"O‘zbekkosmos" hozircha kosmonavtlar uchirishni rejalashtirmayapti

© Depositphotos / cookelmaKosmicheskiy sputnik. Arxivnoe foto
Kosmicheskiy sputnik. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2025
Obuna bo‘lish
Buning uchun mamlakatda barcha imkoniyatlar mavjud, biroq avvalo kosmonavt amalga oshirishi kerak bo‘lgan ilmiy tadqiqot ishlari hajmini to‘plashi kerak.
TOShKENT, 17-yanvar — Sputnik. "O‘zbekkosmos" hozircha kosmonavtlarni orbitaga chiqarishni rejalashtirmayapti, buning uchun avvalo kosmonavt amalga oshirishi kerak bo‘lgan ilmiy tadqiqot ishlari hajmini to‘plashi kerak, dedi "O‘zbekkosmos"ning aerokosmik faoliyat va kosmik monitoring tizimlarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Muhiddin Ibrohimov.
Ayni damda “O‘zbekkosmos”ning asosiy faoliyati orbitada mavjud bo‘lgan kosmik guruhlardan olinadigan ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlashdan iborat, dedi mutaxassis.

“Xususan, 2024-yilda olib borilgan kosmik monitoring bizga 100 ta mingdan ortiq qoidabuzarlikni aniqlash imkonini berdi. Ular orasida — o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino-inshootlar, noqonuniy karyerlar va qazib olish joylari, chiqindixonalar, o‘simlik qoldiqlarini yoqish holatlari bor”, — dedi Ibrohimov.

Shuningdek, kosmik monitoring natijasida mamlakatning sakkizta hududida yerlardan unumdor foydalanish samaradorligi, o‘rmon bilan qoplanganlik darajasi aniqlandi, 35 ta suv omborilaridagi suv hajmini kuzatish tizimi yo‘lga qo‘yildi va loyqa darajasi aniqlandi.

Kadrlar tayyorlash

Agentlik xalqaro hamkorlik va kadrlar tayyorlash sohasida faol ish olib bormoqda. Xususan, "Geotwo", "Synspective", "iSpace" xalqaro tashkilotlari, "Kyushu" universiteti va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi, xalqaro kongresslar, sammitlar va ko‘rgazmalarda ishtirok etildi.
“Ayni vaqtda O‘zbekiston turkiy mamlakatlar bilan hamkorlikda qo‘shma ilmiy sun’iy yo‘ldoshni ishlab chiqishda ham ishtirok etmoqda. Uni 2026-yilning o‘rtalarida uchirish rejalashtirilgan”, — dedi Ibrohimov.
Kosmik ta’lim sohasida “Jahon kosmos haftaligi” va “NASA Space Apps Challenge 2024” xakaton kabi yirik loyihalar boshlangan. Shuningdek, Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlari va maktablar bilan kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar, innovatsiyalar va startaplar sohasida hamkorlik ishlari olib borilmoqda.
Kosmicheskiy sputnik. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2024
O‘zbekiston kosmik fazoni tadqiq qilish huquqiga ega bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0