Rim papasi Fransiskning dafn marosimi o‘tkazildi

© Getty Images / Dan KitwoodProshanie i poxoroni papi rimskogo Fransiska v Vatikane
Proshanie i poxoroni papi rimskogo Fransiska v Vatikane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2025
Obuna bo‘lish
Ertalab Avliyo Potr maydonida tantanali dafn marosimi bo‘lib o‘tdi, unga 250 ming kishi guvoh bo‘ldi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Rim papasi Fransisk Rimdagi Santa-Mariya-Madjore bazilikasida dafn qilindi, deb xabar berdi Muqaddas Taxt matbuot xizmati.
“Soat 13:00 da (Toshkent vaqti bilan 16:00) Rim papasini dafn etish marosimi boshlandi. Marosim kardinal-kamerlengo raisligidagi “Ordo Exsequiarum Romani Pontificis” (“Rim papasining dafn marosimi to‘g‘risida”gi hujjat – tahr.) qoidalariga muvofiq Liturgiya marosimlari xizmatining tegishli bildirishnomasida ko‘rsatilgan shaxslar va qarindoshlar ishtirokida o‘tkazildi va 13:30 da (Toshkent vaqti bilan 16:30) yakunlandi”, - deyiladi xabarda.
© Getty Images / Franco OrigliaProshanie i poxoroni papi rimskogo Fransiska v Vatikane
Proshanie i poxoroni papi rimskogo Fransiska v Vatikane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2025
Proshanie i poxoroni papi rimskogo Fransiska v Vatikane
O‘z vasiyatnomasida Fransisk yer darajasidagi oddiy, bezaksiz qabrga dafn qilishlarini so‘ragan. U ko‘pchilikdan farqli o‘laroq, o‘zining dafn joyi sifatida Avliyo Potr soborini emas, balki Santa-Mariya-Madjore bazilikasini tanlagan.
© Getty Images / Dan KitwoodProshanie i poxoroni papi rimskogo Fransiska v Vatikane
Proshanie i poxoroni papi rimskogo Fransiska v Vatikane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2025
Proshanie i poxoroni papi rimskogo Fransiska v Vatikane
Ertalab Avliyo Potr maydonida tantanali dafn marosimi bo‘lib o‘tdi, unga 250 ming kishi guvoh bo‘ldi. Liturgiyadan so‘ng, Rim papasining jasadini ko‘tarib Rim ko‘chalari bo‘ylab yurishdi. Shaharda Fransisk bilan xayrlashish uchun 150 ming kishi chiqdi.
Tadbirda davlatlar va xalqaro tashkilotlardan 160 dan ortiq delegatsiyalar ishtirok etdi. Dafn marosimida Rossiya tomonidan madaniyat vaziri Olga Lyubimova qatnashdi.
© Getty Images / picture alliance/Oliver WeikenProshanie i poxoroni papi rimskogo Fransiska v Vatikane
Proshanie i poxoroni papi rimskogo Fransiska v Vatikane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2025
Proshanie i poxoroni papi rimskogo Fransiska v Vatikane
Rim papasi Fransisk dushanba kuni ertalab 88 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga surunkali kasalliklar fonida insult sabab bo‘lgan. U 2013-yil martidan buyon katolik cherkoviga rahbarlik qilib kelardi.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s predlojeniyami po povisheniyu energoeffektivnosti v otraslyax ekonomiki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2025
Mirziyoyev Rim Papasining vafoti munosabati bilan butun katolik ahliga hamdardlik izhor etdi
Yangiliklar lentasi
0