https://oz.sputniknews.uz/20250418/tanzila-narbaeva-mdh-parlamentlararo-assambleyasi-48935985.html
Tanzila Narbayeva MDH Parlamentlararo Assambleyasi kengashining majlisida qatnashdi
Tanzila Narbayeva MDH Parlamentlararo Assambleyasi kengashining majlisida qatnashdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida Parlamentlararo Assambleya kengashining majlisida ishtirok etdi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasi kengashi raisi, Rossiya Federal Majlisi Federal kengashi raisi Valentina Matviyenko Parlamentlararo ittifoqning Toshkent shahrida o‘tkazilgan 150-yubiley assambleyasi va uning natijalariga to‘xtaldi.
2025-04-18T10:55+0500
2025-04-18T10:55+0500
2025-04-18T10:55+0500
siyosat
o‘zbekiston
o‘zbekiston oliy majlisi senati
tanzila norboyeva
mdh
sankt-peterburg
majlis
valentina matviyenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/12/48935129_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_399611637d60762ef99c35a9a074d585.jpg
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida Parlamentlararo Assambleya kengashining majlisida ishtirok etdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasi kengashi raisi, Rossiya Federal Majlisi Federal kengashi raisi Valentina Matviyenko Parlamentlararo ittifoqning Toshkent shahrida o‘tkazilgan 150-yubiley assambleyasi va uning natijalariga to‘xtaldi.U mazkur anjumanning yuqori saviyada tashkil etilgani, qabul qiluvchi tomonning mehmonlarni qabul qilish va tadbir o‘tkazishdagi yuksak mahorati hamda mas’uliyatini e’tirof etdi. Matviyenko Narbayevani va uning jamoasini ushbu tadbirni yuksak darajada o‘tkazgani bilan tabrikladi.Shundan so‘ng kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Ishtirokchilar MDH PA xalqaro kuzatuvchilarining Belarus prezidenti saylovi va Tojikiston parlament saylovi monitoringi natijalariga e’tibor qaratdi.Shuningdek, Kengash majlisida MDH Parlamentlararo Assambleyasining 2024-yildagi faoliyati sarhisob qilinib, kelgusida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro sammitlarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20250417/tanzila-narbaeva-mdh-tadbir-48926028.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/12/48935129_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_fd9c7c1b87b1826dabb9af2761072bcc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tanzila narbayeva mdh parlamentlararo assambleyasi
tanzila narbayeva mdh parlamentlararo assambleyasi
Tanzila Narbayeva MDH Parlamentlararo Assambleyasi kengashining majlisida qatnashdi
O‘zbekiston parlament delegatsiyasi MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasining bahorgi sessiyasi tadbirlarida ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida Parlamentlararo Assambleya kengashining majlisida ishtirok etdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati
xabar berdi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasi kengashi raisi, Rossiya Federal Majlisi Federal kengashi raisi Valentina Matviyenko Parlamentlararo ittifoqning Toshkent shahrida o‘tkazilgan 150-yubiley assambleyasi va uning natijalariga to‘xtaldi.
U mazkur anjumanning yuqori saviyada tashkil etilgani, qabul qiluvchi tomonning mehmonlarni qabul qilish va tadbir o‘tkazishdagi yuksak mahorati hamda mas’uliyatini e’tirof etdi. Matviyenko Narbayevani va uning jamoasini ushbu tadbirni yuksak darajada o‘tkazgani bilan tabrikladi.
Narbayeva mazkur Assambleya MDH davlatlari parlament delegatsiyalarining faol ishtiroki, ularning qabul qilingan hujjatlarga qo‘shgan hissasi hamda ilgari surgan takliflari muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Shuningdek, kelgusida ham bunday yirik xalqaro anjumanlarni o‘tkazishda hamkorlik qilishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Shundan so‘ng kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Ishtirokchilar MDH PA xalqaro kuzatuvchilarining Belarus prezidenti saylovi va Tojikiston parlament saylovi monitoringi natijalariga e’tibor qaratdi.
Shuningdek, Kengash majlisida MDH Parlamentlararo Assambleyasining 2024-yildagi faoliyati sarhisob qilinib, kelgusida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro sammitlarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.