Haj-2025: ziyoratchilar uchun Mino, Arafot va Muzdalifada xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanadi

© Upravlenie musulman UzbekistanaMuftiy Uzbekistana provel peregovori v Saudovskoy Aravii
Muftiy Uzbekistana provel peregovori v Saudovskoy Aravii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari “Tavofa” muassasasi rahbariyati bilan uchrashdi.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. O‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun Mino, Arafot va Muzdalifada xizmat ko‘rsatish sifati yanada yaxshilanadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va “Haj” va “Umra” ishlari bo‘yicha attashe Shuhrat Amoniy Saudiya Arabistonida mutasaddi idoralar bilan muzokaralar o‘tkazishmoqda.
© Upravlenie musulman UzbekistanaMuftiy Uzbekistana provel peregovori v Saudovskoy Aravii
Muftiy Uzbekistana provel peregovori v Saudovskoy Aravii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2025
Muftiy Uzbekistana provel peregovori v Saudovskoy Aravii
Bundan ko‘zlangan maqsad “Haj-2025” mavsumi ziyoratchilari toat-ibodatlarini qulay sharoitlarda bajarishlarini ta’minlashdan iborat.

“Mino, Arafot va Muzdalifada hojilarga xizmat ko‘rsatish sifati yanada yaxshilanadi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, muborak maskanlar – Mino, Arafot va Muzdalifa vodiylarida munosib shart-sharoitlar hozirlash yuzasidan “Tavofa” muassasasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur muassasa turar joy, transport, oziq-ovqat ta’minoti bilan shug‘ullanadi.
Muloqotda quyidagilar ko‘rib chiqildi:
har bir hoji uchun Mino vodiysida yetarli o‘rin bilan ta’minlash;
Arafot hududidagi chodirlarni issiq o‘tkazmaydigan zamonaviy sendvich panellar bilan o‘rashni oxiriga yetkazish;
chodirlarda “Sofa bed” (yostiq va to‘shak), “Martaba” (to‘shak), sovutkich singari qulayliklar qilish, kommunal xizmatlarni yaxshilash;
uch mahal issiq ovqat va muntazam choy-salqin ichimliklar bilan ta’minlash;
Muzdalifa hududida yetarli miqdordagi gilam-poloslar va suv bilan ta’minlash.
Uzbekskaya delegatsiya vstretilas s predstavitelyami Ministerstva xadja i umri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2025
O‘zbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi
Yangiliklar lentasi
0