Mirziyoyev Rim Papasining vafoti munosabati bilan butun katolik ahliga hamdardlik izhor etdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s predlojeniyami po povisheniyu energoeffektivnosti v otraslyax ekonomiki
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s predlojeniyami po povisheniyu energoeffektivnosti v otraslyax ekonomiki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2025
Obuna bo‘lish
Sherzod Asadov: prezident Vatikan xalqiga, yer yuzidagi butun katolik ahliga chuqur ta’ziya va hamdardlik tuyg‘ularini izhor etdi.
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rim Papasi Fransiskning vafoti munosabati bilan Rim-katolik cherkovi kamerlengosi kardinal Kevin Farrellga hamdardlik yo‘lladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rim Papasi Fransiskning vafoti munosabati bilan Rim-katolik cherkovi kamerlengosi kardinal Kevin Farrellga hamdardlik yo‘lladi. Davlatimiz rahbari o‘z maktubida Ruhoniy Hazratlari O‘zbekiston va Vatikan o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, dinlar va konfessiyalararo do‘stlikni mustahkamlash, butun jahonda muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ezgu g‘oyalarni keng targ‘ib etish ishiga munosib hissa qo‘shganini ta’kidladi”, — deb yozadi Sherzod Asadov.
Shuningdek, prezident Vatikan xalqiga, yer yuzidagi butun katolik ahliga chuqur ta’ziya va hamdardlik tuyg‘ularini izhor etdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Rim papasining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi, deb xabar qildi Kreml matbuot xizmati. Rossiya Federatsiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rim papasi Fransisk nasroniy ta’limotining sodiq xizmatkori, dono din va davlat arbobi, insonparvarlik va adolatning yuksak qadriyatlarining izchil himoyachisi sifatida katta xalqaro obro‘ga ega edi.
Eslatib o‘tamiz, Rim papasi Fransisk 88 yoshida vafot etdi. OAVga ko‘ra, Rim papasi Fransiskning dafn marosimi 23-aprel kuni Quddusdagi Muqaddas qabr cherkovida bo‘lib o‘tadi.
Vizit Papi Rimskogo v Gruziyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2025
Rim papasi Fransisk vafot etdi
Yangiliklar lentasi
0