O‘zbekiston Rossiya bilan hamkorlikda diagnostika reagentlarini ishlab chiqarmoqchi

© Ministerstvo kulturi Respubliki UzbekistanMinistr kulturi Ozodbek Nazarbekov vstretilsya s glavoy Rossotrudnichestva Yevgeniyem Primakovim.
Ministr kulturi Ozodbek Nazarbekov vstretilsya s glavoy Rossotrudnichestva Yevgeniyem Primakovim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2025
Obuna bo‘lish
Tashabbus mamlakatning farmatsevtika sanoatini rivojlantirish va import o‘rnini bosishga yordam beradi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. O‘zbekiston Rossiya bilan diagnostika reagentlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirishda hamkorlik qiladi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlikda Rossiyaning "ALKOR BIO" biotexnologiya kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida diagnostika reagentlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish maqsadida O‘zbekistonda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
“Ushbu tashabbus mamlakatning farmatsevtika sanoatini rivojlantirish va import o‘rnini bosish bo‘yicha strategik maqsadlariga hamohangdir. Kelgusida hamkorlikda ish olib borish, loyiha parametrlarini baholash va zarur hujjatlarni ishlab chiqish uchun qo‘shimcha texnik-iqtisodiy axborot almashish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, "ALKOR BIO" kompaniyalar guruhi — IFA (immunoferment tahlil) va PZR (polimeraz zanjir reaksiyasi) usullari asosida laboratoriya diagnostikasi uchun reagentlar to‘plamlari va uskunalar ishlab chiqaradi.
Yangiliklar lentasi
0