish nazarda tutilgan.
“Koreyalik do‘stlar birdamlik, adolat va samimiy o‘rtoqlik tuyg‘usi bilan harakat qilishdi. Biz buni yuksak qadrlaymiz va shaxsan KXDR Davlat ishlari raisi o‘rtoq Kim Chen Inga, butun rahbariyatga va xalqiga samimiy minnatdorlik bildiramiz. Biz rus askarlari bilan yelkama-yelka vatanimizni o‘z vatanidek himoya qilgan koreyalik askarlarning qahramonligi, yuksak darajadagi maxsus tayyorgarligi va fidoyiligiga hurmat bajo keltiramiz. Ular o‘z burchlarini sharaf va jasorat bilan bajarishdi”, — dedi Rossiya prezidenti.
Qayd etilishicha, Rossiya xalqi Koreya maxsus kuchlari askarlarining jasoratini hech qachon unutmaydi. Rossiya uchun umumiy erkinlik uchun jonini fido qilgan koreys qahramonlari rus qurolli birodarlari bilan teng ravishda hurmat qilinadi.
Rossiya rahbari mamlakatlar o‘rtasidagi jang maydonida mustahkamlangan do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik munosabatlari bundan buyon ham barcha yo‘nalishlarda muvaffaqiyatli va jadal rivojlanib borishiga ishonch bildirdi.
Ma’lumot uchun, Ukraina jangarilari 2024-yil 6-avgust kuni ertalab Kursk viloyatiga bostirib kirdi. Ularning yurishi to‘xtatildi. Mart oyi boshida rus qo‘shinlari keng ko‘lamli hujumni boshladi va bir necha kun ichida 1100 kvadrat kilometrga yaqin hududni ozod qildi. Umuman olganda, bosqin boshlanganidan beri 60 tadan ortiq aholi punktlari nazorat ostiga qaytarildi, ularning yarmidan ko‘pi, shu jumladan, Sudja — so‘nggi ikki oy ichida. Frontning ushbu qismida bo‘lgan janglarda dushman 76550 nafardan ortiq askarini yo‘qotdi.