Uzcosmos: turkiy davlatlar sun’iy yo‘ldosh uchirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

© Depositphotos / RottenmanSputnik v kosmose u Zemli
Sputnik v kosmose u Zemli  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2025
Obuna bo‘lish
Uzcosmos: sun’iy yo‘ldoshining dvigatel qismini o‘zbekistonlik muhandislar yasashi ko‘zda tutilmoqda.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Turkiy davlatlar hamkorlikdagi sun’iy yo‘ldoshni uchirishga tayyorlanmoqda, deya xabar berdi Uzcosmos agentligi axborot xizmati.
Ayni kunlarda Ozarbayjonda "Space Technology Conference-2025" anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbir 2022-yilda O‘zbekiston tashabbusi bilan tashkil etilgan.
© Uzcosmos Turkskie gosudarstva gotovatsya k zapusku sovmestnogo sputnika
Turkskie gosudarstva gotovatsya k zapusku sovmestnogo sputnika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2025
Turkskie gosudarstva gotovatsya k zapusku sovmestnogo sputnika
Tadbir doirasida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) a’zolari xususan, Turkiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston hamda kuzatuvchi mamlakatlar Vengriya va Turkmaniston kosmik agentliklari rahbarlarining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar quyidagi masalalarni muhokama qilishdi:
kosmik sohadagi o‘zaro hamkorlikni yana rivojlantirish;
texnologiyalar transferini jadallashtirish va bu borada tajriba almashish;
fazoni tinch maqsadlarda tadqiq etish bo‘yicha qo‘shma dasturlarni ishlab chiqish;
birgalikda kosmik qurilmalarni ishlab chiqish.
© Uzcosmos Turkskie gosudarstva gotovatsya k zapusku sovmestnogo sputnika
Turkskie gosudarstva gotovatsya k zapusku sovmestnogo sputnika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2025
Turkskie gosudarstva gotovatsya k zapusku sovmestnogo sputnika
“Muhokamalar davomida Turkiy davlatlar tomonidan yaratilishi rejalashtirilayotgan kubsat turidagi qo‘shma sun’iy yo‘ldosh loyihasining ayni vaqtdagi bosqichlari, unda Uzcosmos vakillarining ishtiroki haqida so‘z bordi. Belgilangan rejaga ko‘ra, ushbu sun’iy yo‘ldoshining dvigatel qismi o‘zbekistonlik muhandislar tomonidan yasalishi ko‘zda tutilayotgani qayd etildi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Shuningdek, Uzcosmos vakillari TDTga a’zo davlatlar o‘rtasida mini sun’iy yo‘ldosh qurilmalarini yasash va ularning sinov parvozlarini amalga oshirishga xizmat qiluvchi “CanSat” musobaqasini o‘tkazish taklifini ham ilgari surishdi.
© Uzcosmos Turkskie gosudarstva gotovatsya k zapusku sovmestnogo sputnika
Turkskie gosudarstva gotovatsya k zapusku sovmestnogo sputnika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2025
Turkskie gosudarstva gotovatsya k zapusku sovmestnogo sputnika

“Bu mintaqa yoshlarining kosmik texnologiyalar, astronavtika va muhandislikka bo‘lgan qiziqishni yanada orttirish, ularning bu boradagi tashabbus hamda ixtirolarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi”, — deyiladi xabarda.

Yig‘ilishda Ozarbayjon tomoni TDTga a’zo davlatlar fuqarolari va kuzatuvchilari uchun “Virtual kosmik akademiya” va geoaxborot tizimi bo‘yicha o‘quv dasturlarini tashkil etishga tayyor ekanligini bildirdi. Bu loyihalar orqali fuqarolarga kosmik faoliyatni yanada kengroq tushuntirish, yoshlarni ayni sohaga qiziqtirish va ularning bu boradagi g‘oyalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatini beradi.

“Uzcosmos vakillari taklifiga binoan TDTga a’zo davlatlar kosmik agentliklari rahbarlarining beshinchi yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazilishiga kelishildi”, — deyiladi axborot xizmati xabarida.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda STC2026 kosmik texnologiyalar konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu O‘zbekistonda kosmik sohaning jadal rivojlanishini bevosita ko‘rish, hamkorlikning yangi imkoniyatlarini o‘rganish va innovatsiya ruhini his qilish uchun noyob imkoniyat yaratadi.
Kosmicheskiy sputnik. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2025
"O‘zbekkosmos" hozircha kosmonavtlar uchirishni rejalashtirmayapti
Yangiliklar lentasi
0