Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi — yangi qaror

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishNa stende Glavnogo voyennogo meditsinskogo upravleniya, predstavlennogo v vistavochnoy ekspozitsii na Mejdunarodnom forume "ARMIYa-2021"
Na stende Glavnogo voyennogo meditsinskogo upravleniya, predstavlennogo v vistavochnoy ekspozitsii na Mejdunarodnom forume ARMIYa-2021 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2025
Obuna bo‘lish
Universitetga talabalarni o‘qishga qabul qilish 2025/2026 o‘quv yilidan boshlanadi.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan tegishli qarorda nazarda tutilgan.
Prezident “Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi negizida Tibbiyot ilmiy-innovatsion tadqiqot instituti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali Urganch davlat tibbiyot instituti etib qayta tashkil etiladi;
Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi va Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti klinikalari etib qayta nomlanadi;
Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz va Chirchiq filiallari Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz va Chirchiq filiallari etib qayta nomlanadi;
Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi va Toshkent davlat stomatologiya instituti akademik litseyi Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-, 2- va 3-son akademik litseylari etib qayta nomlanadi.
“Ta’lim dasturlarini xalqaro tibbiy ta’lim standartlariga muvofiqlashtirib, kompetensiyalarga asoslangan tibbiy ta’lim dasturlarini joriy etish Universitetning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi”, — deyiladi hujjat matnida.
Qarorga ko‘ra, universitet tibbiyot sohasi uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Quyidagilar belgilandi:
2025/2026 o‘quv yilidan magistraturada bosqichma-bosqich xorijiy tillarda o‘qitiladigan alohida guruhlar tashkil etadi;
ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalari universitet talabalari uchun klinik amaliyot bazalari etib belgilanadi;
universitetga talabalarni o‘qishga qabul qilish 2025/2026 o‘quv yilidan boshlanadi.
"2025/2026 o‘quv yilidan Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini universitetda davom ettiradi hamda bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda diplom beriladi", — deyiladi xabarda.
Universitet tuzilmasida homiylik xayriyalari hisobidan to‘ldiriladigan Toshkent davlat tibbiyot universitetini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.
Diagnosticheskiy sentr  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2025
Tibbiyot, ta’lim, madaniyat va sport yo‘nalishlarida davlat-xususiy sheriklik kengaytiriladi
Yangiliklar lentasi
0