Rossiya Islom sivilizatsiyasi markazida restavratsiya bo‘yicha laboratoriya ochishni taklif etdi

© Press-slujba Akademii nauk UzbekistanaRestavratsiya drevnix rukopisey
Restavratsiya drevnix rukopisey  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya davlat Ermitaji muzeyi: O‘zbekistonda arxeologik ekspeditsiyalardan olingan ashyolarni restavratsiya markazida tiklash imkoniyati paydo bo‘ladi.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazida maxsus restavratsiya bo‘limi tashkil etiladi, deya xabar berdi markaz matbuot xizmati.
Loyiha bo‘yicha Rossiya davlat Ermitaji muzeyi bo‘lim boshlig‘i Igor Malkiyel o‘z taqdimotini namoyish etdi.
Qayd etilishicha, Ermitaj muzeyida saqlanayotgan O‘zbekiston madaniyati va tarixiga oid eksponatlarni markaz ekspozitsiyasiga olib kelish va shu bilan birga Markazda maxsus yirik laboratoriya tashkil etilishi kutilmoqda.

“Ermitajning laboratoriyalarni tashkil etishda yuz yildan ortiq tajribasi bor. Menimcha, bularning barchasi aynan O‘zbekistonda bo‘lishi juda muhim. Taklif etilgan restavratorlar bo‘lgan, ammo bu borada o‘z mutaxassislari bo‘lishi muhimroq. Biz laboratoriyaning tuzilishini biroz o‘zgartirishni taklif qildik, chunki restavratsiya bo‘limining asosiy qismi tadqiqot bo‘limi bo‘lishini rejalashtirmoqdamiz. Bu laboratoriyada fiziklar, kimogarlar, iqlimshunos va mikrobiologlar faoliyat yuritadi”, — dedi Malkiyel.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jami to‘qqizta laboratoriya bo‘ladi. Bular orasida fiksatsiya uchun fotolaboratoriya, skanerlash va modellashtirish imkoniyatiga ega 3D markaz ham bor. Bu yerda restavratorlar virtual restavratsiya va rekonstruksiya bilan shug‘ullanadi.

“O‘zbekistonda mavjud deyarli barcha materiallar ustida ish olib boriladi. Jumladan, gilam va matolar, kitob va qo‘lozmalar, tosh va haykallar, metall va tangalar hamda boshqa ko‘plab yo‘nalishlardagi ashyolar restavratsiya qilinadi. Biz yo‘l xaritasini tuzdik va takliflar kiritdik. Endi Islom sivilizatsiyasi markazi tanlovi asosida keyingi harakatlar belgilanadi”, — deya qo‘shimcha qildi Malkiyel.

Uning qayd etishicha, O‘zbekistonda ko‘plab arxeologik ekspeditsiyalar o‘tkazilmoqda va ulardan olingan ashyolarni aynan shu restavratsiya markazida tiklash imkoniyati paydo bo‘ladi.
Qayd etilishicha, agar Rossiya tomoni taklif etgan ko‘rinishda qurilsa, markazdagi restavratsiya bo‘limi maydoni taxminan ming kvadrat metrni tashkil etadi.
Buxoroda Ermitaj muzeyining ilk ko‘rgazmasi tashkil etiladi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2023
Buxoroda Ermitaj muzeyining ilk ko‘rgazmasi tashkil etiladi
Yangiliklar lentasi
0