Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

AQSh Ukrainaga bir necha kun vaqt berdi

© AP Photo / Mark SchiefelbeinGosudarstvenniy sekretar SShA Marko Rubio
Gosudarstvenniy sekretar SShA Marko Rubio - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2025
Obuna bo‘lish
AQSh Ukrainaga uzoq vaqtdan beri yordam berib kelmoqda, endi biz boshqa narsaga e’tibor qaratishimiz kerak - Rubio.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Agar vaziyat o‘zgarmasa, AQSh bir necha kun ichida Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlikka erishish bo‘yicha vositachilikdan voz kechadi, dedi AQSh davlat kotibi Marko Rubio Parijda bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng.

"Biz juda tez aniqlashimiz kerak, men bir necha kunlik masala haqida gapirapman. Bu keyingi bir necha hafta ichida amalga oshirilishi mumkinmi yoki yo‘qmi. Ha bo‘lsa, biz ishtirok etamiz. Agar yo‘q bo‘lsa, bizda boshqa ustuvor vazifalar bor ", - dedi u.

Biroq Rubioning aytishicha, Tramp tinchlik kelishuvidan manfaatdor. Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar 3-yil davomida Ukrainani qo‘llab-quvvatlagan, milliardlab dollar mablag‘ sarflagan, ammo hozir vaziyat e’tiborni boshqa narsaga qaratish kerak bo‘lgan nuqtaga yetgan.
Bundan tashqari Rubio quyidagilarni ta’kidladi:
Parijda Ukraina vakillari bilan muzokaralar ijobiy bo‘ldi;
AQSh kelasi hafta Kiyevdan javob olishga umid qilmoqda;
Vashington hali Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini ochiq muhokama qilishga tayyor emas;
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalari bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etishi kerak.
Payshanba kuni Parijda AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Ukraina vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Davlat kotibi Marko Rubio tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga ularning natijalari haqida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aloqalar Vashington va Moskva o‘rtasida o‘tkazilgan maslahatlashuvlar mavzulari, jumladan, prezident Vladimir Putin va Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff o‘rtasidagi yaqinda Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan suhbatiga muvofiq amalga oshirilgan.
18 mart kuni Vladimir Putin va Donald Tramp orasida Ukrainada tinchlik o‘rnatish masalasida bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida, prezidentlar 30 kun davomida energetika obyektlariga zarba bermaslikka kelishib olishgan edi. Ammo o‘tgan oy davomida Kiyev Rossiyaning energetika obyektlariga 80dan ortiq zarba berdi. Sudjadagi gaz o‘lchash stansiyasi butunlay yo‘q qilindi. Krasnodardagi “Turk oqimi” gaz quvuni ta’minlovchi inshootlarga ham jiddiy zarar yetkazildi.
Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Kiyev hali ham Rossiya bilan muzokaralarni taqiqlaydi — Peskov
Yangiliklar lentasi
0