Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonga keladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaGurbanguli Berdimuxamedov stal pochetnim akademikom AN Uzbekistana
Gurbanguli Berdimuxamedov stal pochetnim akademikom AN Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2025
Obuna bo‘lish
Prezident matbuot xizmati: Gurbanguli Berdimuhamedov 23-24 aprel kunlari tashrif bilan Samarqand shahrida bo‘ladi.
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Turkman xalqining milliy yetakchisi O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deya xabar berdi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 23-24 aprel kunlari tashrif bilan Samarqand shahrida bo‘ladi”, — deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, bo‘lajak muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahriga tashrifi doirasida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazgan edi.
Uchenie v laboratorii. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
Yangiliklar lentasi
0