https://oz.sputniknews.uz/20250421/saudiya-arabistoni-ozbek-til-madaniyat-markaz-48973347.html
Saudiya Arabistonida o‘zbek tili va madaniyati markazi ochilishi mumkin
Saudiya Arabistonida o‘zbek tili va madaniyati markazi ochilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bosh konsuli Saudiya Arabistoni TIV Jidda bo‘limi direktori bilan uchrashdi. 21.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-21T11:22+0500
2025-04-21T11:22+0500
2025-04-21T13:36+0500
jamiyat
o‘zbekiston
saudiya arabistoni
elchi
elchixona
o‘zbek tili
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/15/48978799_0:322:3068:2048_1920x0_80_0_0_aa07684322f8097d611c8d560e4dde80.jpg
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikda "O‘zbek tili va madaniyati" markazi ochilishi kutilmoqda. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi. O‘zbekiston bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda bo‘limi direktori Farid bin Saad ash-Shahriy bilan uchrashdi. Qayd etilishicha, uchrashuv avvalida Farid bin Saad ash-Shahriy mamlakat bosh konsulini yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, Saudiya TIV rahbari tomonidan imzolangan konsullik ekzekvaturaning asl nusxasini taqdim etdi. U, shuningdek, Saudiya Arabistoni TIV Jidda bo‘limi O‘zbekiston bosh konsulxonasini barcha masalalarda qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Shuningdek, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida savdo-iqtisodiy, sayyohlik, ilm-fan va madaniyat sohalarida bo‘lib o‘tadigan xalqaro ko‘rgazma, festival va konferensiyalar haqida o‘zaro ma’lumotlar almashish hamda vakillar ishtirokini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
o‘zbekiston
saudiya arabistoni
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/15/48978799_218:90:2829:2048_1920x0_80_0_0_1df756716be317974702a4b771333e62.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, saudiya arabistoni, elchi, elchixona, o‘zbek tili
jamiyat, o‘zbekiston, saudiya arabistoni, elchi, elchixona, o‘zbek tili
Saudiya Arabistonida o‘zbek tili va madaniyati markazi ochilishi mumkin
11:22 21.04.2025 (yangilandi: 13:36 21.04.2025) O‘zbekiston bosh konsuli Saudiya Arabistoni TIV Jidda bo‘limi direktori bilan uchrashdi.
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikda "O‘zbek tili va madaniyati" markazi ochilishi kutilmoqda. Bu haqda "Dunyo" AA
xabar berdi. O‘zbekiston bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda bo‘limi direktori Farid bin Saad ash-Shahriy bilan uchrashdi.
Qayd etilishicha, uchrashuv avvalida Farid bin Saad ash-Shahriy mamlakat bosh konsulini yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, Saudiya TIV rahbari tomonidan imzolangan konsullik ekzekvaturaning asl nusxasini taqdim etdi.
U, shuningdek, Saudiya Arabistoni TIV Jidda bo‘limi O‘zbekiston bosh konsulxonasini barcha masalalarda qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
“Tomonlar Bosh konsulxona qoshida "O‘zbek tili va madaniyati" markazini tashkil etish imkoniyatlari xususida fikr almashildilar. Bundan tashqari, "Haj-2025" mavsumini yuqori darajada tashkil etish, xususan O‘zbekistondan keladigan bo‘lajak hojilarga munosib sharoitlarni yaratish masalalari muhokama qilindi”, — deyilgan xabarda.
Shuningdek, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida savdo-iqtisodiy, sayyohlik, ilm-fan va madaniyat sohalarida bo‘lib o‘tadigan xalqaro ko‘rgazma, festival va konferensiyalar haqida o‘zaro ma’lumotlar almashish hamda vakillar ishtirokini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.