O‘zbekistonda joriy yil 1 ming 185 ta mikro GES barpo etiladi

© MinenergoV Andijane stroitsya noviy mikro GES
V Andijane stroitsya noviy mikro GES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2025
Obuna bo‘lish
Mirziyoyevga energetika sohasidagi vazifalar ijrosi va yangi loyihalar yuzasidan axborot berildi.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Bu yil quvvati 65 megavatt bo‘lgan 1 ming 185 ta mikro GES barpo etiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevga energetika sohasidagi vazifalar ijrosi va yangi loyihalar yuzasidan axborot berildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkatu Mirziyoyevu dolojeno o xode vipolneniya zadach v sfere energetiki i realizatsii novix proyektov
Shavkatu Mirziyoyevu dolojeno o xode vipolneniya zadach v sfere energetiki i realizatsii novix proyektov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2025
Shavkatu Mirziyoyevu dolojeno o xode vipolneniya zadach v sfere energetiki i realizatsii novix proyektov
Ta’kidlanishicha, oxirgi besh yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish 30 foiz ko‘payib, 81,5 milliard kilovatt soatga yetdi.
2035 yilda O‘zbekistonda elektr iste’moli 121 milliard kilovatt soat bo‘lishi hisob-kitob qilingan. 2030-yilga borib, jami generatsiyada “yashil” energiya ulushini 54 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
2025-2026 yillarda umumiy quvvati 167 megavatt bo‘lgan 2 983 ta mikro GES barpo etish belgilangan. Ushbu loyihalar natijasida 500 million kilovatt soat ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqariladi, 151 million metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinadi. Qurilish davrida 1 200 nafar, loyihalar ishga tushganidan keyin 520 nafar fuqaro ishli bo‘ladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkatu Mirziyoyevu dolojeno o xode vipolneniya zadach v sfere energetiki i realizatsii novix proyektov
Shavkatu Mirziyoyevu dolojeno o xode vipolneniya zadach v sfere energetiki i realizatsii novix proyektov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2025
Shavkatu Mirziyoyevu dolojeno o xode vipolneniya zadach v sfere energetiki i realizatsii novix proyektov
Taqdimotda energetika vaziri joriy yilda amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha axborot berdi. Qayd etilishicha, bu yil quvvati 65 megavatt bo‘lgan 1 ming 185 ta mikro GES barpo etiladi. Ularning aksariyati tadbirkorlar tomonidan ishga tushiriladi.
Kelgusida atom energiyasi ham bazaviy manbalardan biriga aylanishi ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda O‘zbekistonda kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurish loyihasi ustida ish olib borilmoqda. “O‘zatom” agentligi rahbari shu boradagi muzokaralar va kelishuvlar, loyihaning borishi yuzasidan axborot berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkatu Mirziyoyevu dolojeno o xode vipolneniya zadach v sfere energetiki i realizatsii novix proyektov
Shavkatu Mirziyoyevu dolojeno o xode vipolneniya zadach v sfere energetiki i realizatsii novix proyektov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2025
Shavkatu Mirziyoyevu dolojeno o xode vipolneniya zadach v sfere energetiki i realizatsii novix proyektov
Rejadagi inshootlarni o‘z vaqtida ishga tushirib, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini qo‘shimcha energiya bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Kam quvvatli AES qurish loyihasi qanday amalga oshirilmoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2025
Matbuot markazi
Kam quvvatli AES qurish loyihasi qanday amalga oshirilmoqda
Yangiliklar lentasi
0