Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

AQSh Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishga tayyor — OAV

© RIA Novosti / Sergey MalgavkoKrim. Arxivnoe foto
Krim. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2025
Obuna bo‘lish
Vashington hali bu masala bo‘yicha yakuniy qarorga kelgani yo‘q, deya ta’kidlagan agentlik.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. AQSh Ukrainada tinchlik kelishuvi doirasida Qrimni Rossiya hududi deb tan olishga tayyor, deb xabar bermoqda “Bloomberg” manbalarga tayanib.
“AQSh Moskva va Kiyev o‘rtasidagi kengroq tinchlik kelishuvi doirasida Qrim ustidan Rossiya nazoratini tan olishga tayyor”, — deyiladi xabarda.
Biroq, Vashington hali bu masala bo‘yicha yakuniy qarorga kelgani yo‘q, deya ta’kidlagan agentlik.

Tinchlik jarayoni

18 mart kuni Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp telefon orqali suhbatda Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish masalasini muhokama qildi. Xususan, Rossiya rahbari mojaro tomonlarining 30 kun davomida energetika infratuzilmasiga hujum qilishdan o‘zaro tiyilish g‘oyasiga ijobiy javob berdi va harbiylarga shunday buyruq berdi. Vladimir Zelenskiy ham Kiyev rasmiylari bu taklifni qo‘llab-quvvatlashiga va’da berdi.
24 mart kuni Ar-Riyodda Rossiya va AQSh texnik guruhlarining ekspert uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar Rossiya va Ukrainadagi energetika obyektlariga hujumlarga vaqtinchalik moratoriy qo‘yish bo‘yicha kelishib oldilar.
Endi uning muddati tugadi, biroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, Kiyev aslida erishilgan kelishuvga qo‘shilmadi va Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya energetika obyektlariga hujumlarni davom ettirdi.
Peskovning aniqlik kiritishicha, Putin bu borada boshqa hech qanday ko‘rsatma bermagan, Ukraina bo‘yicha vaqtinchalik moratoriy bilan bog‘liq muzokaralarda biroz oldinga siljish kuzatilgan. Biroq, oldinda hali ko‘p muhokamalar bor, deya qo‘shimcha qildi rasmiy.
Gosudarstvenniy sekretar SShA Marko Rubio - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
AQSh Ukrainaga bir necha kun vaqt berdi
Yangiliklar lentasi
0