https://oz.sputniknews.uz/20250424/shht-oliy-sud-kiberjinoyatchilik-kurash-49022428.html
ShHT oliy sudlari kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishni rivojlantirishga kelishib oldi
ShHT oliy sudlari kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishni rivojlantirishga kelishib oldi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Oliy sudi ShHTga a’zo davlatlar Oliy sudlari raislarining yigirmanchi yig‘ilishida ishtirok etdi. 24.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-24T09:50+0500
2025-04-24T09:50+0500
2025-04-24T10:34+0500
siyosat
o‘zbekiston
xitoy
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
oliy sud
sud
kiberxavfsizlik
bolalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/18/49028191_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_c92b647fc583e2c168566eac49f0413b.jpg
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a’zo davlatlar oliy sudlari kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishda sud organlari o‘rtasida aloqalarni rivojlantirishga kelishib oldi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati xabar berdi.O‘zbekiston Oliy sudi raisi Baxtiyor Islomov boshchiligidagi delegatsiya ShHTga a’zo davlatlar Oliy sudlari raislarining yigirmanchi yig‘ilishida ishtirok etdi. Yig‘ilish Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar odil sudlovning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi. Qayd etilishicha, sudlar faoliyatiga sun’iy intellektni tatbiq etishga doir tajribalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish zarur. Yig‘ilishda tomonlar nizolarni sudgacha va sud jarayonida hal etishning muqobil usullari haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi, bu sohada sudlarning rolini mustahkamlash lozimligi qayd etildi. Shuningdek, ishtirokchilarning aytishicha, bolalar huquq va manfaatlarini buzganlik uchun qat’iy jazo choralarini qo‘llash zarur. Yig‘ilish kun tartibidan zo‘ravonlik va terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashish mavzusi ham o‘rin oldi. Ta’kidlanishicha, kelgusida oliy sud organlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, ishonch va do‘stlikka asoslangan aloqalarni yanada rivojlantirish muhim. Yig‘ilish yakuni bo‘yicha qo‘shma bayonot imzolandi. ShHTga a’zo davlatlar Oliy sudlari raislarining yigirma birinchi yig‘ilishi 2026-yilda Eronda o‘tkazilishiga kelishib olindi.
https://oz.sputniknews.uz/20250228/sud-raqamlashtirish-48162143.html
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/18/49028191_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_c7d2489463c86ae97aa63f120f258cd9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, xitoy, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), oliy sud, sud, kiberxavfsizlik, bolalar
siyosat, o‘zbekiston, xitoy, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), oliy sud, sud, kiberxavfsizlik, bolalar
ShHT oliy sudlari kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishni rivojlantirishga kelishib oldi
09:50 24.04.2025 (yangilandi: 10:34 24.04.2025) O‘zbekiston Oliy sudi ShHTga a’zo davlatlar Oliy sudlari raislarining yigirmanchi yig‘ilishida ishtirok etdi.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a’zo davlatlar oliy sudlari kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishda sud organlari o‘rtasida aloqalarni rivojlantirishga kelishib oldi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati
xabar berdi. O‘zbekiston Oliy sudi raisi Baxtiyor Islomov boshchiligidagi delegatsiya ShHTga a’zo davlatlar Oliy sudlari raislarining yigirmanchi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Yig‘ilish Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar odil sudlovning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi.
“Bugungi anjumanda kiberxavfsizlikka doir masalalar muhokama qilinar ekan, ishtirokchilar bir ovozdan bu boradagi amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishda sud organlari o‘rtasida aloqalarni rivojlantirishga kelishib oldi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, sudlar faoliyatiga sun’iy intellektni tatbiq etishga doir tajribalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish zarur.
Yig‘ilishda tomonlar nizolarni sudgacha va sud jarayonida hal etishning muqobil usullari haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi, bu sohada sudlarning rolini mustahkamlash lozimligi qayd etildi.
Shuningdek, ishtirokchilarning aytishicha, bolalar huquq va manfaatlarini buzganlik uchun qat’iy jazo choralarini qo‘llash zarur.
“ShHT mintaqasida bola huquqlari himoyasiga oid qonunchilikni takomillashtirish, voyaga yetmaganlar huquqlari buzilishining oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni boshqarish, bu boradagi tajriba almashinuvini yanada kengaytirish, bola huquqlarini sud orqali himoya qilish doirasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash hamda voyaga yetmaganlar uchun sog‘lom huquqiy muhit yaratishga kelishib olishdi”, — deyiladi xabarda.
Yig‘ilish kun tartibidan zo‘ravonlik va terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashish mavzusi ham o‘rin oldi.
Ta’kidlanishicha, kelgusida oliy sud organlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, ishonch va do‘stlikka asoslangan aloqalarni yanada rivojlantirish muhim.
Yig‘ilish yakuni bo‘yicha qo‘shma bayonot imzolandi. ShHTga a’zo davlatlar Oliy sudlari raislarining yigirma birinchi yig‘ilishi 2026-yilda Eronda o‘tkazilishiga kelishib olindi.